Bog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is
Epoksidli smolalar asosidagi yelimlar. Bu yelimlar sovuqlayin
va qaynoq holda qotadigan turlarga bo‘linadi ular asosida fizika-
viy-mexanikaviy xususiyatlari juda yaxshi bo‘lgan birikmalar hosil
qilinadi. Epoksidli yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar suv,
moy va benzin ta’siriga chidamli bo‘ladi. Avtomobillarni ta’mir-
299
lashda sovuqlayin qotadigan epoksidli yelimlardan nisbatan keng
foydalaniladi. Epoksid kompozitsiyalar 1 dan 21 gacha raqam bilan
ifodalanadigan tarkibda ishlab chiqariladi. 4, 13–16 va 19 raqamli
tarkiblarning asosini ЕД–20 smolasi, qolgan tarkiblarning asosini
esa ЕД–16 smolasi tashkil etadi. Bu epoksidli kompozitsiyalar ning
tarkibida 10 foizdan 25 foizgacha plastifikator – dibutilftalat (20
va 21 raqamli tarkiblarda mos ravishda 60 va 50 foiz) bo‘ladi. Bu
kompozitsiyalar epoksidli smolaga 10–12 foiz qotirgich qo‘shib
tayyorlanadi. Qotirgich sifatida polietilenpoliamindan foydala-
niladi. proksidli kompozitsiyalarga to‘ldirgich sifatida aluminiy
kukuiv. maydalangan sluda, grafit, cho‘yan kukuni, temir oksidi va
gaz qurumidan foydalaniladi.
Avtomobillar ishlab chiqarishda qaynoq holda qotadigan УП–5–
207 epoksidli yelimidan keng foydalaniladi. Ular eshiklarning ich ki
va tashqi panellarini, kapot va yukxona qovurg‘alarini birik tirishda
ishlatiladi. Shuningdek, epoksidli smolalar asosidagi yelimlar dan
silindrlar blokidagi, silindrlar kallagidagi, ilashish muftasi va uzat-
malar qutisi karterlaridagi, moy va suv radiatorlaridagi, yonilg‘i
bakidagi darz ketgan joylarni va teshiklarni ta’mirlashda foyda-
laniladi.
Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o‘zida
90–93 foiz epoksid smolaga 7–10 foiz qotirgich qo‘shib tayyorla-
nadi. Tayyorlangan yelimni 1–2 soat ichida ishlatib yuborish zarur,
aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yelimli birik-
malar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60–150°C. Xona
haroratida qotadigan yelimlar yordamida mustahkam birikma hosil
qilish uchun taxminan bir sutka kerak bo‘ladi. Biriktirilgan detallar-
ni bir-biriga bosmasa ham bo‘ladi (ularning o‘z massasi yetarli).
Birikmalarning mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich
qo‘shishdan oldin epoksid smolaga ko‘pincha to‘ldirgichlar (metall
kukunlar, grafit, maydalangan sluda, talk va boshqalar) qo‘shiladi.
Qo‘shiladigan to‘ldirgichning miqdori uzelning turi va ishlash sha-
roitiga bog‘liq. To‘ldirgichli va qotirgichli, qaynoq holda qotadigan
epoksid smolalar asosida olingan birikmalarning mustah kamligi
300
ancha yuqori bo‘ladi. Qotish jarayoni 120–200°C haroratda 0,5–
4,0 soat mobaynida kechadi.