K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/156
Sana16.11.2023
Hajmi6,9 Mb.
#99491
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

Nitroemallar. Nitroemallarning asosiy parda hosil qiluvchisi 
nitrosellulozadir (selluloza va azot kislotasining murakkab efiri). 
Ular erituvchilarda eritilib nitroselluloza loki yoki, qisqacha, nit-
rolok olinadi. Erituvchi sifatida ketonlar, efirlar, spirtlar, benzol va 
ular hosilalarining aralashmalaridan foydalaniladi. Bunday ko‘p 
komponentli erituvchilar sifatida 646, 647, 648 raqamli erituvchi-
lari ishlatiladi. 
Nitrolok va pigment aralashmasi nitroemalli bo‘yoq deb yuriti-
ladi. Nitroemallar asosida hosil qilingan qoplamalar bir qator afzal-
liklarga ega, jumladan, xona haroratida ham tez quriydi; jilolan-
ganidan so‘ng neft mahsulotlari ta’siriga uzoq vaqt chidaydi. 
Shu bilan birga, nitroemallar qator kamchiliklarga ham ega
jumladan, qoplamalarning mexanik mustahkamligi yetarli darajada 
emas (shuning uchun ularni jilvirlash va jilolashga ancha vaqt sarf-
lanadi); nitroemal asosidagi qoplamalar 75°C gacha bo‘lgan haro-
rat ta’siriga chidamli bo‘lib, 140°C gacha qizdirilganida yemirilib
o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin; nitroemallar metallga yomon 
ilashadi, shuning uchun ular yaxshilab gruntovkalangan sirtlarga 
surtiladi. 
275
Emal tarkibida parda hosil qiluvchi qattiq modda kam bo‘lgani-
dan, pardaning qalinligi 0,01 mm dan oshmaydi, shu sababli emal-
lar 4–6 qatlam qilib surtiladi. 
Nitroemallarning yuqorida keltirilgan kamchiliklarini bartaraf 
etish uchun ularning tarkibiga asosiy parda hosil qiluvchidan tash-
qari qo‘shimcha parda hosil qiluvchilar (modifikatorlar) qo‘shila-
di. Bu usul asosida hozirgi zamonaviy nitroemallarning barchasi, 
jumladan, avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan НЦ–11 turidagi 
nitroemallar ishlab chiqarilmoqda. 
Nitroemallar juda keng tarqalgan bo‘yoqlar jumlasiga kiradi. 
Yengil avtomobillarning kuzovi, qanotlari va yuk avtomobillari 
kabinalarini bo‘yashda nitroemallardan foydalanilar edi. Keyin gi 
yillarda. esa bu maqsadlarda sintetik (jumladan, alkidli smolalar) 
parda hosil qiluvchilar asosidagi bo‘yoqlardan foydalanilmoqda. 

Download 6,9 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   156




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish