• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mavzu: Muhit ifloslanishida transportning o’rni




    Download 0,78 Mb.
    Sana31.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #258290
    Bog'liq
    Ekalogiya 2


    Mavzu: Muhit ifloslanishida transportning o’rni
    Reja:
    • Avtotransport vositalarining havo muhitiga ta’siri.
    • Suv transportining suv muhitiga ta’siri.
    • Xavo transportining atmosfera havosiga ta’siri.

    MDXda avtotransport vositalari 1988-yilning o’zida 35,8 mln.tonna zararli moddalarni havoga chiqarib tashlagan. Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent, Erevan va boshqa shaharlar havosida is gazi ruxsat etilgan mikdoridan 3-10 barobar ziyod ekanligi qayd etilgan.
    Qizig’i shundaki, sulfat angidridi atmosfera xavosida turli reaksiyalarga kirishib, atmosfera xavosi namligida erib, qataliz hamda fotokimyoviy jarayonlar vositasida oqsidlanadi va pirovardida, sulfat kislotasini hosil qiladi. Bunday kimyoviy birikmalar 750-1500 metr balandlikka ko’tarilib, hatto 3000-4000 metr masofaga yetadi. Shuning uchun sanoat korxonalari joylashgan markazlar atrofidagi turar joylarda sulfat kislotasi yomg’ir bo’lib yog’adi va tabiatga shu jumladan, tirik organizmlarga katta zarar etkazadi.
    Agar 1950-yili atmosferaga 70 mln.tonna, 1975-yili 120 mln.tonna, 1980- yili 181 mln.tonna zaxarli moddalar chiqarib tashlangan bo’lsa, 2000-yilda 280 mln.tonna tajavvuzkor moddalar atmosferani bulg’ashi taxmin qilinmoqda. Atmosfera havosining kundan-kunga, yildan-yilga bunchalik ifloslanib borishiga avtotransportning “aybi” borligi yaqqol ko’rinib turibdi. Shuni ham qayd qilish kerakki, avtomabillar purkagan gazlar tarkibidagi is gazlari (SO), azot qo’sh oksidi(NO2), uglevodorodlar bilan bir qatorda juda zaxarli modda qurg’oshin ham mavjud. Avtotransport vositalari tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi dudbo’ronlardan chiqadigan gazlarning tarkibi va mikdoriga, transport xarakati tezligiga, mashinalar soniga, ko’chalarning katta-kichikligiga ularning loyixasiga, relefiga, turar joylarning topografik xolatiga, joylarning xolatiga, iqlim sharoitiga va meteorologik omillariga bog’lik bo’ladi.
    Avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy moddalari is gazi, uglevodorodlar, azot oksidlari, aldegidlar, ketonlar, akrolein, qo’rg’oshin va boshqalar aksariyat xollarda gigienik nuktai nazardan juda zararli hisoblanib, belgilangan me’yordan ortgan xolda bo’ladi.
    Avtotransport vositasidan atmosfera havosiga tashlanadigan ba’zi zaxarli gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Azot qo’sh oksidi parchalanib, azot oksidiga aylanadi, natijada atomlar xolidagi oksigen(kislorod) xosil bo’ladi, aldegid va kationlar esa radikallarni paydo qiladi. Mazkur ko’rinishdagi reaksiyalar navbatdagi ikkinchi reaksiyalarning kelib chiqishiga yordam beradi, oqibatda o’ta zaxarli tarkibga ega bo’lgan smog xosil bo’ladi. Biz yuqorida tashqi muxitga nixoyatda tasirchan ko’rg’oshin bilan ifloslanishiga asosan avtomobillar sababchi ekanligini ko’rsatib o’tgan edik.
    Manbalarda keltirilishicha, 1928-yildan avtotransport yonilg’ilari tarkibiga tetroetilko’rg’oshin birikmasi ko’shiladigan bo’ldi va bu usul 1959-yildan boshlab tadbiq etila boshlandi.
    Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan qo’rg’oshin birikmalari 1 m3
    atmosfera h avosida 1-2 mg.dan 4-5 mg.gacha yetadi, bunda albatta, motorlarning
    ish rejimiga qarab, xavoning ifloslanish darajasi o’zgarib turadi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, qishloqlardagi turar joylardagi 1m3 havo tarkibida qo’rgoshin miqdori 0,1 dan 0,5 m ga teng bo’lsa, shaharlar havosida 1 dan 5 mkg atrofida bo’ladi. Katta magistral yo’llar atrofidagi 1 m3 havo tarkibida 14-38 mkg qo’rgoshin borligi aniqlangan.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    • N.Jabbarov “Ximiya va atrof-muxit”, Toshkent “O’qituvchi”, 1992 yil 13-27 betlar.
    • Sh.Otaboev, M.Nabiev “Inson va biosfera”, Toshkent “O’qituvchi”, 1995 y. 24­35 bet.
    • Yu.SHodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish”, Toshkent “O’qituvchi”, 1994 yil, 169- 171 betlar.
    • X.T.Tursunov “Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish”, Toshkent 1997 yil, 19-26 betlar.

    Download 0,78 Mb.




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Muhit ifloslanishida transportning o’rni

    Download 0,78 Mb.