• boshqa odamlarning fikrini tinglashni o‘rganish;
• o‘zining ijobiy obrazi shakllanishini ta’minlash;
• o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifodalash amaliyoti;
• taqdim etish, qabul qilish va qayta
aloqani aks ettirish amaliyoti;
• o‘z fikrlari va mulohazalarini aniq dalillash amaliyoti;
• katta va kichik jamoada boshqalar bilan ishlash amaliyoti.
Jamoaviy ishlash ko‘nikmasi:
• umumiy maqsadlarni o‘z maqsadidek qabul qilish qobiliyati,
ularga erishish
uchun birgalikda harakat yo‘nalishini qurish qobiliyati;
• ijtimoiy o‘zaro ta’sir, ya’ni umumiy maqsadlarni muhokama qilish, muzokaralar
olib
borish,
o‘z harakatlarini boshqa odamlarning harakatlari bilan
muvofiqlashtirish;
• o‘z rejalari va g‘oyalarini amalga oshirish uchun yetakchilik ko‘nikmalarini va
o‘z jamoasini shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish;
• o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish;
• mustaqillik va avtonomiya va tashabbuskorlik.
4. Fanni o‘qitishda, sinflar kesimida kritik (tanqidiy) va kreativ fikrlash
ko‘nikmasini rivojlantirishning zamonaviy strategiyalari va metodlaridan
foydalanish.
PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan davlatlar
ta’limida o‘quvchilarda "4K"ni o‘z ichiga olgan muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik
kabi ko‘nikmalarga alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro
reytinglarda katta natijalarga erishishyapti.