Atmosfera havosi, suv va tuproqda mavjud bо‘lishi mumkin bо‘lgan
zararli birikmalar va ularning miqdori (REM)
Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bо‘lgan atmosfera havosini muhofaza
qilish, uning sifat kо‘rsatgichlarini ekologik normativlarga mosligini ta’minlash
bugungi kunning global muammolaridan biri. Atmosfera havosining ifloslanishi
inson, о‘simlik, hayvonot, umuman, jamiki tirik mavjudotlarga zararli ta’sir
kо‘rsatadi.
Joriy yil 27 sentabr kuni dunyo shaharlaridagi ifloslanish va havo sifati
indeksini tahlil qiluvchi The World Air Quality Indexning eng yirik onlayn-
monitoring natijalariga kо‘ra, Toshkent havosi iflos shaharlar reytingida ikkinchi
о‘rinni egallagani ma’lum qilindi.
«О‘zgidromet» xabariga kо‘ra, ushbu ma’lumot real vaqt rejimida e’lon
qilingan Toshkent shahrida atmosfera havosining RM 2,5 mayda dispers
zarrachalari bilan ifloslanishi tо‘g‘risidagi ma’lumot vaqtinchalik tavsifga ega va
iqlimiy hamda jug‘rofiy sharoitlarga bog‘liq deb ta’kidlandi.
Xuddi shu saytda joriy yilning 4 oktabr kuni uchun e’lon qilingan ma’lumotga
kо‘ra atmosfera havosining ifloslanishi bо‘yicha О‘zbekiston 34-о‘rinni egallagan.
Bunday ma’lumotlar vaqtinchalik xarakterga ega bо‘lib, mazkur ma’lumotlar
haqqoniyligini kuzatuv punktlaridagi atmosfera havosini avtomatlashtirilgan
uskunalar orqali real vaqtda doimiy ravishda о‘lchovlarni amalga oshirish hamda
ularning о‘rtachasini olish orqali ta’minlash mumkin. Shu о‘rinda bir masalaga
tо‘xtalib о‘tish zarur. Hozirgi kunda Gidrometeorologiya xizmati markazining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kuzatuv punktlarini jihozlash lozim.
Bu esa davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari,
boshqa davlat organlari va tashkilotlarini, shuningdek fuqarolarni mavjud va
kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim о‘zgarishi, tabiiy muhitning
ifloslanish darajasi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavfli va tabiiy gidrometeorologik
hodisalar yuzaga kelishi tо‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini
beradi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 29-son qarori
bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza
qilish davlat qо‘mitasi tо‘g‘risida Nizomga muvofiq, atrof muhitga sezilarli
darajada salbiy ta’sir kо‘rsatadigan yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi
obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini
uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etish,
bunday punkt (post)larning ishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, bunday punkt
(post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishi belgilab
qо‘yilgan. Bu о‘z navbatida yirik ishlab chiqarish korxonalari atrofida atmosferani
ifloslanishini real vaqt tizimida uzluksiz aniqlab berish imkonini beradi.
Aslida hozirgi kunda butun dunyoda atmosfera havosining holati qanday, uni
muhofaza qilish bо‘yicha qanday ishlarni amalga oshirish zarur?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2018 yilgi ma’lumotlariga kо‘ra, yiliga
7 million kishi havoning haddan tashqari ifloslanishi natijasida vafot etmoqda.
Ayniqsa, Osiyo va Afrika qit’asi mamlakatlari bu kо‘rsatkich bо‘yicha yuqori
о‘rinlarda turadi.
Odamlardagi yurak kasalliklarining 25 foizi, shol kasalligining 24 foizi, о‘pka
kasalliklari va о‘pka saratonining 43 foizi ifloslangan havodan nafas olish
natijasida kelib chiqmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi nafaqat inson, balki
atrof muhit, о‘simlik va hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda.
Masalan, mutaxassislarning tomonidan Qayrag‘och tabiiy sharoitda 350-400
yil yashashi, shahar xiyobonlarida 120-220 yil serqatnov yо‘llar atrofida esa, 40-50
yil yashashi aniqlangan. Yirik sanoat, metallurgiya, kimyo, konchilik korxonalari
atrofida (5 km radiusda) qishloq xо‘jalik о‘simliklarning hosildorligi 25-30% ga,
sifat kо‘rsatgichlari esa 40-50% ga kamayishi, avtomobil yо‘l atroflarida
yetishtirilgan dehkonchilik mahsulotlari tarkibida esa qо‘rg‘oshin birikmalari
hamda ayrim kimyoviy moddalar ruxsat etilgan meyordan 5-10 barobarga kо‘proq
tо‘planishi aniqlangan.
