• Qistirma va zichlovchi materiallar
  • Elektroizolatsion materiallar
  • Yog‘och materiallar
  • Absolut namlik
  • Avtomobil polini qoplash uchun materiallar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet153/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Avtomobil polini qoplash uchun materiallar. Avtomobil 
    polining qoplamasi issiqlik va shovqindan izolatsiyalash xususi-
    yatiga ega bo‘lishi, yemirilishga chidamli va ishqalanish koeffitsi-
    yenti yuqori bo‘lishi, moy va benzin ta’siriga chidamli bo‘lishi, ish 
    harorati oralig‘i imkoniyat qadar keng bo‘lishi lozim. Avtomobil 
    polini qoplashda rezina to‘shamalardan, alkidli va polivinilxloridli 
    linoleumlardan, to‘qima materiallardan foydalaniladi. 
    Rezinali to‘shamalar uch turda: mo‘tadil iqlim sharoiti uchun 
    (I tur), tropik iqlim sharoiti uchun (II tur) va sovuq iqlim sharoiti 
    uchun (III tur) ishlab chiqariladi. Ularning cho‘zilishdagi mustah-
    kamligi mos ravishda 4,0; 5,5 va 4,5 MPa ni tashkil etadi. 
    Avtomobil polini qoplashda relin, alkidli, avtolin kabi linoleum-
    lardan foydalaniladi. To‘qima asosidagi avtolin linoleumlar polni 
    309
    qoplashda ishlatiladigan materiallarga qo‘yiladigan talablarga to‘liq 
    javob beradi. Avtolin 1490 mm kenglikda, 2,7 va 3,5 mm qalinlik-
    da, uzunligi 10,5 m bo‘lgan o‘ram ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 
    12. 3. Qistirma va zichlovchi materiallar
    Avtomobillar uzellarini yig‘ishda detallar o‘zaro tegib ishlay-
    digan joylarni germetiklash zarurati paydo bo‘ladi. Bu zaruratni 
    qondirishda qistirma va zichlovchi materiallardan foydalaniladi. 
    Ular detallar birikkan joylardan suyuqlik oqishi va sizishining, 
    flaneslardan gazlar chiqishining oldini olish, ishqalanish uzellarini 
    chang va namdan saqlash birikmalarini germetiklash uchun ishla-
    tiladi. Qistirma materiallardan qo‘zgalmas detallarni biriktirishda 
    ishlatiladigan turli xil shakldagi (biriktiriladigan detallarning o‘za-
    ro tegib turivchi yuzalariga moslab) qistirmalar tayyorlanadi. Zich-
    lovchi materiallar ko‘pchilik hollarda salniklar deb yuritiladi va 
    o‘zaro aylanib ishlaydigan detallar orasidagi tirqishlarni zichlashda 
    ishlatiladi. Qistirma va zichlovchi materiallar yuqori mustahkam-
    likka, zarur elastiklikka va, shu bilan birga, uncha katta bo‘lmagan 
    qattiqlikka ega bo‘lishi lozim. Shuning bilan birga, bu materiallar-
    ning ishlatilish sharoitiga ko‘ra ular yuqori harorat, neft mahsulot-
    lari va suv ta’siriga chidamli bo‘lishi lozim. Salnik tayyorlanadigan 
    materiallar yemirilishga ham chidamli bo‘lishi lozim. 
    Qistirmabop materiallar sifatida turli xil kimyoviy ishlov beril-
    gan qog‘ozlar (pergament, karton, fibra – ish harorati 150°C ga-
    cha), namat (75°C gacha haroratda ishlatishga yaroqli), asbest 
    (350°C gacha haroratda ishlatishga yaroqli), turli xil markadagi 
    paronitlar (asbest, kauchuklar, to‘ldirgichlar aralashmasining vul-
    kanizatsiyalangan listlari), moy va benzin ta’siriga chidamli paronit 
    МБП–5 (250°C haroratgacha ishonchli ishlaydi), ferronit 1001 
    (parronit metalli to‘r bilan armirlangan, 400°C gacha haroratlarda 
    ishlatish mumkin) va boshqalardan foydalaniladi. 


    310
    Rux xlorid bilan ishlov berilgan, presslangan qog‘oz yoki kar-
    tonfibraning mexanik mustahkamligi va neft mahsulotlari ta’siriga 
    chidamliligi yuqoridir. Undan qistirmalar (qistirmabop fibra КГФ), 
    elektr apparatlar detallari (elektrotexnik fibra ФЕ) tayyorlanadi. 
    Qog‘oz materiallarining maksimal ish harorati 140–150°C dan 
    oshmaydi. Bunday yuqori haroratda ular kuyib, egiluvchanligi 
    yo‘qoladi. 
