• Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari Rezinaning cho‘zilishdagi mustahkamligi, nisbiy va qoldiq uzayishi.
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Rezina buyumlarni armirlash. Rezina detallarning mustah-
    kamligini oshirish uchun ular boshqa puxtaroq (gazlama, simli 
    karkas, metall tolalari) elementlar (armaturalar) bilan kuchaytirila-
    di. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning mustahkamligi
    rezina tarkibidagi armaturaning mustahkamligiga asosan aniqla-
    nadi. Armirlangan rezina detallarning cho‘zilishdagi elastikligi 
    247
    sof rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo‘ladi, ammo 
    ularning egilish va siqilishdagi talab etilgan chegaradagi deformat-
    siyalanish xususiyatlarini saqlab qoladi. 
    Avtomobillarda ishlatiladigan armirlangan rezina buyumlar 
    jumlasiga rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va bosh-
    qalar kiradi. 
    Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmat-
    baho va juda katta talablar qo‘yiladigan armirlangan buyum bo‘lib, 
    ularni tayyorlashda maxsus gazlamalar – kord, chefer va boshqalar-
    dan foydalaniladi. 
    Karkasning, pokrishkalar bortining shikastlangan joylarini 
    ta’mirlash, karkasning shikastlangan joylarini kuchaytirish uchun 
    rezina qo‘shilgan kord, rezina qo‘shilgan chefer va plastirlar kabi 
    materiallardan (rezina qo‘shilgan korddan tayyorlangan xochsimon 
    yamoqlardan) foydalaniladi. Ta’mirlanadigan pokrishka karkasi 
    tayyorlangan korddan foydalanish tavsiya etiladi. Ayniqsa, kapron 
    tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u 
    mustahkam bo‘lgani uchun yamoqning qalinligi va massasini ka-
    maytirish mumkin bo‘ladi, g‘ildiraklarning titrashi kamayadi. 
    10. 4. Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari
    Rezinaning cho‘zilishdagi mustahkamligi, nisbiy va qoldiq 
    uzayishi. Rezinaning asosiy deformatsion va mustahkamlik xos-
    salariga plastiklik va elastiklik xossalari, cho‘zilishga qarshi mus-
    tahkamligi, cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi, cho‘zilishdagi qoldiq 
    uzayishi, berilgan uzayishdagi nisbiy kuchlanish va boshqalar ki-
    radi. 
    Rezinadan tayyorlangan buyum va materiallarda cho‘zuv-
    chi kuchlar eng xavfli bo‘lgani uchun, ularning mustahkamligi 
    cho‘zish orqali tavsiflanadi. Rezina buyumlar vaqt o‘tishi bilan o‘z 
    mustahkamligini yo‘qotib boradi (statik toliqish paydo bo‘ladi) va, 
    nihoyat, ular ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. 


    248
    Rezina buyumlarga o‘zgarmas kuchlanish ta’sir etishidan bosh-
    lab buyumning yaroqsiz bo‘lishigacha (buzilishi) ketgan vaqt uning 
    shu vaqt ichidagi mustahkamligi yoki uzoqqa chidamliligi deyi-
    ladi. Kuchlanish miqdori ortib borishi bilan uzoqqa chidamlilik 
    keskin kamayadi. Rezinaning cho‘zilishdagi mustahkamligini taj-
    riba yo‘li bilan aniqlash ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Shuning 
    uchun laboratoriya sharoitida cho‘zilishdagi shartli mustahkamlik 
    (mustahkamlik chegarasi) orqali hisoblab topiladi. Rezina cho‘zil-
    gan vaqtda uning o‘z shaklini saqlab qolish xususiyati deformatsi-
    ya tezligi, harorat, rezina tarkibi va uning tuzilishiga bog‘liq. 
    Cho‘zish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, rezina materialni buzish 
    uchun shunchalik kam kuch talab etiladi. Deformatsiya vaqtida 
    haroratning o‘zgarishi mustahkamlik ko‘rsatkichiga ta’sir qiladi. 
    Odatda, harorat ortishi bilan, rezina mustahkamligi kamayadi va 
    aksincha. Sinash ishlari solishtirish mumkin bo‘lgan namunalar 
    olis h uchun Davlat standarti yoki texnik shartlarda keltirilgan 
    ma’lum tezlik va haroratda o‘tkaziladi. 
    Rezina mustahkamligi ularning tarkibiga qo‘shiladigan aktiv 
    to‘ldirgichlar hisobiga ham keskin ortadi. Ammo me’yordan ortiq 
    miqdorda plastifikator qo‘shish ham rezina mustahkamligini pa­
    saytirib yuboradi. 
    Rezina materiallarning mustahkamlik va elastiklik ko‘rsat-
    kichlari РМИ–60 markali mashinada aniqlanadi. Bu mashina yor-
    damida namunalar o‘zgarmas tezlikda uzilishiga qadar cho‘ziladi 
    va namunaning uzilish vaqtiga mos keladigan kuch hamda uning 
    uzayishi topiladi. Cho‘zish vaqtida rezinaning uzayishiga mos 
    keluvchi shartli mustahkamligi, uzilish vaqtidagi nisbiy uzayish, 
    qoldiq uzayish topiladi. 
    Rezinaning mustahkamligini siqilish detormatsiyasi orqali 
    УМР–2 turidagi mayatnikli elastiklik o‘lchagichlarda sinash eng 
    ko‘p tarqalgan usuldir. Bu ma’lum balandlikdan rezina materia-
    li ustiga tushgan mayatnikning yana orqaga qaytish kattaligini 
    aniqlashga asoslangan. 
    249
    Kauchuklar ichida TK, СКИ–3, xlorprenlarning elastikligi yu qo­
    ri. CKH, БК, СКФ va akril kauchuklarning elastikligi esa kamroq. 

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish