|
Fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isFenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlar. Fenolformal-
degid smolalar asosida olinadigan ВФ tipidagi yelimlar ancha keng
tarqalgan. Yelimlab biriktirish ishlari 140–200°C haroratda ba-
jariladi. Bunda biriktiriladigan yuzalar 0,1–2 MPa (1–200 kgk/sm
2
)
bosim ostida 0,5–1,0 soat tutib turiladi. Ular metallarni o‘zaro va
plastmassalar bilan biriktirishda ishlatiladi. БФ–6 yelimida plasti-
fikatorlar ko‘p bo‘lganligi uchun ulardan gazlamalarni, terini o‘za-
ro, shuningdek, metallarga yopishtirishda foydalaniladi. БФ tipida-
gi yelimlarning qovushoqligi 30–60 s oralig‘ida bo‘ladi. Yelimning
qurishidan keyin qoladigan quruq qoldiq yelimning massasiga nis-
batan 10–20 foizni tashkil etadi. Ish harorati minus 60°C dan 60°C
gacha. Hosil qilingan birikmaning siljishga bo‘lgan mustahkamligi
12–15 MPa ga yetadi. Bu smolalar asosida yana-da issiqqa chid-
amliroq (ish harorati minus 60°C dan 300°C gacha) ВС yelimlari
ishlab chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning frik-
sion kolodkalari va tishlashish disklarining ustqo‘ymalarini yelim-
lab biriktirishda foydalaniladi (140–180°C gacha qizdirilganida
qotadi). ВС yelimlarining qovushoqligi 50–120 s, quruq qoldiq
ulushi 20– 30 foiz va siljishga bo‘lgan mustahkamligi 17 MPa ni
tashkil etadi. БФ va БС yelimlari tayyor holda yetkazib beriladi.
Yopiq idishda keltirilqan bunday yelimlarni xona haroratida 6–8 oy
saqlash mumkin.
Keyingi yillarda tormoz ustqo‘ymalarini po‘lat ko‘lodkalar-
ga yopishtirish uchun ГИПК 11–10 (ish harorati minus 40 dan
330°C), antifriksion gazlamalarni metallarga yopishtirish uchun
ГИПК 11–12 (ish harorati minus 70 dan 280 °C gacha) tipidagi
fenolformaldegid smola asosidagi yelimlar ishlab chiqarilmoqda.
So‘nggi yillarda fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlarni
epoksidli va poliuretanli yelimlar siqib chiqarmoqda.
|
| |