XXI asr koʻnikmalari, turlari va 4K modeli haqida tushuncha
Reja:
1.
XXI asr koʻnikmalari va turlari haqida umumiy tushuncha
2.
4K modelining izohi va xususiyatlari
3.
Informatika va axborot texnologiyalari darslarida 4K modelidan
foydalanish
Tayanch so‘zlar:
XXI asr ko‘nikmasi, 4K modeli,
kollaboratsiya,
kommunikatsiya, kritik fikrlash, kreativ fikrlash,
ijodkorlik, savodxonlik, XXI
asrda muvaffaqiyatga erishish standartlari.
1. XXI asr koʻnikmalari va turlari haqida umumiy tushuncha.
XXI asr ko‘nikmalari (21CS) hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab ta’lim
tizimlarida ta’lim maqsadlari sifatida mustahkam o‘rnashgan, ammo ularning
o‘qitish va baholash amaliyotida amalda qo‘llanilishi ortda qolmoqda. To‘g‘ri
javob berishdan ko‘ra, qanday qilib javob olishni birinchi o‘ringa qo‘yadigan
ushbu o‘quv maqsadlari ta’lim tizimlari oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda va
bunga yangi yechimlar izlanmoqda.
Kelgusi avlod kelajakda hatto, bugungi kunda mavjud bo‘lmagan
kasblarda
ishlaydi. O‘quvchilarga nimani o‘ylashni emas, qanday o‘ylashni o‘rgatishga
ularni tayyorlash ta’limning oldida turgan bugungi kun talabidir. Shu sababli,
ta’lim tizimlari o‘quvchilarning o‘z bilimlarini qo‘llash zarurligiga tobora ko‘proq
e’tibor qaratayotgani sababli, 21CSga e’tibor kuchaydi. Ta’limda o‘quvchilarda
21CS ning shakllanganligi nisbatan kam baholagan.
Hozirda biz buni baholashga qay darajada erishayapmiz? Javobi oddiy: biz
bunga deyarli erishmayapmiz. XXI asr ko‘nikmalari nima?
Ular XXI asrda
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan muhim hayotiy ko‘nikmalardir. XXI
asr ko‘nikmalari bilimlar iqtisodiyotida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalardir.
Bu ko‘nikmalarning barchasi yuqori darajadagi fikrlashga asoslangan. Bu
ko‘nikmalarni qanday qilib egallash va eng muhimi bu ko‘nikmalarga
erishilganligini qanday qilib baholash mumkin? Buning uchun XXI asrda
muvaffaqiyatga erishish uchun mavjud bo‘lgan malaka standartlarini (21st
Century Success Skills Standarts, 21CSSS) ko‘rib
chiqishimiz lozim, chunki bu
malaka standartlaridan baholash uchun me’zonlarni aniqlashtirib olishda
foydalanish mumkin.
Bu standartlar o‘quvchilarning maktabdan ishga (ish faoliyatiga)
muvaffaqiyatli o‘tishlari uchun zarur bo‘lgan
asosiy shaxsiy fazilatlar, bilim va
ko‘nikmalarga qaratilgan.
XXI asrda muvaffaqiyatga erishish uchun beshta standart mavjud
bo‘lib, ular: