Reja: Energiya tajamkorlik yo'lida samarali islohotlar




Download 29,89 Kb.
Sana26.09.2024
Hajmi29,89 Kb.
#272633
Bog'liq
Respublikada energiya tejamkorligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar


Mavzu:Respublikada energiya tejamkorligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar.
Reja:

1. Energiya tajamkorlik yo'lida samarali islohotlar


2. Energiyani tejamlash va ekologiya
3. Respublikada energiya tejamkorligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar.

Muhtaram Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarga muvofiq Energetika vazirligi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi O‘RQ-628-son Qonuni bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” 1997 yil 25 apreldagi 412-I-son Qonuniga o‘zgartirish qo‘shimchalar kiritish haqida” qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlaridan kelib chiqib tayyorlangan.
Shuningdek, Oliy Majlis deputatlari tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonuni, ularning hududlarda nazorat-tahlil ko‘rinishida o‘tkazgan o‘rganish natijalari bilan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan.
Jumladan, mazkur o‘rganishlar energiya resurslari iste’moli samaradorligini monitoring qilishning ta’sirchan tizimi, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish xizmatlarining mavjud emasligi, bu sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasining pastligini ko‘rsatgan.
Shu munosabat bilan, Qonunda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ya’ni: 8-moddada energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sertifikatlash to‘g‘risida qo‘shimcha norma belgilandi;
energiyadan foydalanishda davlat siyosatini samarali yuritish maqsadida, 10 va 11-moddalarning normalariga energiya samarador, energiya tejamkor va energiya sarfi tushunchalarining mohiyati aniqlashtirilib, o‘zgartirishlar kiritildi;
Energetika vazirligini energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilagan holda, uning vazifalarini alohida ko‘rsatish maqsadida qonun 11-1 modda bilan to‘ldirildi;
energiyadan foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi amalga oshirilishini tizimli yo‘lga qo‘yish, nazorat organlarining vakolatlarini belgilash maqsadida 11-2 modda bilan to‘ldirildi; qonunni energiyadan oqilona foydalanish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilovchi 11-3-modda qo‘shimcha ravishda qabul qilindi;
qonunning amaldagi 7, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 19 20-moddalarida energiya tejamkor, energiya samarador tushunchalari aniqlashtirilishi munosabati bilan ayrim texnik o‘zgartirishlar kiritildi hamda “Hukumat” so‘zi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirildi.
Yuqorida nomi qayd etilgan qonun, uning loyihasi ishlab chiqilishida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Ukraina, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlarning energiyani tejash va energiyadan samarali foydalanish, energiya resurslari sarfini me’yorlashtirish sohasidagi tajribalari o‘rganilgan.
Hozirgi vaqtgacha yangi qabul qilingan qonunni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, tadbirkorlik subyektlariga va ijrochilarga yetkazish hamda tushuntirish bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-628-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish maqsadida, dastlab qonun matni Energetika vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
2020 yil 15 iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari (annotatsiya, slayd va infografika) to‘plami ham Energetika vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
Mazkur targ‘ibot materiallari orqali qonunning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, targ‘ibot materillarri Energetika vazirligi mutasaddiligidagi tashkilotlarga yuborildi hamda uning ijrosi ta’minlanishi nazoratga olindi.
Energetika vazirligi mutasaddiligidagi tashkilotlar va ularning hududiy filiallari tomonidan:
2020 yil 22 iyul kuni “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi” ruknidagi sarlavhali material; 2020 yil 3 avgust kuni “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi” ruknidagi sarlavhali material;
2020 yil 6 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni mazmun mohiyati” nomlanishi bilan sarlavhali xabar e’lon qilindi.
