atmosfera havosini azot oksidlaridan tozalash
Reja:
Chiqindi gazlarni azot oksidlaridan absorbsion usulda tozalash.
Yonish jarayonini boshqarish orqali azot oksidlarining atmosferaga tashlanishini kamaytirish.
Azot oksidli chiqindi gazlarni katalitik zararsizlantirish usullari.
4.Azot oksidlarini yuqori temperaturada noselektiv katalitik qaytarilish usuli.
Azot oksidli chiqindi gazlar kimyo sanoatining azotli birikmalarini ishlab chiqarish korxonalarida, katalizatorlar ishlab chiqarishda, neftni qayta ishlash korxonalarida, issiqlik energetika qurilmalarida yoqilg‘i yondirilganda va shu kabi boshqa ishlab chiqarishlarda hosil bo‘ladi. Azot oksidlari o‘ta zaharli gazlar qatoriga kiradi. Bu gazlar inson organizmida qator noxush oqibatlarga olib keladi: O‘pka shishi, nafas yo’llarining yallig‘lanishi, nerv sistemasining buzilishi, ko‘zning shikastlanishi va boshqalar. Shu bilan bir qatorda azot oksidlari o‘simliklarning barglarini kuydiradi, metall uskunalarini korroziyaga uchratib, xalq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Azot oksidlarining ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi (REChK) 0,085 mg/m3 ni tashkil etadi.
Azotning quyidagi kislorodli birikmalari mavjud: N2O, NO, NO2, N2O3, N2O5, N2O4, NO3, N2O6.
N2O gazi past temperaturada deyarli reaksiyaga kirishmaydi. Yuqori temperaturada azot va kislorodga parchalanadi.
NO gazi suvda va organik birikmalarda yaxshi erimaydi, lekin 2 valentli metall tuzlariga birikib, kompleks birikma hosil qiladi va sal qizdirilsa parchalanadi.
NO2 gazi suvga yaxshi yutiladi va HNO3 kislotasi hosil bo‘ladi. Temperatura oshishi bilan parchalanib ketadi.
N2O3 gazi faqat past temperaturada turg‘un bo‘ladi.
N2O4 gazi kuchli oksidlovchi bo‘lib NO2 gazini polimerlanishidan hosil bo‘ladi. N2O5 gazi ham turg'un emas, bu gaz ham oksidlovchi bo ‘lib ishlatilishi mumkin.
Hozirgi kunda azot oksidli chiqindi gazlarni zararsizlantirish uchun absorbsion, adsorbsion va katalitik usullar qo‘llaniladi.
|