O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV




Download 48 Kb.
bet2/2
Sana25.03.2017
Hajmi48 Kb.
#2566
1   2
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining


2012 yil 26 martdagi PQ–1731-sonli qaroriga
ILOVA


Qonunchilikka muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlari va afzalliklari

RO'YXATI


1. Aktsiz to'lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aktsiz solig'i solinmaydi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda).

2. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nolь darajali stavka bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i solinadi (Soliq kodeksi, 212-modda).

3. Eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig'i va mulk solig'i stavkasi umumiy sotish hajmida o'zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog'liq holda kamaytiriladi:

eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo'lganida — 30 foizga;

eksport ulushi 30 va undan ko'proq foiz bo'lganida — 2 marotaba.

(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–2613-sonli Farmoni).

4. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi:

umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha bo'lganida 30 foizga;

eksport ulushi 30 va undan ko'proq bo'lganida — 2 marotaba.

(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–2613-sonli Farmoni).

5. 2016 yil 1 yanvarga qadar respublikadagi o'z mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80 foizi va undan ortig'ini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan to'qimachilik sanoati korxonalari mulk solig'i to'lashdan ozod qilingan.

(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 martdagi «To'qimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ–1512-sonli qarori).

6. Tovar (ish, xizmat)larning barcha turlariga eksport bojxona bojlari va spetsifik tovarlardan tashqari boshqa tovar (ish, xizmat)lar eksportini litsenziyalash bekor qilingan.

(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–1871-sonli Farmoni).

7. Tovarlarni eksport qilishda to'lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlarining amaldagi stavkasiga qaraganda o'rtacha 2 marotabaga kamaytirilgan yangi stavkalari tasdiqlangan.

(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi «Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ–1604-sonli qarori).



8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar o'zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan.

(O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–4354-sonli Farmoni).

Download 48 Kb.
1   2




Download 48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Download 48 Kb.