K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/156
Sana16.11.2023
Hajmi6,9 Mb.
#99491
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

12. 1- rasm. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan
yog‘och materiallarning turlari:
– xoda; – plastina; – choraktalik; 4 – o‘tmas qirrali brus; 5 – 
o‘tkir qirrali brus; 6 – bruschalar; 7 – chetlari qirqilgan qalin taxla8 – 
chetlari qirqilgan yupqa taxta; 9 – chetlari qirqilmagan yupqa taxta; 10 – 
pushtaxta. 


314
Uzunligi bo‘yicha eng kichik ko‘ndalang kesimining diametri 
150 mm dan kam bo‘lmagan yog‘och xoda deb yuritiladi. Xodani 
bo‘ylama o‘qi bo‘ylab arralaganda plastinalar, choraktaliklar hosil 
bo‘ladi. 
Yog‘och materiallari ko‘ndalang kesimi o‘lchamlariga qarab 
bruslarga (eni va qalinligi 100 mm dan oshadi), bruschalarga (eni 
qalinligidan ikki barobardan ortiq emas) va taxtalarga (eni qalin-
ligidan ikki barobardan ortiq) bo‘linadi. Reyka va plankalar kichik 
o‘lchamli taxtalarning bir turi hisoblanadi. Qanday ishlov berilga-
niga ko‘ra yog‘och materiallar to‘rt tomoni arralangan va qirralari 
arralanmagan yoki qisman arralangan xillarga bo‘linadi. 
Yog‘och buyumlar yoki yog‘och buyumli mashinalar ochiq 
havoda saqlanganida, ularning namligi ortib, tob tashlashi va chi-
rishi mumkin. Chirigan yog‘ochdan foydalanishga ruxsat etilmay-
di. Hasharotlar shikastlagan yog‘ochdan ham foydalanish mumkin 
emas, chunki ularning mustahkamligi keskin pasaygan bo‘ladi. 
Yog‘ochning chirishi va hasharotlar shikastlashining oldini olish 
uchun ko‘pincha yog‘och detallar lok-bo‘yoq bilan qoplanadi. 
Ko‘pincha yog‘och buyumlarga chirishning oldini oluvchi maxsus 
tarkiblar –antiseptiklar (rux xlorid, ftorli natriy aralashmasi) shim-
diriladi. 
Yog‘ochning o‘tga chidamliligini oshirish uchun unga maxsus 
tarkiblar shimdiriladi yoki o‘tdan himoya qiluvchi bo‘yoqlar bilan 
bo‘yaladi. Bu moddalar qiziganida yog‘och sirtida havo kirishi-
ga to‘sqinlik qiluvchi parda hosil qiladi. Bunday ishlov berilgan 
yog‘ochlar olov ta’sirida faqat tutaydi, olov manbayi uzoqlashtiri-
lishi bilan, tezda o‘chib qoladi. Bu qoplamalar yog‘ochga uzil-kesil 
ishlov berilganidan so‘ng surtiladi. 
Qayin, olxa, eman, qoraqayin va ba’zi boshqa yog‘ochlardan 
shpon – qalinligi 0,5–1,5 mm li keng silliq payraha tayyorlanadi; 
shpon aylanayotgan yog‘och bo‘lagidan qirqib olinadi. Shpondan 
faner, yog‘och qatlamli plastiklar, yelimlab yopishtirilgan egik de-
tallar tayyorlanadi; eman, qoraqayin, yong‘oq daraxtlaridan tayyor-
315
langan shponlar qimmatbaho daraxt ko‘rinishida qoplama hosil 
qilish uchun ishlatiladi; olxa va kedrdan olingan shpondan avtomo-
billar akkumulatorlari batareyasining separatori tayyorlanadi. 
Yog‘och tolalarini o‘zaro perpendikular joylashtirgan holda uch 
va undan ortiq shpon qatlamlarini yelimlab yopishtirish yo‘li bilan 
fanerlar olinadi; ular 1,5–15 mm qalinlikda, 725–1525 mm keng-
likda va 1220–2440 mm uzunlikda ishlab chiqariladi. Fanerlarning 
turli markalari bir-biridan ularda ishlatilgan yelim xili bilan farq 
qiladi: ФСФ – suvga chidamliligi yuqori bo‘lgan, fenolformalde-
gid yelim vositasida tayyorlangan; ФК – suvga chidamliligi o‘r­
tacha bo‘lgan karbamid yelimi bilan tayyorlangan. Oqsil (kazein) 
yelim bilan tayyorlangan ФБА fanerining suvga chidamliligi past 
bo‘ladi. 
Qayindan tayyorlangan shponlarni fenol smolalar yoki krezol-
formaldegid smolalar yordamida yelimlab yopishtirish yo‘li bilan 
bakelitlangan ФБС faneri olinadi. Uning suvga chidamliligi yuqori. 
Undan mexanik usulda biriktiriladigan, shuningdek, sovuqlayin 
yelimlab yopishtiriladigan konstruksiyalarda foydalanish mumkin. 

Download 6,9 Mb.
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish