1-Ma’ruza: Kirish. Kursning asosiy maqsadi va vazifalari
Reja
1. Tabiiy muhit tarkibi va uning holatini nazorat qilish
2. Atrof-muhit obektlari bo’lgan havo, suv, tuproq va o’simliklarni
analiz
qilish usullari
3. Obektni analizi uchun namunalar olish
Bugungi kunda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, inson va tabiat
о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish dunyo miqyosidagi dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi.
Chunki insoniyatning о‘z ehtiyoji yо‘lida tabiiy resurslardan ayovsiz
foydalanishi
nafaqat ekologik, balki iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni ham
yuzaga chiqarmoqda. Shu bois endilikda mavjud davlatlarning aksariyatida ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, ayniqsa, ushbu jarayonga
tejamkor va ekologik
zararsiz texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilayapti.
Poytaxtimizda О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qо‘mitasi tomonidan kichik biznes va yirik sanoat korxonalari rahbarlari
ishtirokida tashkil etilgan “Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish —
barqaror
tadbirkorlik rivojlanishining omili” mavzuidagi seminarda shular haqida sо‘z
yuritildi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda ushbu yо‘nalishda muayyan ishlar
amalga oshirilmoqda. Sо‘nggi yillarda “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi va
“Ekologik nazorat tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi
yuzasidan kо‘rilgan chora-tadbirlar natijasida atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli
moddalar miqdori 1,9, oqova suvlar tashlanishi esa 2
barobar kamaygani buning
yaqqol tasdig‘idir.
Shunga qaramay, bu borada hali qilinishi lozim bо‘lgan vazifalar ham
talaygina. Masalan, о‘tkazilgan tahlillar tadbirkorlarning ekologik xavfsizlikka
daxldor hujjatlar haqida xabardorlik darajasi yetarli emasligini kо‘rsatdi.
Biznes
vakillari,
shuningdek,
ekologik
sertifikatlashtirish,
standartlashtirish
va
meyorlashtirishning asosiy qoidalari, boshqacha aytganda, о‘z faoliyatiga ekologik
menejmentni tatbiq etishga jiddiy e’tibor qaratmayapti. Vaholonki, “Tabiatni
muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 37-
moddasida korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar hamda fuqarolarga tabiiy
manbalarni asrab-avaylash va muhofaza qilish uchun ma’lum darajada chora-
tadbirlarni
amalga oshirgan taqdirda, soliq bо‘yicha yengillik berilishi qayd
etilgan.
Seminarda, shuningdek, ishtirokchilarga о‘simlik
va hayvonot dunyosi
obyektlaridan foydalanishda ruxsat berish tartib-taomillari, qо‘mita tomonidan
tadbirkorlik subyektlariga “Yagona oyna” tamoyili asosida kо‘rsatilayotgan
xizmatlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.