|
Maktab kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish. Rahmonova Umida toshpulatovna
|
bet | 1/3 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 102 Kb. | | #265692 |
Bog'liq Maqola
Maktab kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish.
Rahmonova Umida toshpulatovna
Raxmanova4302@gmail.com.
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Annotatsiya. Kimyo darslarida ekologik ta’lim - tarbiya berishning ahamiyati, atrof-muhitni zararlantiruvchi omillar, kimyo sanoatining ekologiyasi, atmosfera havosining ifloslanishi.
Kalit so’zlar:Global muammo,ekologik tarbiya,yuqumli va yuqumsiz kasalliklar,is gazi,gugurt,bertole tuzi,shisha,oltingugurt,toshko’mir,tabiiy gaz,oxaktosh,fotosintez.
Аннотатция:Экологическое образование на уроках химии - значение образования, факторы, наносящие вред окружающей среде, экология химической промышленности, загрязнение атмосферного воздуха.
Ключевье слова: Глобальная проблема, экологическое образование, инфекционные и неинфекционные заболевания, углекислый газ, сера, бертоловская соль, стекло, сера, уголь, природный газ, известняк, фотосинтез.
Annotation: Environmental education in chemistry lessons - the importance of education, factors harmful to the environment, ecology of the chemical industry, air pollution.
Key words: Global problem, environmental education, infectious and non-infectious diseases, carbon dioxide, sulfur, Berthol salt, glass, sulfur, coal, natural gas, limestone, photosynthesis.
Yer sharida sodir bo’layotgan tabiiy ofatlar asosan insonning tabiatga shavqatsiz munosabatda bo’lishining fojeali oqibatlari natijasi ekanligini barchamiz juda yaxshi bilamiz.Hayotiy jarayonlar oqibatida paydo bo’layotgan millionlab tonna chiqindilar,insonlar va hayvonlar uchun o’ta xavfli hisoblangan:is gazi,azot oksidi,sulfat angidridi va boshqa kimyoviy moddalar atmosfera va biosfera havosini ifloslantiradi.XXI asrning eng global muammolaridan biri- aholi yashayotgan turar joylar havosining zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishidir.Zararlanishning 65-70% sababchisi zaharli moddalar saqlagan metallurgiya sanoati,avtomobil transporti,xazon va boshqa chiqindilarning yoqilishi hisoblanadi.Bu zaharli moddalar esa atmosfera havosidan foydalanuvchilar ya’ni,nafas oladigan tirik organizmlar,eng asosiysi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatib,organizmda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Jumladan,nafas yo’llari, qon-tomir xastaliklarining kuchayishiga,to’qimalar faoliyatining buzilishiga,teri,oshqozon-ichak va ko’z xastaliklarining umuman olganda aholi o’rtasida yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning tarqalishiga sabab bo’lmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish - bugungi kunning eng asosiy muammolaridan biridir. Jamiyat va tabiat, inson va atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlarni ongli ravishda boshqargandagina ekologik muvozanatga erishiladi. Bu munosabatlar mohiyatini o’quvchilar ongiga to’g’ri yetkaza olish, ularning tabiatga bo’lgan munosabatini ongli ravishda amalga oshira bilishga o’rgatish ekologik ta’limning asosiy negizidir. O’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berishda kimyo va biologiya o’qituvchlari muhum rol o’ynaydi. Kimyo darslarida uni amalga oshirishda tabiatning bir butunligi va uning o’zaro aloqadorligiga, inson faoliyati ta’sirida tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi masalalarga alohida et’ibor beriladi. Buning uchun o’quvchilar ongida yangicha ekologik tafakkurni shakllantirish, bu ishda samarador tashkiliy ishlarni qo’llash- milliy tarbiyani tizimi oldiga qo’yilgan hayotiy muammolardandir.Maktab ta’limida kimyo darslarida o’quvchilarga turmushdagi bunday holatlarni kimyoviy nuqtai nazardan tushuntirsak,ularda amaliy ko’nikmalar shakllanadi.
|
| |