• Rezina materiallar xususiyatlarining
  • yalash deyiladi.  Rezinaning yeyilishga chidamliligi




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    yalash deyiladi. 
    Rezinaning yeyilishga chidamliligi. Eskirishga turg‘unlik yoki 
    qarshilik atamalari rezina materiallariga nisbatan qo‘llaniladi, bu 
    atama ma’no jihatidan moylash jarayonida qo‘llaniladigan yeyi-
    lishga chidamlilik atamasiga mos keladi. 
    Ko‘pchilik rezina buyumlar – barcha turdagi pokrishkalar, trans-
    portyor lentalari va boshqalar ularni ishlatish paytida sirpanish 
    tufayli paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchi ta’sirida sirt qatlami 
    yeyiladi (ishga yaroqsiz holga keladi). Rezina buyumlarning ye-
    yilishga bo‘lgan qarshiligini oshirish (yeyilishga chidamlilik) rez-
    ina sanoatida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning puxtaliligini 
    oshi rishning asosiy shartlaridan biridir. 


    256
    Rezina buyumlarning yeyilishi sirpanish rejimida (transportyor 
    lentalari harakati) va dumalash rejimida (shinalar harakati) ro‘y 
    berishi mumkin. Ammo shinalarni ishlatish vaqtida dumalanish 
    ishqalanishidan tashqari sirpanish ishqalanishi ham hosil bo‘ladi 
    (masalan, transport vositalari tormozlanganida). Shunga asosan 
    yeyilishga chidamlilikni sinash ishlari yoki sirpanish rejimida, 
    yoxud sirpanuvchanlik bilan birga boradigan dumalanish rejimida 
    o‘tkaziladi. 
    Rezinaning yeyilishga chidamliligini aniqlash davlat standarti 
    talablari asosida maxsus МИ–2 jihozida aniqlanadi. Bu usul ning 
    mohiyati o‘zgarmas ma’lum tezlikda aniqlanayotgan diskning 
    abraziv yopishtirilgan yuzasiga o‘zgarmas normal kuch (32,5 kPa) 
    ta’sirida siqib qo‘yilgan namunalarni yedirishdan iborat. 
    Yeyilishga chidamlilik ko‘rsatkichi eskirishning solishtirma 
    ko‘rsatkichi deb ataladi va bu ko‘rsatkich vaqt birligi ichida sina-
    layotgan namuna hajmining kamayishi, ya’ni yeyilish miqdori bilan 
    ifodalanadi. Avtomobil pokrishkalari protektorlarini tayyorlashda 
    ishlatiladigan rezinalar uchun bu ko‘rsatkich: yengil avtomobillar 
    uchun 0,08 mm
    3
    /j va yuk avtomobillari uchun 0,14 mm
    3
    /j dan ortiq 
    bo‘lmasligi lozim. 
    Ishqalanish ishqalanayotgan sirtlarning yeyilishiga va ular 
    o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi. Ishqalanish – ishqala nish 
    koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi, ya’ni ishqalanish koeffitsiyenti 
    qanchalik katta bo‘lsa, ishqalanish jadalligi ham shuncha yuqori 
    bo‘ladi. 
    Ishqalanish koeffitsiyenti rezina tarkibi va u ishqalanadigan 
    abraziv material sirtiga bog‘liq. Ishqalanish va yeyilish turlariga 
    qarab yeyiluvchanlikning yoki unga teskari bo‘lgan kattalik, ya’ni 
    yeyilishga bo‘lgan qarshilik (chidamlilik) koeffitsiyentining son 
    qiy matlari har xil bo‘ladi. 
    Avtomobillarning tormozlanish imkoniyatlari ham ishqalanish 
    koeffitsiyenti bilan uzviy bog‘liq. Avtomobil yo‘llarining qoplama 
    turi va yo‘l sharoitiga bog‘liq holda ishqalanish koeffitsiyenti 0,1–
    0,8 oralig‘ida bo‘ladi. 
    257
    Avtomobil shinasining asfalt-beton qoplama bilan ilashishi 
    protektor va quruq asfalt­beton orasidagi ishqalanish koeffitsi-
    yenti 0,6–0,8 bo‘lishini ta’minlaydi. Ammo oz miqdorda yomg‘ir 
    yog‘ishi protektor va asfalt­beton orasidagi ishqalanish koeffitsi-
    yentini ikki barobarga kamaytiradi. Yo‘llardagi loy qoldiqlari ish-
    qalanish koeffitsiyentini yana­da yomonlashtiradi. Yo‘l muzlagan 
    paytlarda bu koeffitsiyent 0,1 ga teng bo‘ladi. Bunday sharoitlarda 
    avtomobilni boshqarishda noqulayliklar yuzaga keladi. 
    10. 5. Rezina materiallar xususiyatlarining

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yalash deyiladi.  Rezinaning yeyilishga chidamliligi

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish