|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isyoq materiallari. Moyli va emalli bo‘yoqlarning tarkibida faqat
bitta parda hosil qiluvchi bo‘yoqlar bo‘lsa, bo‘yoq xususiyatlari
bo‘yicha kamchilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun lok-bo‘yoq ma-
teriallari ishlab chiqarishda parda hosil qiluvchilarning aralash-
malaridan (modifikatorlardan) foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan
alkidli smolalar juda keng tarqalgan modifikator hisoblanadi. Ma
salan, qoplamaning adgezion xususiyatini, elastikligi va yaltiroq-
ligini oshirish uchun emallarga gliftalli smolalar qo‘shiladi. Bun-
day modifikator asosida qurish tezligi bo‘yicha toza nitroemalga
xos, qoplamaning xususiyatlari bo‘yicha esa gliftalga xos bo‘lgan
nitrogliftalli emal olinadi.
Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi emallar
jumlasiga МЛ–12 turidagi melaminalkidli emallar ham kiradi.
Mela minalkidli emallar avtomobillarning kuzovlari, qanotlari va
kabinalarini bo‘yashda ishlatiladi. Ular alkidli va melaminformal-
degidli smolalar aralashmasidagi pigmentlar suspenziyasidan iborat
bo‘ladi. Melaminalkidli emallarning qovushoqligini ta’minlashda
solvet yoki maxsus erituvchilardan (№ 651 va boshqalar) foyda-
laniladi. Melaminalkidli emallar asosida yuqori sifatli qoplama-
lar hosil qi lish uchun ularni yuqori haroratlarda (120–140°C) qu-
ritish lozim. Ular jilolamasdan turib yaxshi yaltiraydigan, suv va
neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, elastik, qattiq qoplama olish
imkonini beradi. МЛ–12 turidagi emallar taxminan 100 xil rangda
ishlab chiqariladi.
Avtomobil sanoatida МЛ–12 turidagi bo‘yoqlardan tashqari
boshqa turdagi parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi
277
bo‘yoqlardan ham foydalaniladi. Bunday bo‘yoqlar jumlasiga qu-
yidagilar kiradi: ГФ–017 melaminalkidli gruntovkalari (fosfatlan-
gan sirtga ega bo‘lgan uzel va detallarni bo‘yashda ishlatiladi); МЛ–
152 emali (yuk avtomobillarining kabina va qanotlarini bo‘yashda
ishlatiladi); МЛ–197 va МЛ–1100 emallari (yengil avtomobillarn-
ing kuzovi, qanotlari va uzellarini bo‘yashda ishlatiladi); МШ–123
markali mochevina-alkidli emallar (avtomobil ramalari, g‘ildirak
disklari, radiatorlar va boshqa detallarni bo‘yashda ishlatiladi);
МШ–145 (yuk avtomobillarining metall va taxta platformalarini
bo‘yashda ishlatiladi); ФЛ–787 markali fenolformaldegidalkidli
emal (yonilg‘i baklarining ichki sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi);
MC–006 markali alkidli-stirolli shpaklovka, MC–17 markali emal
(dvigatelni bo‘yashda ishlatiladi) va boshqalar.
Termoplastik smolalardan olinadigan perxlorvinilli va akrilli
emallar metallar, yog‘och, betonni bo‘yashda keng ishlatiladi. Ho-
sil bo‘lgan pardalar yonmaydi, nam ta’siriga chidamli, neft mah-
sulotlari tegadigan sharoitda ham ishlay oladi. Perxlorvinilli emal-
lar xona haroratida 2–3 soat mobaynida quriydi. Akril smolalar
asosida olingan emallar yaxshi mexanik xossalarga ega. Agar ular
epoksid gruntovka ustidan surtilsa, qoplama 6 yilgacha yaroqli ho-
latda saqlanadi.
Ko‘pgina lok-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit loki
kabi termoreaktiv smolalar asosida olinadi. Plastifikator emallar
200–300°C gacha haroratda ham ishlay oladi. Ularning ko‘pchiligi
sovuqlayin (xona haroratida) qurishi mumkin. Agar qoplama 110–
140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari yaxshilanadi.
Kremniyorganik smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar
ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqariladigan loklar, bo‘yoqlar markalarining ko‘pligi va
ularni belgilashda bir xillikning yo‘qligi anchagina qiyinchiliklar
tug‘diradi. Har bir muayyan holda ushbu material uchun berilgan
tavsiyalarga rioya qilish zarur. Yengil avtomobillar va yuk avto-
mobillarini bo‘yashda ishlatiladigan asosiy lok-bo‘yoq materiallari
to‘g‘risida ma’lumot 11. 1- va 11. 2- jadvallarda keltirilgan.
|
| |