    Salniklar qistirmalar tayyorlash uchun moy, benzinga chidamli 
    rezinadan tashqari, texnik namatdan ham foydalaniladi. Bu namat 
    jundan tayyorlangan g‘ovakli list materiallardir. Uning issiqdan va 
    tovushdan izolatsiyalashgan xossalari, amortizatsiyalash xususiyati 
    yuqoridir. 
    Po‘kak daraxtning uvoqlari presslanib, po‘kak material olinadi. 
    Ular suv, neft mahsulotlari muhitida, kichik mexanik yuklamalar 
    ostida hamda ko‘pi bilan 100–120°С gacha qiziydigan birikmalar-
    ni (klapanlar qutisi, yonilg‘i baklari, qalqovichli kameralarning 
    qopqoqlar, filtrlar stakani, dvigatellar karteri, faralar oynasi va 
    hokazolar) zichlashda ishlatiladi. 
    Yuqori haroratda ishlovchi detallarni issiqlikdan izolatsiyalash 
    hamda zichlash uchun asbestdan keng foydalaniladi (kiritish va 
    chiqarish kollektorlari, dvigatel silindrlari, kallagi va boshqalardagi 
    qistirmalar). Asbest tabiiy tolali material bo‘lib, uni yupqa, egiluv-
    chan va mustahkam tolalarga ajratish mumkin. Asbest elektr va is-
    siqlikdan izolatsiyalash xossalariga ega, yonmaydi, 350°C gacha 
    haroratda ishlay oladi, lekin bundan yuqori haroratda uning mus-
    tahkamligi va egiluvchanligi yo‘qoladi. Ta’mirlash ishlarida kar-
    ton, qog‘oz to‘qima, tasma, chilvir va ip ko‘rinishidagi asbestdan, 
    shuningdek, maydalangan asbestdan foydalaniladi. 
    Asbest (60–70 foiz), vulkanizatsiyalashgan rezina (12– 13 foiz) 
    va to‘ldirgich (tuproq, talk) aralashmasidan neft mahsulotlari ta’si-
    riga chidamli, 450°C haroratga chidash beradigan list material – 
    paronit olinadi. Paronitdan yonilg‘i va moy tegib turadigan detallar 
    uchun zichlamalar (taqsimlash shesternalarining qopqoqlari, moy 
    qabul qilgichlar flaneslari, suv nasosi, yonilg‘i tindirgich va bosh-
    qalarning qistirmalari) tayyorlanadi. 
    311
    Grafit, rezina, surik va ba’zi boshqa moddalarning aralashmasi 
    presslanib list material qistirmabop klingerit olinadi. Undan tayyor-
    langan qistirmalar 180–200°C haroratda ishlay oladi. 
    Avtomobillar kabinalarida shovqinni kamaytirish uchun max-
    sus mastikalardan foydalaniladi. Qora rangli bir jinsli suyuq mas-
    sa ko‘rinishida bo‘lgan БМИ–1 mastikasi mana shunday xossaga 
    ega. U metall sirtga yoki ФЛ–93, ЭФ–093 gruntovkalari surtil-
    gan sirtlarga purkab qoplanadi. Mastike, 100–110 °C haroratda 
    30 minut ichida quriydi, qoplama metallarni korroziyalanishdan 
    ham saqlaydi. 
    12. 4. Elektroizolatsion materiallar
    Elektroizolatsion material deganda, elektr tokini o‘tkazmay-
    digan material tushuniladi. Avtomobillarning elektr jihozlarini 
    ta’mirlash uchun elektr izolatsiyalash materiallari ishlatiladi. Ular 
    yuqori kuchlanishga bardosh berishi, yetarli darajada mustahkam 
    bo‘lishi, shuningdek, issiqlik ta’siriga chidamli bo‘lishi (ba’zi bir 
    issiq sharoitda ishlaydigan materiallar uchun) lozim. 
    Bu talablarga ushbu kitobning oldingi boblarida ko‘rib o‘tilgan 
    bir qator materiallar javob beradi: ko‘pgina plastmassalar (tekstolit, 
    getinaks), rezina, ebonit, loklar (asfalt bitumli, gliftalli, kanifolli va 
    hokazo loklar), asbest, fibra, karton va boshqalar, Bundan tashqari, 
    elektroizolatsion material sifatida 500°С haroratgacha qizishga chi-
    day oladigan sluda va mikonit materiallaridan foydalaniladi. Sluda 
    yupqa plastiklarga ajratsa bo‘ladigan shaffof mineral, mikonit esa 
    gliltal smola bilan yelimlangan sludalar. 