Shu bilan birga, mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha joylarda reja-jadval asosida tizimli hamda manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish,
targ‘ibot tadbirlarida televideniya va radio imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi O‘RQ-628-son Qonuni bilan qabul qilingan normalar:
energiya resurslari iste’molining samaradorligini tizimli monitoring qilishga;
energiya resurslari xarajatlarini optimallashtirishga va ularning iste’mol hajmini kamaytirishga;
mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini mustahkamlashga;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga va ularning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Tabiat resurslarini chegaralanishi muammosidan tashqari, organik yoqilg‘ini ishlatishning atrof-muhitga salbiy ta’sirlari mavjud. Masalan, neft va gazlarni qazib olish tuproqni cho‘kishiga olib keladi. Yer yuzasi ostidagi g‘ovak turida yig‘ilgan gaz va neft uning ustida yotgan turni o‘ziga xos “yostig‘i” hisoblanadi. Bu yostiq qazib olingandan so‘ng neft va gaz yotgan hududidagi yer yuzasi 10 metrgacha chuqurlikka tushadi. Bundan tashqari yer qa’ridan foydali qazilmalarni olish yer kurrasida, yerning silkinishiga olib keladigan gravitatsion kuchlanishni qayta taqsimlaydi. Yoqilg‘ini yoqish – bu, nafaqat energiyaning asosiy manbai, balki atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni muhim yetkazib beruvchisidir. Issiqlik elektr stansiyalari transport bilan birga atmosferaga texnogen uglerodning asosiy ulushini (asosan SO ko‘rinishida) 50% yaqin dioksid serani, 35% azot oksidini va 35% changni yetkazib beradi. Issiqlik energetikasining ekologik muammolari. IES chiqaruvida katta miqdordagi metallar va ularning birlashmalari bor. 1 mln·kVt quvvatli IES bir yillik chiqaruvini o‘lim dozasiga qayta hisoblaganda alyuminiy va uning birlashmalari 100 mln.dozadan ko‘p, temir 400 mln.dozani, magniy-1.5 mln.dozani tashkil etadi. Bu ifloslantiruvchilarning o‘lim effekti shuning uchun namoyon bo‘lmaydiki, ular tirik organizmga oz miqdorda kiradi, lekin bu suv orqali, yer va ekologik tizimning boshqa zvenolari orqali salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Issiqlik energetikasi atrof-muhitni barcha elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu jumladan , insonga va boshqa jonzotlarga ham. Energetikaning atrof –muhitga ta’siri, foydalanilayotgan yoqilg‘iga kuchli bog‘liq. Eng “toza” yoqilg‘i tabiiy gaz bo‘lib, u yoqilganda atmosferaga eng kam ifloslantiruvchi moddalar beradi. Undan keyin neft(mazut), toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, slaneslar, torf turadi. Yuqorida aytilganidek, yoqilg‘ini yoqqanda ko‘p salbiy moddalar hosil bo‘ladi. Ko‘mirni yoqqanda ko‘p miqdorda kul va shlak hosil bo‘ladi. Kulning katta qismini tutib qolish mumkin, lekin hammasini emas. Barcha chiqib ketayotgan gazlar potensial zararli, hattoki suv bug‘i va uglerod dioksidi SO2 ham. Bu gazlar yer yuzasining infraqizil nurlanishini yutadi va uning bir qismi yerda “Issiqxona effekti” hosil qiladi. Agarda SO2 konsentratsiyasining darajasi yer atmosferasida ko‘paysa, global klimatik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Yoqilg‘ini yondirganda issiqlik hosil bo‘lib, uning bir qismi atmosferaga chiqarib tashlanadi va uni issiqlik ifloslanishiga olib keladi. Bu, oxir oqibat, suv va havo basseynining haroratini ortishiga, muzliklarning erishiga va shunga o‘xshash hodisalarga olib keladi. Issiqlikni to‘planish jarayoni, agarda energiyadan foydalanish hozirgi jadallikda o‘ssa yerdagi haroratni sezilarli darajada ortishiga olib keladi. O‘z navbatida haroratning ortishi yerda iqlim chuqur o‘zgarishiga olib keladi


Gidroenergetikaning ekologik muammolari. Gidroenergetikaning eng muhim ta’siri talay hosildor yerlarni suv omboriga ajratish bo‘lib, bu yerda tabiiy ekologik tizimni yo‘q qiladi. Suv ombori yaqinidagi yerlarning katta maydoni, yer osti suvlarining sathi ortishi bilan suv bosishi mumkin. Bu yerlar odatda botqoqlik toifasiga kirib ketadi. Suv omborlarining qurilishi bilan daryolarning gidrologik rejimi keskin buziladi va ularni ekotizimi buziladi, chunki ularda tirik organizmlar o‘ladi. Bundan tashqari suv omborlarida turli sabablarga ko‘ra suvning sifati yomonlashadi. Suv ostiga cho‘kkan ekotizim (yog‘och va boshqa o‘simlik cho‘kmalari, tuproqning gumusi) ham ularning sekinlashtirilgan suv almashinuvi natijasida ularda organik moddalar keskin ko‘payadi. Bu suv tashlamasidan tushadigan o‘ziga xos moddalar yig‘iladigan akkumulyator. Suv omborlarida suvning isishi keskin kuchayadi va bu ularning kislorod yo‘qotishini va boshqa jarayonlarini tezlashtiradi. Issiqlik ifloslanishi biogen moddalarni yig‘ilishi bilan birga suv omborlari osti o‘simliklarini o‘sib ketishiga sharoit yaratadi, shu jumladan zaharli sene-ko‘k(sianlar)ni ham. Shu sabablarga ko‘ra va suvlarni sekin yangilanishi natijasida ularning o‘z-o‘zini tozalash keskin pasayadi. Suv sifatining yomonlashuvi ulardagi tirik organizmlarning o‘lishiga olib keladi. Baliq podalarini kasallanishiga, ayniqsa gelmintlar bilan kasallanishiga olib keladi. Baliqlarni ko‘chib yurishi buziladi,ozuqalari buziladi. Oxir oqibat suv omborlari tomonidan daryo tizimining yopib qo‘yilishi tranzitdan tranzit-akkumulyativga aylanadi. Biogen moddalardan tashqari bu yerda og‘ir metallar, radioaktiv elementlar va uzoq hayotiy davrga ega bo‘lgan ko‘p zaharli ximikatlar yig‘iladi. Yig‘malar mahsuloti suv ombori hududini, uni bartaraf qilgandan so‘ng foydalanishni muammoli qilib qo‘yadi. Suv omborlari atmosfera jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, quruq hududlarda suv omborlari yuzasidagi bug‘lanish quruq joylarga nisbatan o‘nlab marta ortiq bo‘ladi. Bug‘lanishning ortishi bilan havo haroratini pasayishi va tuman hodisalarini ko‘payishi sodir bo‘ladi. Suv omborlari va atrofdagi quruqlik haroratlarining farqi yengil turidagi mahalliy shamollarni shakllanishiga olib keladi. Bu va boshqa hodisalar ekotizim almashinuviga, ob-havoning o‘zgarishiga olib keladi. Yadro energetikasining ekologik muammolari. Yaqin vaqtgacha yadro energetikasi kelajagi porloq sifatida qarab kelinmoqda edi. Bu yadro yoqilg‘isining nisbatan katta zaxiralari va ularning atrof-muhitga kam ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan. AES afzalliklariga resurslarning konlariga bog‘liq bo‘lmagan holda qurilish imkoniyati mavjudligi, chunki yadro yoqilg‘isini tashish uning hajmi kichik bo‘lganligi uchun(0.5 kg yadro yoqilg‘isi 1000 tonna toshko‘mir yoqilganda olinadigan energiyani beradi,) ko‘p xarajatlarni talab qilmaydi. Yaqin vaqtgacha AES larning asosiy muammolari ishlatib bo‘lingan yoqilg‘ini ko‘mish hamda AES o‘zini mumkin bo‘lgan foydalanish muddatidan keyin bartaraf etishdan iborat edi. AES normal ishlaganda radioaktiv elementlarni atrof-muhitga tashlash sezilarli emas. O‘rta hisobda ko‘mirda ishlaydigan shu quvvatdagi IES ga nisbatan 2-4 marta kam. 1986 yildan so‘ng AES bosh ekologik xavfini ulardagi avariyalar bilan bog‘liq holda qaralmoqda. Shu turdagi eng yirik avariyalarga Chernobil AESda sodir bo‘lgan avariyani keltirish mumkin. Turli ma’lumotlarga ko‘ra ChAES reaktoridagi bo‘lingan ozuqalarning jami miqdori 3,5%dan (63 kg) 28%gachani(50 t) (taqqoslash uchun Xirosimaga tashlangan bomba 740 g radioaktiv modda bergan) tashkil etadi. ChAES avariyasi natijasida 2 ming km.ga teng radiusdagi hudud ifloslandi va u 20 ta davlatning hududini egalladi. Oldingi davrning 17 mln kishi istiqomat qiladigan 11 ta viloyati azob chekdi. Umumiy ifloslangan hudud 8 mln.ga dan ortadi. AES lar avariya holatining qo‘rqinchli oqibatlari sifatida atrof-muhitga bo‘lgan quyidagi ta’sirlarni keltirish mumkin: -rudalarni qazib chiqaradigan ayniqsa ochiq holda qazib olinadigan joylarda ekotizim va uning elementlarining buzilishi(tuproq, suv tashuvchi tizim va h.k); -AES qurilishi uchun yer ajratib berish. Ayniqsa katta hudud isitilgan suvni berish, suvlarni chetga chiqarish va sovitish uchun inshootlarni qurishga ajratib berish. 1000 MVt quvvatli AES uchun maydoni 800-900 ga ga ega sovituvchi ko‘p talab etiladi. Bu ko‘llar asosi 100-120 metr , balandligi 40 qavatli uylarga teng bo‘lgan ulkan gradiriyalar bilan almashtirilishi mumkin; - turli manbalardan juda katta hajmdagi suvni olib isitilgan suv tashlanishi. Agar bu suvlar daryolarga yoki boshqa tabiiy manbalarga tushsa, ularda kislorod yo‘qotishlari kuzatiladi, gullanish ehtimolligi ortadi, suv ichidagi o‘simlik va hayvonot olamini issiqlik stressi hodisasi ortadi; - radiaktiv ifloslanishning atmosfera havosiga tushishi ehtimoldan holi emas, bundan tashqari ular suvga, xom-ashyoni qazib olishda, olib yurishda hamda AES ishlaganda tuproqqa tushishi, chiqindilarni omborxonalarga taxlaganda, qayta ishlanganda va ko‘milganda ham radioaktiv ifloslanishlar tarqaladi. Shunday qilib energiyaning bu birlamchi manbalaridan issiqlik va elektr energiyani IES va qozonxonalarda an’anaviy usul bilan ishlab chiqarilganda yoqilg‘i iste’mol qilinadigan texnologik qurilmalarda yoqilg‘idan foydalanish atrof-muhitga quyidagi turli lokal va global ta’siri bilan bog‘liq: - atmosferaga zararli moddalarni chiqarib tashlash; - minerallangan va isitilgan suvni chiqarib tashlash; - ko‘p miqdorda kislorod va isitilgan suvlarni iste’mol qilish; - chiqindilarni (shlak, kul) ko‘mish uchun katta maydondagi yerni ajratib berish. Bu tuproq va suvni achishiga ta’sir etadi, parnik effekti hosil bo‘lishiga yordam beradi, bu esa koinot haroratini ortishiga olib keladi va boshqa qaytarilmaydigan jarayonlarni hosil qiladi. Bundan tashqari organik yoqilg‘i to‘ldirib bo‘lmaydigan energiya manbai, bu degani ularni tiklanish tezligi, ularni iste’mol qilish tezligidan ko‘p marta past. Insoniyatning antropogen faoliyati natijasida oxirgi 30 - 40 yilda koinot harorati 0.6 – 0.7 0S ga ko‘tarildi va oxirgi 600 yilda yuqori hisoblanadi. Dengizning o‘rtacha sathi o‘tgan yuz yillikka nisbatan 10 – 15sm ga ko‘tarildi. Zamonaviy texnologiyalar nafaqat iqlimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki insonlarning salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1997 yilda e’lon qilingan bir qator ekspertlarning ma’ruzasiga ko‘ra 2020 yilgacha faqat qattiq yoqilg‘ini yoqishdagi ta’sir har yili 700000 kishini hayotdan ko‘z yumishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, aholi turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga ham talab oshib boradi. Shu bois, mamlakatimizda energiya ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiyalash, xalqimizni bu muhim manba bilan uzluksiz ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ushbu sohada olib borilayotgan tub islohotlar natijasida oxirgi olti yilda 5 ming megavattdan ziyod yangi elektr quvvatlari yaratildi. Birgina joriy yilning yanvar-aprel oylarida qo‘shimcha 726 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarildi. Bugungi kunda bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilib, energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda. Hattoki, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo ham etilmoqda.m Tahlillarga ko‘ra, sayyoramiz aholisi iste’mol qiladigan birlamchi energiya ta’minotining beshdan bir qismi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinar ekan. Ushbu sektor 2040 yilgacha har yili 2,6 foiz o‘sishni davom ettirishi kutilmoqda. Mamlakatimiz ulkan quyosh energiyasi resurslariga ega bo‘lib, yilning taxminan 300 kuni quyoshli bo‘ladi. Hududlarimizning ko‘p qismida maksimal ko‘rsatkich 5,5-6 kVt/m.ni tashkil etib, uning texnik imkoniyatlari 200 million tonna neft ekvivalentiga teng. Bu iste’moldagi barcha energiya manbalaridan uch baravar ortiq ekanini hisobga olsak, mavjud imkoniyatdan samarali va unumli foydalanish ayni muddao bo‘ladi. Elektr energiyasiga talabni qondirishning yana bir samarali usuli muqobil energiya manbalaridan foydalanishdir. Quyosh, shamol, suv va boshqa tabiat in’omlaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish jahonda allaqachon ommalashib boryapti. Shu jihatdan, keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, energetika sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratildi. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar sohaning huquqiy asoslari bo‘lib xizmat qilyapti. Aytish joizki, “yashil” energetikani rivojlantirish insonlarni nafaqat energiya bilan ta’minlashda, balki atrof-muhitni muhofaza qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda ushbu sohani qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilib, o‘tgan qisqa davrda katta natijalarga ham erishildi. Birgina Karmana va Nurobodda ishga tushirilgan, har birining quvvati 100 megavattga teng bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarida 434 million/kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu orqali 127 million kub metr gaz tejalishiga erishilgan bo‘lsa, 173 ming tonna atmosferaga zararli gazlar chiqishining oldi olingan. 2022 yilda 7 ta investitsiya loyihalari doirasida Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida jami quvvati 1 374 MVt bo‘lgan 6 ta issiqlik elektr stansiyasi hamda quvvati 100 MVt bo‘lgan 1 ta quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilgan va ishlab chiqarishning umumiy quvvati 17 881 MVt yetkazilgan. Ayni chog‘da mamlakatimizda energetik barqarorlikni ta’minlash maqsadida yangi quvvatlarni ishga tushirish va elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsii qilish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, 2023-2026 yillarda umumiy quvvati 15 000 MVtga teng elektr stansiyalari ishga tushirilib, 2026 yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarilishi 100 mlrd.kVt soatga oshirish belgilangan. Buning uchun respublikamizda qayta tiklanuvchi elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha umumiy quvvati 8 000 MVtdan ortiq bo‘lgan 22 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Shundan 3 000 MVtdan ortig‘i shamol elektr stansiyalari hamda 4 000 MVtdan ortiq quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi. Joriy yil yakuniga kadar esa Navoiy viloyatida 500 MVt bo‘lgan shamol hamda Navoiy, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 3 647 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etilishi esa mamlakatimizning ishlab chiqarish sanoatiga, energiya tejamkorligi istiqbollariga bevosita foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, 2024 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 100 MVt bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyalarini va Navoiy viloyatida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish belgilanganki, bu ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Mutaxassislar hisob-kitoblariga qaraganda, O‘zbekistonda quyosh stansiyalarini qurish orqali jami 600 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu respublikaning hozirda energiyaga bo‘lgan jami ehtiyojidan 8 barobar ko‘p degani. 2030 yilga borib mamlakatda quyosh elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30 foizdan ortishi ko‘zda tutilmoqda. Agar yuqoridagi rejalar va loyihalar amalga oshsa, soni tobora o‘sib borayotgan aholi va tadbirkorlik subyektlarini to‘laqonli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. Tejalgan tabiiy gaz aholi iste’moliga hamda uni qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat yaratishga yo‘naltiriladi. Umuman olganda, mamlakatda sohaga doir amalga oshirilayotgan islohotlar aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning yanada yaxshilanishiga imkon yaratishi bilan birga, mintaqada energetik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar, yangilanishlar odamlar hayotida namayon bo‘layotir.
Download 29,89 Kb.




Download 29,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Energiya tajamkorlik yo'lida samarali islohotlar

Download 29,89 Kb.