308
Hozirgi paytda «Стрелка», «Газон», «Дорожная», «Олим
пийская», «Ока» kabi yarim sherst materiallardan keng foydalaa-
niladi.
Sun’iy charm. Avtomobilsozlikda qoplama
material sifatida
eng ko‘p ishlatiladigan materiallardan biri sun’iy charmdir. Sun’iy
charm avtomobillarning yostiqchalarini, o‘rindiq suyanchiqlarini,
salon shiftini, yon panellarni va boshqa
detallarni qoplashda ishla-
tiladi.
Avtomobilsozlikda ishlatiladigan sun’iy charm yuzasiga poli-
vinilxlorid qoplangan to‘qima asosdan iborat. To‘qima asos sifatida
tabiiy (paxta), sintetik (poliamid va poliefir), sun’iy yoki aralash
tolalardan foydalaniladi.
Avtomobilsozlikda ishlatiladigan sun’iy charmlar, asosan, uch
turda ishlab chiqariladi: gazlama asosidagi viniliskoja – BO–T;
trikotaj asosdagi viniliskoja – BO–TP; asosi gazlama bo‘lmagan
viniliskoja – BO–HT.
Sun’iy charmni minus 40°C dan yuqori haroratlarda ishlatish
mumkin. Havo o‘tkazuvchanligi 0,02–0,35 sm
3
/(sm
2
· s).
Avtomobillarning salonlari (kabinalari) shiftini qoplash
uchun
maxsus markadagi (viniliskoja – TP, viniliskoja – HT, viniliskoja –
T ИКАП) sun’iy charmlar ishlab chiqariladi.