    Elektr izolatsiyalash material sitatida lakotkan (kembrik) ancha 
    keng tarqalgan. Lakotkan elektr izolatsiyalash loklari shimdirilgan 
    ip, shoyi gazlama yoki shisha to‘qimalardir. Ular o‘ramlar, listlar, 
    trubalar ko‘rinishida chiqariladi. 
    Ko‘pincha izolatsiyalash lentalaridan foydalanishga to‘g‘ri ke-
    ladi. Bu lenta bir yoki ikki tomonga ham rezina aralashmasi shim-


    312
    dirilgan mitkaldan iborat. Lenta elektr simlarining ulangan joyla-
    rini izolatsiyalashda ishlatiladi. Plastik plyonka materialga yelim 
    qatlami surtib tayyorlangan yopishqoq izolatsion lentalar keng 
    tarqalgan. 
    12. 5. Yog‘och materiallar
    Yog‘och materiallardan xalq xo‘jaligida, jumladan avtomobil-
    sozlikda keng foydalaniladi. Chunki yog‘ochning mexanik mustah-
    kamligi yaxshi, zichligi katta emas (suvga nisbatan 1,5–2 barobar 
    yengil), vibratsion yuklanishlarga yaxshi bardosh beradi, issiqli-
    kni sekin (po‘latga nisbatan uch barobar sekin) o‘tkazadi. Bundan 
    tashqari, yog‘ochga oson ishlov berish va uni yelimlab yopish-
    tirish mumkin. Shu bilan birga, yog‘och materiallar bir qator ka-
    mchiliklarga ham ega: chiriydi, oson yonadi, ko‘ndalang kesimi 
    bo‘yicha mexanik xossalari bir xil emas, namni osongina shimib 
    oladi, o‘lchamlari va shaklini o‘zgartiradi. Bu kamchiliklari tufayli 
    yog‘och materiallar zamonaviy avtomobillarda kam ishlatiladi. 
    Konstruksion material sifatida yog‘ochning o‘ziga xos xususi-
    yatlaridan biri uning namligidir. Absolut namlik deganda, yog‘och 
    tarkibidagi suv miqdorining foizlarda (yog‘och massasiga nisbatan) 
    ifodalangan ulushi tushuniladi. Yangi kesilgan daraxtlarning nam-
    ligi 50–60 foizgacha yetadi. Avtomobil detallari tayyorlanadigan 
    yog‘och materiallarning namligi 12–18 foiz oralig‘ida bo‘ladi. 
    Kichik o‘lchamli detallar namligi 15 foizdan oshmaydigan 
    yog‘ochdan tayyorlanishi lozim, aks holda, bu detallardan foyda-
    lanish davomida uning o‘lchamlari o‘zgaradi. Yelimlab tayyorla-
    nadigan detallar uchun yana-da quruqroq (namligi 10–12 foizdan 
    yuqori bo‘lmagan) yog‘och kerak bo‘ladi. Ma’lum sharoitda ishla-
    tiladigan detallarni tayyorlash uchun yog‘och tanlashda uning qat-
    tiqligini hisobga olish zarur. Eng ko‘p tarqalgan daraxt turlari qat-
    tiqligining pasayish darajasiga ko‘ra quyidagi tartibda joylashadi: 
    grab–shumtol–eman–qoraqayin–zarangqayin–tilog‘och–olxa–qa-
    313
    rag‘ay–qoraqarag‘ay–oqqarag‘ay–arg‘ivon. Qattiq yog‘ochlardan 
    yuklanish ostida ishlaydigan detallar, yumshoq yog‘ochlardan 
    yuklanish tushmaydigan detallar tayyorlanadi, shuningdek, turli 
    pardozlash ishlarida foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan olingan 
    yog‘och materiallar eng ko‘p ishlatiladi, chunki ular bargli daraxt-
    larga qaraganda ancha mustahkam, kamroq chiriydi (tarkibida 
    chirishning oldini oladigan smolali moddalar ko‘p). Ulardan yuk 
    avtomobillarining poli va borti, kuzovining ko‘ndalang balkalari 
    tayyorlanadi. Tilog‘och va eman yog‘ochining eks-pluatatsion xos-
    salari, ya’ni qattiqligi va mustahkamligi yuqori, chirishga chidam-
    liroq. 
    Detallar tayyorlash, avtomobillarni ishlatish va tamirlash, shu­
    ningdek, avtotransport korxonalarida xo‘jalik ishlari maqsadida 
    turli xil shakldagi yog‘och materiallaridan foydalaniladi (12. 1- 
    rasm),

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil polini qoplash uchun materiallar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish