• maqsadlarni belgilash – erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni to‘g‘ri
shakllantirish, zarur ma’lumotlarni va
uning yetarliligini aniqlash, shu asosda
mustaqil xulosalar
chiqarish qobiliyati;
• o‘zini boshqara bilish – o‘z-o‘zini tekshirish, xulosalarni tuzatish va mulohaza
yuritish (refleksiya);
• modellashtirish – amaliy vaziyatni sifatli tahlil qilish
va vazifalarni hal qilish
uchun vaziyatni mavhum modeli bilan almashtirish qobiliyati;
• o‘rganilayotgan predmetga turli nuqtayi nazardan qarash amaliyoti;
• kuzatish va o‘lchovlarni rejalashtirish va amalga oshirish amaliyoti;
• muammolarni hal qilish malakalarini rivojlantirish;
•
dalillarni ajrata olish, ularni shakllantirish va baholash qobiliyati;
• strategik fikrlash.
Kreativlik (Ijodkorlik) ko‘nikmasi:
• qiziquvchanlik – tevarak-atrofdagi olamga qiziqish va u haqida ko‘proq bilishga
intilish, dunyo obyektlari o‘rtasidagi sabab-natija munosabatlarini aniqlash,
axborotni mustaqil izlash va o‘z savollariga
javob topish qobiliyati;
• tasavvur – ko‘plab original va nostandart g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyati;
• optimallashtirish – maqsadga tez va samarali erishish uchun bir nechta usullarni
solishtirish qobiliyati;
• g‘oyalarni rivojlantirish – g‘oyalarni turli
nuqtayi nazardan baholash, ularning
kuchli
va zaif tomonlarini izlash, o‘zgaruvchan sharoitlarda va yangi
ma’lumotlarning paydo bo‘lishida o‘z faoliyatini tezda qayta qurish qobiliyati.