Yonish jarayonini boshqarish orqali azot oksidlarining atmosferaga tashlanishini kamaytirish




Download 468,58 Kb.
bet4/9
Sana20.11.2023
Hajmi468,58 Kb.
#101774
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ATMOSFERA HAVOSINI AZOT OKSIDLARIDAN TOZALASH

1.3. Yonish jarayonini boshqarish orqali azot oksidlarining atmosferaga tashlanishini kamaytirish
Yoqilg'ini yoqish texnologik siklining so'ngida gaz tozalash qurilmasini o'rnatish bilan birga yonish jarayonida azot oksidlarining hosil bo'lish miqdorini kamaytiruvchi qator rejim va texnologik tadbirlar ham o'ta samarali hisoblanadi. Ushbu tadbirlarga:
– havoning past koeffitsientda berish bilan yoqish (a-alfa);
– tutun gazlarini yonish zonasida reserkulyatsiya qilish;
– yoqilg'ini ikki yoki uch bosqichda yoqish;
– NOx chiqishini kamaytiruvchi yondirgichlarni qo'llash;
– yonish zonasiga namlik uzatish;
– yondirish kamerasidagi nurlanishni intensivlashtirish;
– NOx ning chiqishi kam bo'ladigan yondirish kamerasining shaklini tanlash.
Ta’kidlash lozimki, ko'rsatilgan tadbirlar havo azotidan NOx ning hosil bo'lishini ma’lum bir darajada bostiradi, lekin yoqilg‘i tarkibidagi azotdan NOx hosil bo'lishini to'xtatib bo'lmaydi.
Yonish jarayonida havo azotini kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyasi natijasida NOxni hosil bo'lishi mumkin, bunda uglerod radikallarini va yoqilg'i (ko'mir, mazut) tarkibida bog'langan azot ishtirokida ham hosil bo'ladi.
Tutun gazlarini resirkulatsiyasi azot oksidlarining ajralishini kamaytiruvchi ancha keng tarqalgan va yaxshi o'zlashtirilgan usullaridan biridir. Havoni ortiqchalik koeffitsienti 1,03 da resirkulatsiyalanuvchi gazlarini puflanadigan havoga berilishi ajralayotgan NOx ning miqdorini uning boshlang'ich ko'rsatkichidan 50% ga kamaytiradi, yondirgich atrofida halqasimon kanal orqali berilishi 75% gacha, 85% gacha kamaytiradi.

1.1-rasm. Azot oksidlarini hosil bo’lishini kamaytirish usullari: a – tutun gazlarini yonish zonasiga reserkulyatsiya qilish darajasi va berilish yo’liga qarab azot oksidi konsentratsiyasini pasayishiga ta’siri (1 – gazlarni sovuq voronka orqali berish; 2 – ostdagi yon teshik (shlitsa) lar orqali berish; 3 – yondirgich ostidagi teshik (shlitsa) lar orqali berish; 4 – ikkilamchi havo yondirgich (gorelka) lari orqali berish; 5 – gazni barcha havo bilan yondirich (gorelka) lar orqali berish); b – yoqilg’ini ikki bosqichli yoqish sxemasi (1 – yoqish kamerasi; 2 – barcha yoqilg’i va nazariy kerakli havoning 85 % berilayotgan yondirgichlar; 3 – nazariy kerakli havoning 21 % berilayotgan shlitsalar).
Yonilg'ini ikki va ko'p bosqichli yoqish – yondirish rejimini boshqarishning samarali usullaridan biridir va shu bilan bir qatorda hosil bo'lgandan azot oksidlarining miqdorini radikal kamaytiruvchi usullardan biridir. Usulning mohiyati shundaki, bunda yoqilg'ini birlamchi yonish zonasiga nazariy berilishi lozim bo'lgan (a = 0,7 – 0,95) ga nisbatan kam beriladi, natijada mash’ala zonasida haroratning, atomar va molekular kislorod miqdorini va azot oksidlarining hosil bo'lish tezligini kamayishi kuzatiladi.
Birlamchi zonada harorat shunchalik pasayadiki, natijada so'nggi, kislorod ortiqchaligida yonish bosqichi nisbatan past haroratda boradi, oqibatda ikkilamchi zonada azot oksidlari umuman hosil bo'lmaydi.
Tabiiy gazni ikki bosqichda yoqish natijasida azot oksidlarini qozon quvvatiga bog'liqligidan 40–50% ga, mazutni yoqishdan 20–50% ga, ko'mir changini yoqishdan esa 20–40% ga barqaror kamayishiga erishiladi. Yoqilg'ini ikki bosqichli rejimda yoqish va tutun gazlarini reserkulatsiya qilishni birgalikda olib borish gaz va mazut ishlatilganda hosil bo'layotgan NOx ni 70-90% ga, ko'mir ishlatilganda 55–60% ga miqdori kamayishiga olib keladi.
Yondirgich atrofida furma orqali yetishmayotgan havoni berish bilan ikki bosqichli yondirishda ba’zida yonish sifatini yomonlashtiradi va bir qator hollarda qozon devorlarini furma bilan to‘silgani uchun ishlatilmasligi mumkin.

1.2-rasm.. Nostexiometrik yoqish:
a – balanssiz havo; b – balanssiz yoqilg’i; c – balanssiz yoqilg’i va havo (kombinatsiyalangan).
Ushbu hollarda maxsus yondirgichlarning ishlatilishi mash’al yadrosida harorat pasayishiga yoki uni boshqarish imkonini beradi, bu ham qizigan bug'ning haroratini boshqarish imkonini bergani uchun, ham da ishlatilayotgan qurilm ada yonish sifatini tushirmasdan uning ishonchliligini oshirilishi uchun qiziqish uyg 'o tad i. Sobiq Ittifoqda 1960-yillarda bir qancha yondirgichlarning konstruksiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ikki bosqichli yondirish yoki mash’alni yondirish kamerasining uzunligi bo'yicha cho'zdirish tizimiga yaroqli edi.
Azot oksidlarining hosil bo‘lishini kamaytirish uchun yonish zonasiga suv bug‘ini berish yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, yonish zonasida suv molekulalarining mavjud bo‘lishi NOx ni hosil bo‘lish jarayonini nafaqat sekmlashtiradi, balki mash’al yadrosida haroratni ham pasaytiradi, bu o‘z o‘rnida azot oksidlarining chiqishini yana kamaytiradi.

Download 468,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 468,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yonish jarayonini boshqarish orqali azot oksidlarining atmosferaga tashlanishini kamaytirish

Download 468,58 Kb.