• Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi
  • Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari




    Download 1,93 Mb.
    bet2/5
    Sana08.06.2024
    Hajmi1,93 Mb.
    #261688
    1   2   3   4   5

    Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari

      • Magistrlik dissertatsiyasining amalga oshirishdan asosiy maqsad SHo‘rtangazkimyo majmuasida ishlab chiqariladigan chiziqli polietilenning termik xossalarini ya’ni termik barqarorligini oshirish va yonuvchanligini kamaytirish maqsadida montmorillonit,alyuminiy oksidi va alyuminiy (III)-gidroksid to‘ldiruvchilarni qo‘shish orqali polimer kompozitsion material olish va ularning sinergizm ta’sirini o‘rganishdan iboratdir.
      • Magistrlik dissertatsiyasining oldiga qo‘ygan vazifalari. Oldimizga qo‘yilgan maqsadni yechish uchun quyidagi vazifalarni bajardik:
      • - Kalandrlash usuli yordamida qiyin yonuvchi polietilen plyonkasini, chiziqli polietilen va montmorillonit, alyuminiy oksidi, alyuminiy (III)-gidroksid antipirinlardan foydalanib olishning qonuniyatlari va texnologiyasi yaratildi va olingan polimerni sinergizm ta’siri o‘rganildi.
      • -chiziqli polietilen, maleinoviy angidirit ishtirokida kompozitsion material olish va montmorillonit kationogin sirt faol modda bilan modifikatsiyalash;
      • - chiziqli polietilen va montmorillonit asosida olingan kompozitsion polimer material formalashning maqbul sharoitlari aniqlash;
      • - zamonaviy usullar yordamida alyuminiy oksid, alyuminiy (III)-gidroksidi va polietilendan polimer kompozitsion materiallar olishning o‘zaro ta’sir mexanizmi va tuzilishi o‘rganish.
      • - birlamchi, ikkilamchi polietilen va montmorillonit, alyuminiy oksid, alyuminiy (III)-gidroksididan olinadigan modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan polimer materiallarni fizik- kimyoviy va mexanik xossalarini aniqlash.

    Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi

    • Polietilendan tayorlangan polimer materialning turli xil to‘ldiruvchilar va alyuminiy oksid, alyuminiy (III)-gidroksid, montmorillonit kationogin sirt faol modda ishtirokidagi yangi kompozitsion polimer materiallar birinchi maratoba olindi. Olingan kompozitsion materiallar ichida alyuminiy oksidi va alyuminiy (III)-gidroksid ishtirokida olingan polimer kompozitsion polimer materialining termik barqarorligi eng yuqori bo‘lishi va yonuvchanligi pastligi aniqlandi.
    • Olingan 10% li antipirin (alyuminiy oksidi, alyuminiy gidroksid, montmorillonit)li qiyin yonuvchan PE/AO, PE/AG va PE/MMT kompozitsiyalarni kislorod konsentratsiyasi 25% bo‘lganda 71%gacha yonuvchanligi va 15% ga deformatsiyalanuvchanligi kamayganligi aniqlandi.
    • Olingan 15% li antipirin (alyuminiy oksidi, alyuminiy gidroksid, montmorillonit)li qiyin yonuvchan PE/AO, PE/AG va PE/MMT kompozitsiyalarni kislorod konsentratsiyasi 25% bo‘lganda 82%gacha yonuvchanligi va 20 % ga deformatsiyalanuvchanligi kamayganligi aniqlandi.
    • Olingan 20% li antipirin (alyuminiy oksidi, alyuminiy gidroksid, montmorillonit)li qiyin yonuvchan PE/AO, PE/AG va PE/MMT kompozitsiyalar kislorod konsentratsiyasi 25% bo‘lganda 90%ga yonuvchanligi va 25% ga deformatsiyalanuvchanligi kamayganligi aniqlandi.
    • Birinchi marotaba Shurtangaz kimyo majmuasi chiqindisi alyuminiy oksiddan antipiren alyuminiy gidroksidini olish texnologiyasi ishlab chiqildi va uni ishlab chiqarishga polietilen alyuminiy gidroksid qiyin yonuvchan kompozit sifatida ishlatish tavsiya etildi.
    • Magistrlik dissertatsiyasining bajarish natijasida termik barqror va qiyin yonuvchan PE/AO, PE/AG va PE/MMT yangi kompozitsion polimer materiali olindi va uning sinergizm ta’siri o‘rganildi.
    • Antipirenlar qo‘shish orqali qiyin yonuvchan va termik barqaror polietilenning tan narxini 600 sumdan 450 sumga arzonlashtirishga erishildi.
    • Tadqiqot obyekti va predmeti:
    • Tadqiqot obyekti Shurtan gaz kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqarishda adsorbent va Siglera-Natta katalizator sifatida ishlatilgan chiqindi alyuminiy oksidi, tabiiy mineral montmorillonit va Shurtan gaz kimyo majmuasida past bosimda olingan polietilendan iborat.
    • Tadqiqot predmeti Shurtan gaz kimyo majmuasi chiqindisini qayta ishlab olingan antipirin alyuminiy oksidi, alyuminiy (III)-gidroksidni va montmorillonitni past bosimda olingan polietilenga qo‘shib qiyin yonuvchan PE/AO, PE/AG va PE/MMT kompozitsiyasini olish va sinergizm ta’sirini o‘rganishdan iboratdir.
    • plastikorder Brabendera
    • Avtoklav

    Download 1,93 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari

    Download 1,93 Mb.