|
Maktab kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim tarbiya berish. Rahmonova Umida toshpulatovna
|
bet | 2/3 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 102 Kb. | | #265692 |
Bog'liq Maqola1-tajriba:Gugurtning yonishi.
Gugurt asosan yondirgich sifatida ishlatiladi.Uning tarkibi qizil fosfor,bertole tuzi,shisha,oltingugurt va yelimdan iborat.Gugurt qutisi yonida qizil fosfor,Sb2S3,Fe2O3 va yelim bor.Gugurt chaqilganda kechadigan reaksiya:
6P+6S+7KClO3=3P2O3+7KCl+6SO2
2-tajriba:Oshxonalarda toshko’mir va tabiiy gazning yoqilg’I sifatida ishlatilishi.
a)ko’mir yonganda: 2C+O2=2CO Is gazi hosil bo’ladi.O’ziga xos o’tkir hidli,to’liq yonsa,2CO+O2=CO2 hosil bo’ladi.Masalan,1 kg toshko’mirda 2% atrofida oltingugurt bo’lsa,yonilg’I yonishi uchun 10m3 havo (kislorod) kerak bo’ladi. Havo tarkibiga,toshko’mir yonishi natijasida 20gr oltingugurt havoga shimiladi.Toshko’mirning yonishidan ko’p miqdorda (35-40%) chiqindi paydo bo’ladi va atmosfera havosiga tashlanadi.Shuningdek,bir tonna toshko’mir yoqilganda 200 kg atrofida kul tushadi,undan 160 kg havoga uchib ketadi.
b)tabiiy gaz yonganda:CH4+2O2=CO2+2H2O.
3-tajriba:temirdan yasalgan buyumlarning ochiq havoda zanglashi.
4Fe+6H2O+3O2=4Fe(OH)3
4- tajriba:ohaktoshdan so’ndirilmagan ohakning olinishi va undan qurilishda foydalanish.CaCO3-CaO-Ca(OH)2-CaCO3
a)CaCO3=CaO+CO2
b)CaO+H2O=Ca(OH)2
s)Ca(OH)2+CO2=CaCO3
5- tajriba:o’simlik bargida kechadigan kimyoviy fotosintez jarayoni.
6CO2+6H2O=C6H12O+6O2
Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaviy tadbirlar o’zining mazmunan boyligi, tashkiliy shakllarining serqirraligi bilan ajralib turadi. Biz bu o’rinda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaning ayrim samarador shakllari xususida fikr yuritishni lozim deb topdik. Bundan ko’zlangan maqsad sinf va to’garak rahbarlarini, tarbiyachilarni aniq uslubiy tavsiyalar bilan qurollantirishdan, samarador tashkiliy shakllarning tarbiyaviy jarayondagi o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berishdan, ekologik tarbiyani tashkil etishda sezilarli siljish yasashga turtki bo’ladi. Ekologik to’garaklar, o’quvchilarni mahalliy ekologik vaziyat bilan kengroq tanishtirish, ularni vujudga kelgan keskinlikni bartaraf etishda ishtirok etish istiqbolini ochadi. Kimyo zavodlarning atrof-muhitga chiqaradigan chiqindilari, havo havzasini ifloslantiradigan gazlar va ularning inson salomatligiga, tirik jonzod va o’simliklar dunyosiga ta’sirini o’rganishga to’g’ri keladi. Kislorod, oltingugurt, azot, fosfor, mineral o’g’itlar mavzulari o’tilganda, zavodning atrof-muhitni ifloslantirayotgan chiqindilari va zaharli gazlarga alohida to’xtalib o’tish kerak. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaviy tadbirlar o’zining mazmunan boyligi, tashkiliy shakllarining serqirraligi bilan ajralib turadi. Biz bu o’rinda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaning ayrim samarador shakllari xususida fikr yuritishni lozim deb topdik. Bundan ko’zlangan maqsad sinf va to’garak rahbarlarini, tarbiyachilarni aniq uslubiy tavsiyalar bilan qurollantirishdan, samarador tashkiliy shakllarning tarbiyaviy jarayondagi o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berishdan, ekologik tarbiyani tashkil etishda sezilarli siljish yasashga turtki bo’ladi. Ekologik to’garaklar, o’quvchilarni mahalliy ekologik vaziyat bilan kengroq tanishtirish, ularni vujudga kelgan keskinlikni bartaraf etishda ishtirok etish istiqbolini ochadi. Natijada o’quvchilardan tabiatga, o’simliklar dunyosiga va butun tirik mavjudodlarga bo’lgan qiziqishi va havaslari ortib boradi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki,tabiat insonlarning barcha moddiy va ma’naviy,ruhiy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir.Shunday ekan,tabiat bizga emas,biz tabiatga muhtojligimiz haqida o’quvchilar ongida yangicha ekologik tafakkurni shakllantirishimiz,tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish barchamizning muqaddas va konstitutsiyaviy burchimiz ekanligini tug’ri yetkaza olishimiz lozim.Zero,ona tabiat ajdodlardan qolgan meros emas,balki avlodlardan olingan va kelajak uchun qoldirishimiz zarur bo’lgan boylikdir!
|
| |