Shu bilan birgalikda, atmosfera havosiga chiqarilayotgan issiqxona gazlari
global isishga sababchi bо‘lib iqlim о‘zgarishlarini keltirib chiqarmoqda. Dunyo
hamjamiyati, shu jumladan mutaxassislar tomonidan bekorga bong urilmayapti.
Dunyo miqyosida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tashlanmalar miqdori shu
sur’atlarda ketsa, global isish va iqlim о‘zgarishlari natijasi bashorat qilib
bо‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Jumladan, joriy yil 23 sentabr kuni о‘tkazilgan Iqlim о‘zgarishlari bо‘yicha
Sammitda BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish iqlim о‘zgarishlari hozirgi paytdagi
eng asosiy masala ekanligini, insoniyat bu muammo bilan kurashishda mag‘lub
bо‘layotganini, uni hal etish – tarixdagi burilish nuqtasi bо‘lishligini yana bir bor
ta’kidladi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy tabiiy manba bu shamol eroziyasi
hisoblanadi. Yer yuziga atmosferadan yiliga о‘rtacha 4,6-8,3 mlrd. tonna chang
zarralari tarqaladi. Bu changlarning asosiy hosil bо‘lish joylari yog‘ingarchilik
kam bо‘ladigan hududlardagi chо‘l va sahrolar hisoblanadi. Misol uchun, shamol
tezligi 4 m/s dan ortganda havodagi chang miqdori о‘rmonlarda 5-20 mkg/m3,
dashtlarda 20-100 mkg/m3, О‘rta Osiyoning quruq sahro va chо‘llarida 100-150
mgk/m3 ga yetadi. Arid mintaqasida joylashgan О‘zbekiston Respublikasida
atmosferaga chang-tо‘zon chiqaruvchi Orolning qurigan tubi, Qoraqum va
Qizilqum sahrolari kabi tabiiy manbalar ham mavjud.
Sо‘nggi yillarda atmosfera havosini ifloslanishida anropogen ta’sirning roli
keskin ortib bormoqda. Ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillar sonining
kо‘payishi atmosferaga tashlanayotgan tashlanmalar miqdorini ortishi sabab
bо‘lmoqda.
Birgina misol, 6 yil davomida ishlatilgan о‘rtacha avtomobil atmosferaga 9 t
SO2, 0,9 t SO, 0,25 t NOx i 80 kg uglevodorod chiqaradi.
Respublikamizda 99,5 ming turg‘un ifloslantiruvchi manbaga ega
3,5 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalari hamda 2,816 mln. dan ortiq
kо‘chma ifloslantiruvchi manbalar, ya’ni avtomototransport vositalari mavjud.
2010
yildan
2018
yilgacha
atmosfera
havosiga
chiqarilayotgan
ifloslantiruvchi moddalar miqdori qariyb 1,3 barobarga ortgan va 2018 yili 2,442
mln. tonnani tashkil etgan. Bundan 65 % yoki 1 mln. 560 ming tonnasi
avtomototransport vositalari hissasiga tо‘g‘ri keladi. Yirik shaharlarda, misol
uchun Toshkent shahrida esa bu kо‘rsatkich 80%ni tashkil etadi.
Darhaqiqat, atmosfera havosi ifloslanishining ortib borishini Orol dengizi
qurigan tubidan kо‘tarilayotgan chang va tuz zarrachalari hamda ishlab chiqarish
korxonalari, avtomobillar sonining kо‘payishi, joylarda qurilish maydonlarida olib
borilayotgan jadal ishlar bilan izohlash mumkin.
Atmosfera havosining ifloslanishini oldini olish eng muhim chora-tadbirlar
quyidagilardan iborat:
Kо‘kalamzorlashtirilgan hududlarni, ayniqsa shahar va avtomobil yо‘llari
chetida yashil hududlarni kengaytirish. Yirik shaharlar atrofida “yashil qalqonlar”
tashkil etish.
Yoqilg‘ilar sifatini yanada yaxshilash hamda ekologik toza transport
vositalarini kо‘paytirish, shu jumladan keng jamoatchilik uchun qulay bо‘lgan
veloyо‘lakchalar tashkil etish.
Iqtisodiyotning barcha jabhalarida yashil, ekologik toza, energiya tejamkor
texnologiyalarni joriy etish, texnolgik va ma’nan jihatdan eskirgan ishlab chiqarish
korxonalarini rekonstruksiya qilish.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni amaliyotga keng
tadbiq etish.
Yangi qurilayotgan uylar va binolarni energiya va resurs tejamkor
materiallardan foydalanib qurilishini ta’minlash;
Atmosfera havosiga tashlanmalarni asosiy qismini chiqaruvchi kо‘chma
ifloslantiruvchi manbalarga nisbatan, doimiy manbalarga qо‘llanilgan iqtisodiy
mexanizmlarni qо‘llash va bularni tegishli qonun va qonun osti hujjatlarida aks
ettirish.
Bugungi kunda mazkur masalalarda amaliy ishlarni barchamiz guvohi bо‘lib
turibmiz. Birgina misol sifatida mustaqillikning 27 yili davomida Orolning qurigan
tubida 400 ming gektarda о‘rmonzor tashkil etilgan bо‘lsa, 2018 yil dekabrdan
2019 yil aprelga qadar 4 oy davomida 461 ming gektarga saksovul urug‘lari sepildi
va kо‘chatlar ekish uchun 1,1 mln. ga ariqlar olinib, egatlar tayyorlandi.
Havoning ifloslanishiga qarshi kurashning eng yaxshi usullaridan biri
shaharlarni, tevarak-atrofni kо‘kalamzor qilish: bog‘u-rog‘lar, gulzorlar, madaniyat
va istirohat bog‘lari, hiyobonlar, daraxtzorlar, о‘rmonlar barpo qilish, korxonalar
va shunga о‘xshash joylar atrofini kо‘kalamzorlashtirish. Bularning hammasi
sanitariya-gigiyena va estetik jihatdan katta ahamiyatga ega bо‘lib, shaharning
qurilish-arxitektura kompleksiga qо‘shilib, atmosfera havosini muhofaza qilishda
juda muhim rol о‘ynaydi.
Bu yilgi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishni о‘z oldiga maqsad qilib
qо‘ygan О‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi dasturida ham atmosfera
havosini musaffoligini ta’minlashga qaratilgan dasturiy vazifalari mavjud.
Jumladan,
-mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfera
havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar
chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobar kamaytirish orqali atmosfera
havosining sifat kо‘rsatkichlarini belgilangan meyorlar darajasiga keltirish va
ularning aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish;
-Orol dengizining qurigan tubida о‘rmon-meliorativ ishlarini amalga oshirish
yо‘li bilan Orolbо‘yini ekologik jihatdan sog‘lomlashtirish hamda 1,5 mln. gektar
yer maydonini о‘rmon bilan qoplash bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-shaharlarni va aholi yashash punktlarini kompleks rejalashtirish va
rivojlantirish, Toshkent, Nukus, Buxoro va Termiz shaharlari atrofida “yashil
qalqonlar”ni barpo etish hamda yirik shaharlarda 2020 yildan boshlab bir yilgacha
daraxtlarning kesilishiga moratoriy belgilash, aholi yashash punktlarida istirohat
bog‘lari maydonlarini kengaytirish, velosiped yо‘lakchalarni barpo etish;
-о‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish usullarini joriy
etishga kо‘maklashish, о‘rmonlarning yо‘qolib ketishini tо‘xtatish va ularni tiklash
kо‘lamini oshirish orqali respublika hududining о‘rmon bilan qoplanganlik
darajasini 7,6 foizdan (3,4 mln. gektar) 15 foizga (7 mln. gektar) yetkazish;
-mamlakat energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini
10 foizgacha yetkazishda bevosita ishtirok etish;
-ekologik toza transport vositalari ishlab chiqarilishi, aholini velosipedlardan
foydalanish kо‘rsatkichlarini oshirish, yoqilg‘i sifatini xalqaro standartlarga
moslashtirish;
-bunyod etilayotgan uylarning energiyani, resurslarni tejaydigan “yashil”
qurilish talablari bо‘yicha qurilishiga erishishdan iborat.
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, О‘zbekistonning barqaror
rivojlanishi, Ona tabiatni asrash, ekologiya va aholi salomatligini saqlash bilan
bog‘liq dolzarb muammolarni ham hal etish hamda kelajak avlodlarning musaffo
muhitda yashash huquqini kafolatlash ishlarida faol ishtirok barchamizning
muqaddas burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim.
|