• Kursning vazifasi
  • 1-Ma’ruza: Kirish. Kursning asosiy maqsadi va vazifalari




    Download 264,8 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana24.01.2024
    Hajmi264,8 Kb.
    #145052
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-mavzu

    Kursning maqsadi: atrof-muhit obyektlari- havo, tuproq va suv tarkibidagi 
    kimyoviy zaharlovchilarni bilish va ularni aniqlash usullarini о‘rganish.
    Evolyusiyaning turli davrlarida-ibtidoiy, agrar, industrial, texnogen va 
    noosfera bosqichlarida tabiatda salbiy anropogen ta’sir ortib borishi natijasida 
    kо‘plab ekologik muammolar kelib chiqib, umumiy tabiiy uyimiz biosferaga 
    cheksiz zarar keltirmoqda. Shuni inobatga olib, ekologiyaning hozirgi vaqtdagi 
    vazifasi qiyinlashib borayotgan muhitda tiriklikning yashashiga yordam berishdir. 
    Shuni ta’kidlash mumkinki, hayot gulshanimiz biosferani musaffoligini saqlab
    keyingi avlodga qoldirishdan dolzarbroq masala bо‘lmasligi muayyandir. 
    Turli antropogen omillarning salbiy ta’siri natijasida tabiatga kuchli zarar 
    keltirilmoqda. Ammo, ekologik qonunlarni bilmasdan turib antropogen omillar 
    ta’sirini о‘rganish bu: Mendeleyev tablitsasiz ximiyani о‘rganish va fizikani butun 
    olam tortilish kuchidan boshlab Eynshteynning nisbiylik nazariyasigacha bilmaslik 
    bilan barobardir 
    Kursning vazifasi -Tizimli tahlil asosida о‘simliklarning qurg‘oqchilikka, 
    shо‘rlanishga va sanoat chiqindilariga chidamliligini asoslash, chо‘llanish 
    jarayonini oldini olish; 
    -Orol va Orol bо‘yi muammolarini yechish maqsadida Mо‘ynoq hududida ilmiy 
    tajriba maydonida ushbu muhitda moslashgan о‘simliklarni ilmiy asoslash 
    (kanop, bо‘rigul turlari, sedum va boshqalar); 
    -Efir moyli, shifobaxsh, istiqbolli turlarni madaniylashtirishning ilmiy 
    asoslarini yaratish va amaliyotga tavsiyalar berish; 
    -Shahar ekotizimini optimizatsiya qilish maqsadida sanoat korxonalari atrofida 
    sanitar zona tashkil qilishda foydalanish uchun istiqbolli manzara beruvchi va 
    havoni chiqindilardan tozalovchi о‘simliklarni о‘rganish (Olmaliq-kon 
    metallurgiya kombinati atrofidagi о‘simliklarni nazorat va tajriba maydonlarida 
    о‘sishini inobatga olib biologik-anatomik moslashuvlarini taqqoslash va 
    amaliyotda 
    tavsiya 
    berish, 
    Toshkent 
    shahri 
    sharoitida 
    serqatnov 
    avtomagistrallar atrofida va sanoat korxonalari atrofida atrof-muhit holatini 
    yaxshilash maqsadida tavsiya beradigan turlarini aniqlash: 
    Shuni ta’kidlash kerakki, biosferada barqarorligini ta’minlashda turli ta’lim 
    mutaxassislari ekologik bilimli bо‘lishlari va ekologik muammolarni yechish 
    yо‘llarini bilibgina qolmay, uni kelib chiqish sabablarini bilgan holda oldini 
    olishga qaratilgan ekologik bilimga ega bо‘lishlari zarur. Shu sababli uzluksiz 


    ekologik ta’limni rivojlantirish bilan bir qatorda Oliy ta’lim muassasalarining turli 
    yо‘nalishlardagi mutaxassislarni tayyorlashda ekologiya fani о‘qitilishi kerak. 

    Download 264,8 Kb.
    1   2   3   4




    Download 264,8 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza: Kirish. Kursning asosiy maqsadi va vazifalari

    Download 264,8 Kb.
    Pdf ko'rish