|
Получение водорода в промышленности и его применение Химия 8 класс
|
bet | 1/5 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #261688 |
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA - O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
- MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
-
- KIMYO KAFEDRASI
-
- Polietilenning qiyin yonuvchanligini oshirishda antipiren nanozarrachaning sinergezm ta’sirini o‘rganish
- 5A140503 – «Neft va tabiiy gaz kimyosi»
- Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
- DISSERTATSIYA
-
Kirish - O’zbekistonda kimyo sanoatining istiqboli kattadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida Polimer mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha respublikamiz tutgan muhim o’rinni ta’kidlab o’tdi. Jumladan, “Polimer mahsuloti bo’lgan g’oyat qimmatli yarim tayyor mahsulot kaprolaktamni ko’p sohalarda qo’llanilishini hisobga olib , uni chuqur qayta ishlashni bevosita respublikamizning o’zida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Kaprolaktamni qayta ishlash chog’ida avtomabilsozlik va samalyotsozlikda hamda ishlab chiqarish –texnika mahsulotlari chiqaradigan bir qancha boshqa tarmoqlarda foydalaniladigan turli konstruktsion plastmassalar olish mumkin. Kaprolaktamdan idish va o’rov materiyallari ishlab chiqarish uchun plenka holidagi poliamidlar ham olish mumkin. Xom ashyo zaxiralaridan yanada to’laroq foydalanish maqsadida respublikada ishlab chiqarilayodgan kaprolaktamning kamida 70-80%ni qayta ishlay oladigan quvvatlarni vujudga keltirish vazifasi asosiy maqsadlarimizdan biri” ekanligini alohida e’tibor bilan aytib o’tdilar.
- Polimerlardan buyim tayorlashdan avval ularga texnologik jarayon va ekologik talablarga javob beradigan polimerlarni tabiatiga mos, buyimni turi va sifatlariga to‘g‘ri keladigan turli qo‘shimchalar kiritiladi. Polimerlarni zichlashtirish, ekstruziyalash, yani sitib chiqarish, bosim ostida quyish kabi usullarda qayta ishlashda ularga qo‘shimchalar, yordamchi moddalar va ba’zida boshqa polimerlar ham qo‘shiladi. Bunday aralashmalar polimer kompozitsion materiallar (PKM) deb ataladi, va ular polimer materiallarning yangi katta sinfini tashkil qiladi. Bu aralashmalar ikki yoki ko‘p fazali sistemalar bo‘lib, o‘z tarkibida asosiy yoki uzluksiz faza sifatida organik polimerlarni tutadi. Boshqa faza to‘ldiruvchini tashkil qiladi. Hozirgi zamon amaliyoti polimer komozitsion materiallarni avvalgi an-anaviy materiallarga nisbatan arzonligini ko‘rsatmoqda. Transport va energetikada qo‘llaniladigan materiallarning metal qismini PKMlarga almashtirish ularni yengillashtirishga, yoqilg‘i va elektir energiyasini tejashga yordam beradi. PKMlarni mashinasozlikda, texnikada elektir-energiyasi va boshqa sohalarda qo‘llash ko‘pgina tanqis metallar: titan, kobalt, nikel, xrom, molebden, volframlarni tejashga va ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini kamaytirishga, materiallardan unimliroq foydalanishga imkon beradi. Polimerlarga qo‘shimcha moddalar qo‘shishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi: materialni fizik va mexanik yoki elektir xossalarni yaxshilash; issiqlik va yorug‘lik ta’siriga bardoshliligini oshirish; materiallarni tan narxini kamaytirish; tashqi ko‘rinishi ya’ni rangini yoki boshqa optik xossalarini o‘zgartirish; qayta ishlash jarayonini osonlashtirishdan iboratdir.
- Polimer kompozitsion materiallar noyob xususiyatga ega bo‘lganligi uchun qurilish materiallarni ishlab chiqishda, unga o‘xshash an’anaviy materiallarni topish qiyin bo‘ladi. Polimer kompozitsion materiallarni transport va sanoatning turli sohalarida, maishiy xizmat sohalarida qo‘llanilishi ularga bo‘lgan talabni oshishiga sabab bo‘lmoqda.
- Plastmassalarning turli-tumanlik xususiyatlarini aniqlash orqali, polietilendan sanoatda keng foydalaniladi. Ushbu xom-ashyoni ishlab chiqarishga qo‘llashdan oldin uning zaxirasi va qayta ishlash usulining soddaligi, tanlash sohasining kattaligi bilan hamda xom-ashyo qiymatini nisbatan pastligi bilan aniqlanadi. Polimerlardan polietilen plyonkalarni ishlab – chiqarish orqali, sanoatning barcha sohalarda polimerlarga bo‘lgan talab oshib bormoqda.
- Qurilishda ishlatiladigan kompozitli plyonkali materiallarga talabning ortishi, oldimizga polimer kompozitsiyalarni fizik-kimyoviy xossalarini to‘liq o‘rganishni maqsad qilib qo‘ydi.
- Hozirgi kunda O‘zbekistonda qurilish - ta’mirlash ishlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Ko‘p qavatli uylar, ishlab-chiqarish korxonalari va zavodlarni qurishda temperaturaga chidamli, uzoq vaqt ishlatish mumkin bo‘lgan polimer qoplamalarga bo‘lgan talabning oshishiga sabab bo‘lmoqda.
- Binolarni kapital ta’mirlashda va qurilishda 40% dan ortiq ishlatiladigan qurilish mahsulotlari yengil, temperaturaga chidamli va mustahkam polimer material hisoblanadi. Jahon standartlariga mos va sifatli binolarni qurishda qiyin yonuvchan, temperaturaga chidamli, yengil va yuqori mustahkamlikka va qiyin yonuvchan polimer kompozitsion materiallarni olish dolzarb bo‘lib, qiyin yonuvchi kompozitsion materiallar bo‘lgan talab oshib bormoqda.
|
| |