EKSPORT QILUVCHI KORXONALARNI RAG"BATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH VA RAQOBATBARDOSH MAHSULOTLARNI EKSPORTGA ETKAZIB BERISHNI KENGAYTIRISH BORASIDA QO"SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA
Ta'kidlash joizki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash va eksport mahsulotlari ishlab chiqarish ko'paytirilishini rag'batlantirish maqsadida imtiyoz va afzalliklarning kompleks tizimi yaratildi. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Buning natijasida, jahon bozorlaridagi kon'yukturaning sezilarli o'zgarishlariga qaramay, oxirgi 5 yil ichida mahsulotlar eksporti 1,67 barobar o'sdi, uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish ta'minlanmoqda — eksport umumiy hajmida tayyor mahsulotlarning ulushi 68,5 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Tovarlarni eksportga etkazib berishda rasmiylashtirish tartibotlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiyalash, sertifikatlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining boshqa tartibotlari bir vaqtning o'zida amalga oshirilishini ta'minlaydigan «bir darcha» tamoyili bo'yicha eksport bitimlarining bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Eksport qiluvchi korxonalarga, birinchi navbatda, kichik biznes sub'ektlariga mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish masalalarida ko'maklashish bo'yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tashkil etildi.
Shu bilan birga, tan olish joizki, qurilish materiallari, oziq-ovqat, charm-poyabzal, tikuvchilik, chinni-fayans, farmatsevtika, mebelь, elektrotexnika sanoati kabi tarmoqlarda eksport hajmi oshmayapti. Eksport mahsuloti ishlab chiqarish bilan deyarli shug'ullanmayotgan korxonalar faoliyat ko'rsatishda davom etmoqda.
Bu, birinchi navbatda, ko'pchilik korxonalar rahbarlarining fikrlash doirasi torligi va noqobilligi, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ularni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mahsulot sotish bozorlarini izlash rejalarining mavjud emasligi bilan bog'liq.
Oxir oqibatda — bu Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan haqiqiy raqobatni shakllantirish va rivojlantirish hamda imtiyoz va bojxona afzalliklari tizimidan to'g'ri foydalanish masalalariga etarlicha e'tibor qaratilmaganligi natijasidir. Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportga etkazib berish hajmi va turlarini ko'paytirish, raqobatbardosh, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag'batlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda ko'maklashish maqsadida:
1. Respublikada eksportga mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishni rag'batlantirish maqsadida eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga muvofiq soliq imtiyozlari va afzalliklari tizimi yaratilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi mutaxassislarini jalb etgan holda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari U.U. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Rozuqulov boshchiligida Maxsus ekspert komissiyasini tashkil etsin.
Maxsus ekspert komissiyasi (U.U. Rozuqulov) uch oy muddatda eksportga mahsulot ishlab chiqarmaydigan va ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilish masalalari bilan shug'ullanmaydigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ro'yxatini ko'rib chiqsin, ularning ushbu masala bo'yicha rezerv va imkoniyatlarini o'rgansin hamda Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun zarur takliflarni kiritsin.
Vazirlar Mahkamasi o'z majlisida ushbu masalalarni muhokama qilsin hamda respublikada eksportga etkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko'paytirish borasidagi ishlarning ahvolini tubdan yaxshilash bo'yicha ta'sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Eksportga mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish korxonalar rahbarlarining faoliyatini baholashdagi eng muhim mezonlardan biri sifatida ko'rib chiqilsin.
3. Sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o'tkazish korxonalarning eksportga etkazib berishga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish bo'yicha eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, «O'zstandart» agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ro'yxatini va ularning qanchasi xalqaro standartlarga muvofiqligi bo'yicha sertifikatlanganligini puxta o'rganib chiqsin hamda o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra Vazirlar Mahkamasiga sertifikatlangan mahsulotlar turlari miqdorini ko'paytirish bo'yicha aniq takliflar kiritsin.
4. Maxsus ekspert komissiyasiga (U.U. Rozuqulov) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ishlab chiqaruvchi korxonalari va tashqi savdo kompaniyalariga mahsulotlarni jahon bozorida real shakllangan narxlar bo'yicha, shu jumladan, tannarxidan past qiymatda eksport qilishga ruxsat berish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqish hamda o'z takliflarini Vazirlar Mahkamasiga ko'rib chiqish uchun kiritish huquqi berilsin.
5. Mahalliy tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalarga:
xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag'lari hisobidan O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar bo'yicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni etkazib berishga chet el valyutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;
O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan o'zida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni etkazib berishga to'g'ridan-to'g'ri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valyutada shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Belgilansinki, mazkur bandda ko'rsatilgan shartnomalar faqat xizmat ko'rsatayotgan vakolatli bankda hisobga qo'yilgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.
6. 2012 yil 1 apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari bo'yicha asosiy qarzni qaytarishga joriy to'lovlar bo'yicha yo'naltiriladigan valyuta tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom to'lab bo'linadigan muddatga qadar ozod qilinsin.
7. Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o'tkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini o'tkazish komplekslarini xarid qilishga yo'naltiriladigan mablag'larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to'lovi bo'yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tadbiq etilsin.
8. Tijorat banklariga eksport operatsiyalari bo'yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari bo'yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin.
9. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012 yil 26 martdagi PQ–1731-sonli qaroriga
ILOVA
Qonunchilikka muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlari va afzalliklari
RO'YXATI
1. Aktsiz to'lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aktsiz solig'i solinmaydi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda).
2. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nolь darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi (Soliq kodeksi, 212-modda). Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
3. Eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig'i va mulk solig'i stavkasi umumiy sotish hajmida o'zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog'liq holda kamaytiriladi:
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo'lganida — 30 foizga;
eksport ulushi 30 va undan ko'proq foiz bo'lganida — 2 marotaba.
(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–2613-sonli Farmoni).
4. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi:
umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha bo'lganida 30 foizga;
eksport ulushi 30 va undan ko'proq bo'lganida — 2 marotaba.
(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–2613-sonli Farmoni).
5. 2016 yil 1 yanvarga qadar respublikadagi o'z mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80 foizi va undan ortig'ini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan to'qimachilik sanoati korxonalari mulk solig'i to'lashdan ozod qilingan.
(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 martdagi «To'qimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ–1512-sonli qarori).
6. Tovar (ish, xizmat)larning barcha turlariga eksport bojxona bojlari va spetsifik tovarlardan tashqari boshqa tovar (ish, xizmat)lar eksportini litsenziyalash bekor qilingan.
(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–1871-sonli Farmoni).
7. Tovarlarni eksport qilishda to'lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlarining amaldagi stavkasiga qaraganda o'rtacha 2 marotabaga kamaytirilgan yangi stavkalari tasdiqlangan.
(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi «Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ–1604-sonli qarori).
8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar o'zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan.
(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–4354-sonli Farmoni).
|