• Poliefirakrilatli yelimlar.
  • Polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosidagi yelim- lar.
  • Poliuretan smola asosidagi yelimlar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet149/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosi-
    dagi yelimlarning adgezion xususiyati yaxshi bo‘lib, xona harorati-
    da va qaynoq holda ishlatish mumkin. Yelim tayyorlashda poliefir 
    va poliizotsianatlarning gidroksidlaridan foydalaniladi. Poliure-
    tan smoialar asosidagi yelimlar metall va metallmas materiallarni 
    yelimlashda ishlatiladi. Hosil qilingan birikmalar quyidagi xususi-
    yatlarga ega bo‘ladi: neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, titrash va 
    zarb ta’siriga mustahkamligi yuqori, haroratning tezlik bilan o‘zga-
    rishiga chidamli. 
    Poliuretan smola asosidagi yelimlar Вилад 11К–1, Вилад 13–
    2M, ГПК 24–11, КЛМ–1, РУ–2, ВК–5, ВК–11 kabi markalarda 
    ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar-
    ning siljishdagi mustahkamligi 3–20 MPa oralig‘ida bo‘ladi. Ularni 
    minus 60 dan 200°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 6 oygacha 
    (ba’zi bir markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin. 
    Poliefirakrilatli yelimlar. Poliefirakrilatli yelimlar (masalan, 
    siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal-
    gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada 
    qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ish-
    latiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan 
    yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130–200°C haroratda va 
    0,5–1,2 MPa (5–12 kgk/sm
    2
    ) bosim ostida 1–4 soat mobaynida 
    qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobayni-
    da qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi 
    tufayli kam ishlatiladi. 
    Polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosidagi yelim-
    lar. Polivinilxlorid organik erituvchilarda yomon eriydi, shuning 
    uchun ular plastizol deb ataluvchi plastifikatordagi pastasimon 
    dispersiya ko‘rinishida ishlatiladi. Plastizol tarkibida polivinil-
    xloriddan tashqari stabilizatorlar, to‘ldirgichlar, pigmentlar, adgezi-
    on qo‘shilmalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Polivinilxlorid poli-
    merlari va sopolimerlari asosidagi yelimlar Д–1А, Д–4А, Д–7A, 
    301
    ГИПК–133, ПФ–1А kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelim-
    lar asosida hosil qilingan birikmalarning siljishdagi mustahkamligi 
    1,5–10 МPа oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60°C dan 130°C gacha 
    ishlatish mumkin. Yelimlarni 1–3 oygacha muddatda saqlash mum-
    kin. Ularni havo filtrlari qopqoqlarini quyishda, payvand choklarini 
    jipslashda, moy filtrlari kartonli elementlarini yelimlashda, antikor-
    rozion va shovqinga qarshi himoya vositasida ishlatiladi. 
    Shuningdek, polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosi-
    da avtomobillarni ta’mirlashda ishlatiladigan Mars, Feniks, MC–1, 
    РЕД–В kabi yelimlar ishlab chiqariladi. Ularni minus 40 dan 80°C 
    gacha haroratlarda ishlatish mumkin. Ularni saqlash muddati 3 oy-
    dan 1 yilgacha. Bu yelimlardan asosan avtomobil salonlari va ka-
    binalarini pardozlashda foydalaniladi. 
    12. 1- jadval

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish