• Avtomobil shinalarini ta’mirlashda ishlatiladigan rezinalar mexanik xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichlari Nomlanishi Uzilishdagi mustahkam
  • Yuklanish miqdori P ning (ruxsat etilgan
  • Rezinaning cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Rezinaning cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi deganda, rezina ma-
    terialning nisbiy uzunligining materialning dastlabki uzunligiga 
    nisbati tushuniladi. 
    Avtomobilning eng muhim rezina detallarini ta’mirlashda keng 
    qo‘llaniladigan uch turdagi rezina materiallarining ba’zi standart 
    ko‘rsatkichlari 10. 2- jadvalda keltirilgan. 
    10. 2-jadval
    Avtomobil shinalarini ta’mirlashda ishlatiladigan rezinalar
    mexanik xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichlari
    Nomlanishi
    Uzilishdagi 
    mustahkam-
    lik chegarasi
    MPa, kamida
    Uzilishda-
    gi nisbiy 
    uzayishi, %, 
    kamida
    Uzilishdagi
    qoldiq 
    uzayish, %, 
    kamida
    Shor 
    bo‘yicha 
    qattiqligi
    Protektor
    14
    450

    55–65
    Kamera
    9
    550
    40

    Ta’mirlash uchun 
    qatlamli rezina
    20
    500–850
    40
    kamida 
    45
    Rezina materialning nisbiy va qoldiq uzayishi birgalikda rezi-
    naning elastiklik xususiyatini tavsiflaydi. Nisbiy va qoldiq uzayish-
    lar orasidagi farq qanchalik katta bo‘lsa, rezina materialning elas-
    tiklik xususiyati shunchalik yaxshi bo‘ladi. 
    Kauchuk va rezinalar mexanik xossalariga ko‘ra elastik (egiluv-
    chan) jismlar va suyuqliklardan farq qiladi. Ular nisbatan kichik 
    kuchlanishlarda ham yuqori qator deformatsiya xususiyatiga ega 
    bo‘lgan yuqori molekulali birikmalardir. Bu xildagi deformatsiya 
    yuqori elastik deformatsiya, materialning o‘zi esa elastomerlar 
    deb ataladi. 
    Kauchuk va rezinalarda qaytar deformatsiya bilan bir qatorda 
    qaytmas deformatsiya ham mavjud. U qoldiq deformatsiya deb 
    ham yuritiladi. Qoldiq deformatsiyaning paydo bo‘lishi kauchuk 
    molekulasida ayrim qismlarning bir-biriga nisbatan o‘z joyini 
    o‘zgartirishi bilan tushuntiriladi. Kauchuk vulkanizatsiya qilin-


    250
    ganida (rezina hosil bo‘lishi), polimerning chiziqli uzun moleku-
    lalari bir-biri bilan mustahkam kimyoviy bog‘lar orqali birikadi va 
    o‘zaro erkin harakat qilish xususiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun 
    rezinada qoldiq deformatsiya keskin kamayadi. Shu sababli ko‘rsa-
    tilgan materiallarda qaytar va qaytmas deformatsiyalar nisbati har 
    xil bo‘ladi: kauchukda qaytmas deformatsiya ustunlik qilsa, rezina-
    da qaytar yuqori elastik deformatsiya ustunlik qiladi. 
    Barcha kauchuklarning vulkanizatlari (ebonitdan tashqari) 
    yuqori haroratlarda siljuvchanligi bo‘yicha tashqi ko‘rinishdan 
    metallarga o‘xshash bo‘ladi. Rezinaning yuklangan holatda bo‘li-
    shi natijasida qoldiq deformatsiya vujudga keladi. Rezina yukla-
    nish holatida qancha ko‘p muddat bo‘lsa, qoldiq deformatsiyaning 
    miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Natijada kuchli deformat-
    siyalangan detallar vaqt o‘tishi bilan o‘z shaklini va o‘lchamini 
    o‘zgartiradi va asl holatiga qaytmaydi. Bunday hollar yupqa de-
    vorli buyumlarda yana-da yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, toza 
    rezina va hatto armirlangan shlanglar uzoq muddat uyum holatida 
    saqlanganida ular ezilgan shaklga kiradi, shlanglar o‘tkir burchak 
    ostida bukilgan joylaridan qirqilib qoladi, ularni qayta tiklashning 
    imkoni bo‘lmaydi. 
    Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelish mum-
    kin: rezina detallarini uzoq muddat yuqori ishlovchanlik xususiya-
    tining saqlanishini ta’minlash uchun ularni saqlashda, shu ningdek, 
    avtomobillarni ishlatishda shunday sharoit yaratish ke rakki, bunda 
    detallarda hosil bo‘ladigan kuchlanish va deformatsiya mumkin qa-
    dar kichik bo‘lishi lozim. Detallarni saqlashda bunday sharoitlarni 
    yaratish nisbatan oson kechadi, avtomobillarni ishlatish jarayonida 
    esa nisbatan murakkab. 
    Misol sifatida muhim vazifalarni bajaruvchi va qimmatba-
    ho bo‘lgan avtomobil pokrishkalarining xususiyatlarini saqlash 
    bo‘yicha chora-tadbirlarga to‘xtalamiz. Avtomobil pokrishkalarini 
    saqlashda ularni ustma-ust taxlashga ruxsat etilmaydi. Ularni faqat 
    maxsus stellajlarga tik holda bir qator qilib joylashtirish lozim, shu 
    bilan birga, davriy ravishda (har 2–3 oyda) protektorning stellaj 
    poliga tegib turgan qismini almashtirib turish lozim. 
    251
    Avtomobillarda ishlatilayotgan pokrishkalarning yaxshi saqla-
    nishini ta’minlash uchun yuklanmagan avtomobilning bir joyda 
    to‘xtab turish muddati 10 kundan ortiq bo‘lmasligi (to‘la yuklan-
    gan avtomobil uchun 2 kun) lozim. Yuqorida keltirilgan muddat-
    lardan ortiq vaqt davomida avtomobil harakatsiz turadigan hollar-
    da avtomobilni pokrishkalari yerga tegmaydigan holatda bo‘lishi 
    ta’minlanadigan qilib maxsus tayanchlarga ko‘tarib qo‘yish lozim.
    Avtomobil ochiq havoda uzoq muddat turib qolganida uni 20–
    25 min davomida ko‘pi bilan 15 km/soat tezlik bilan yurgizish, ke-
    yin asta-sekin tezlikni oshirish zarur. 
    Shinalarni texnik ekspluatatsiya qilishda ularning ortiq yuk-
    lanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulardagi havo bosimini me’yorda 
    bo‘lishini ta’minlash lozim. Bu talablar nafaqat shinaning shakli 
    va o‘lchamlarini saqlashga qaratilgan, balki ularning ish muddati-
    ni kamaytirmaslikka (10. 1- va 10. 2- rasmlar), ulardan juda ko‘p 
    miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga (10. 6- va 10. 7- rasmlar) va 
    yonilg‘i sarfining ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. 
    10. 1- rasm. Yuklanish miqdori ning (ruxsat etilgan

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rezinaning cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish