292
Bo‘yash ishlari bajariladigan lok-bo‘yoq materiallari tayyorla-
nadigan va saqlanadigan xonalarda chekish, payvandlash ishlarini
va, shuningdek, uchqun chiqishi xavfi bo‘lgan boshqa ishlarni ba-
jarish qat’iyan taqiqlanadi.
Lok-bo‘yoq materiallarini saqlash va tashishda yopiq taralar-
dan foydalanish maqsadga muvofiq. Bo‘sh taralarning og‘zi doimo
berk holda bo‘lishi va lok-bo‘yoq materiallari omboridan tashqa-
rida, ishlab chiqarish binosidan kamida 20
m uzoqlikda saqlanishi
lozim.
Taralarni lok-bo‘yoq materiallaridan to‘liq bo‘shatilganligini
nazorat qilishda gugurt yordamida yoritish qat’iyan taqiqlanadi.
Taralar erituvchi bug‘laridan obdan tozalanganidan keyingina ular-
ni ta’mirlashga ruxsat etiladi. Aluminiy kukunini nam tegmaydigan
xonada saqlash lozim, chunki aluminiy kukuniga nam tekkanida u
o‘z-o‘zidan alangalanishi mumkin. Moy va lok-bo‘yoq materiallari
tekkan artish-tozalash materiallarini yopiq
metall qutilarda saqlash
va ish smenasi oxirida xonadan tashqariga olib chiqib tashlash
lozim.
Bo‘yash, lok-bo‘yoq materiallarini tayyorlash xonalari va om-
borxonalar yong‘inga qarshi jihoz va asboblar bilan ta’minlani-
shi lozim. Bo‘yash mintaqasining egallagan maydoni 50 m
2
ga-
cha bo‘lsa, bitta ОУ–2, ОУ–5 yoki ОУ–8 markali uglekislotali o‘t
o‘chirgich, ikkita ko‘pikli kimyoviy o‘t o‘chirgich, hajmi 0,5 m
3
dan kichik bo‘lmagan qum to‘ldirilgan quti, belkurak, kigiz,
1,5 × 1,5 o‘lchamli to‘shama bilan ta’minlanishi lozim.
Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlovchi ishchilar maxsus ki-
yim kiyishlari lozim. Lok-bo‘yoq materiallarini bo‘yoq sepuvchi
jihozlar yordamida sepishda hosil bo‘ladigan lok-bo‘yoq
material-
lari tumanidan nafas olish organlarini himoyalash uchun ishchilar
РМП–62, РУ–60 va boshqa turdagi respiratorlar bilan ta’minla
nishlari zarur.
Bo‘yash jarayonida bo‘yoq yoki erituvchilarning qo‘lga tegishi
xavfi bo‘lganligi uchun qo‘l terisini himoyalashda ИЕР–1, ХИОТ–
6, ПМ–1 pastalaridan, ИДМ sovunidan, biologik va himoya qo‘l
qoplaridan foydalaniladi.
293
Biologik qo‘lqop kazein (13 foiz massasiga ko‘ra), ammiakning
25 foizli eritmasi (2 foiz), glitserin (13 foiz), 96
foizli etil spirti
(36 foiz), distillangan suvlardan (36 foiz) iborat bo‘lib, bu aralash-
ma cho‘tka yordamida qo‘lga surtilganida 30–40 sekunddan so‘ng
himoya pardasi hosil qiladi. Himoya pardasi organik erituvchilar
ta’siriga chidamli, ammo issiq suvda sovunlab yuvilganida osongi-
na yuvilib ketadi.
Lokbo‘yoq materiallari qo‘l terisiga tekkanida, terini «Ралли»,
«РЕМ», «Флора» kabi pastalar bilan tozalash tavsiya etiladi.
Qo‘l terisini tozalash uchun maxsus pastalar bo‘lmaganida esa,
bo‘yoq tekkan qo‘l terisini avval yumshoq
quruq latta yordamida
yaxshilab artish, so‘ngra lattani erituvchida namlab, terining bo‘yoq
tekkan qismlarini artish, shundan keyin issiq suvda sovunlab yu-
vish zarur. Qo‘l artib quritilganidan so‘ng qo‘lga
panolinli krem
surtish tavsiya etiladi. Qo‘l terisiga tekkan bo‘yoqlarni tozalashda
zaharlilik darajasi yuqori bo‘lmagan erituvchilar: uayt-spirit, ski-
pidar (moyli bo‘yoqlar uchun), etil spirti, asetondan (epoksidli va
nitrosellulozali bo‘yoqlar uchun) foydalaniladi. Qo‘lni tozalash va
yuvishda benzol va boshqa zaharli erituvchilardan foydalanishga
ruxsat etilmaydi.
18 yoshga to‘lmagan shaxslar, homilador va emizikli ayollar-
ning lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydilar.
Bo‘yash bo‘limi xonalari yorug‘, toza va changsiz bo‘lishi lozim.
Bo‘yash xonasining konstruktiv elementlari va to‘siqlari (devorlari,
shifti, poli va boshqalar) yong‘in ta’siriga chidamli bo‘lishi lozim.
Xona devorining ichki yuzasiga 2,4 m balandlikkacha maxsus plit-
ka yopishtirilishi, poli esa mustahkam, yonmaydigan va sirpanchiq
bo‘lmasigi, shuningdek, iflosliklardan oson tozalanadigan materi-
aldan bo‘lishi kerak. Xona harorati 15–16°C dan past bo‘lmasli-
gi, havoning solishtirma namligi esa 60 foizdan ortiq bo‘lmasligi
lozim. Xona past bosimli havo yoki suv yordamida isitilishi lozim.
Suv yordamida isitishda isitish asboblarining sirtqi yuzalari harora-
ti 90°C dan yuqori bo‘lmasligi lozim.
294
Ishchilarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida bo‘yash xo-
nalari so‘ruvchi ventilatsiya bilan ta’minlanishi lozim.
Bo‘yash uchastkasini yoritishda tabiiy va sun’iy
yoritishdan
foydalaniladi. Bo‘yash uchastkasining yoritilganligi 75 lk dan kam
bo‘lmasligi lozim.
Bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladigan bo‘yoq, lok va erituvchilar-
ning uchastkadagi miqdori kunlik ehtiyojdan ortiq bo‘lmasligi
lozim. Bu materiallarning qolgan qismi maxsus omborxonalarda
saqlanadi.
Bo‘yash uchastkasida, bo‘yoq tayyorlash bo‘limlarida va lok-
bo‘yoq materiallari omborxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlash va ovqatlanish taqiqlanadi.
Elektr jihozlari bilan ishlanganida juda ham ehtiyot bo‘lish
lozim. Tanaffus paytlarida, jihoz bir joydan
ikkinchi joyga siljitil-
ganida, shuningdek, jihoz ozginagina nosozlikka ega bo‘lganida
ham elektr tarmog‘idan uzilishi lozim. Elektr jihozlarini ish paytida
o‘zgartirish yoki sozlash taqiqlanadi.
Avtobus saloni ichini bo‘yashda uning eshiklari,
oynalari va luk-
lari ochiq holda bo‘lishi lozim.
«Bo‘yash sexlari uchun texnika xavfsizligi va ishlab chiqa-
rish sanitariyasi qoidalari va me’yorlari»ga binoan, bitta bo‘yash
kamerasida nitroselluloza va alkidli materiallarni ishlatish taqiqla-
nadi. Agar ulardan birin-ketin ishlatish zarurati paydo bo‘lsa, avva-
lo, kamera ishlatilgan bo‘yoq qoldiqlari va havodagi aralashmala-
ridan yaxshilab tozalanishi lozim.