• Elektr o’tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash ishlari. Elektr armaturasi. Sohaga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot Darsning ta’limiy maqsadi
  • Darsning tarbiyaviy maqsadi
  • Darsda foydalaniladigan texnolociya
  • Bosqichlar Mazmuni Metodlar Ajratilgan vaqt
  • O’tilgan mavzuni mustahkamlash
  • Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash
  • Uyga vazifa berish, darsni yakunlash
  • Yangi mavzu bayoni O’qituvchining ma’ruzasi
  • Dars ishlanmasi




    Download 63 Kb.
    Sana26.12.2019
    Hajmi63 Kb.
    #5349

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

    Fargona viloyat Dangara tumani
    33 – umumta’lim maktabining mehnat ta’limi fani o’qituvchisi Kattaxujayev Zunnurxonnning bir soatlik


    DARS ISHLANMASI

    Mavzu: Elektr o’tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash ishlari. Elektr armaturasi. Sohaga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot.
    2014 yil
    Mavzu: Elektr o’tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash ishlari. Elektr armaturasi. Sohaga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot
    Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga elektr o’tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash ishlari, elektr armaturasi, sohaga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumotlar berish va mehnatga oid ko’nikmalarini shakllantirish.
    Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni o’rganganlarini hayotga tadbiq etishga, tejamkorlikga, texnika xavfsizligi va gigiena qoidalariga rioya qilishga o’rgatish.
    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish, texnik tafakkurini rivojlantirib mustaqil lshlashga o’rgatish.
    Darsni jinozlash: Rasmlar, mavzuga oid slaydlar, turli elementlar.
    Darsda foydalaniladigan texnolociya: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
    Dars metodi: “Suhbat”, “Aqliy xujum”, “Ko’rgazmalilik”, “Amaliy".

    Darsning borishi:



    Bosqichlar

    Mazmuni

    Metodlar

    Ajratilgan vaqt



    1

    Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarliklarini tekshirish , kichik guruhlarga bo’lish, mashg’ulotning borishi haqida tushuncha berish.


    Suhbat

    5

    2

    O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Har bir guruhga tarqatma materiallar asosida savollar beriladi. Savol ustida guruh a’zolari hamjihatlikda ishlaydilar. Bergan javoblariga qarab guruh a’zolari baholanadilar. To’liq bo’lmagan javoblar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.(1-ilova)

    Baxs-munozara, savol-javob

    10

    3

    Yangi mavzuni o’rganish: Mavzuning asosiy ma’no-mazmuni, qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntirib beriladi.

    “Aqliy hujum” , ko’rgazmalilik

    15

    4

    Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: Tarqatma materiallar asosida savol-javob uyushtirilib o’quvchilar bilimi mustahkamlanadi. (2-ilova)

    Savol-javob

    10

    5

    Amaliy mashg’ulot: O’quvchilarga simlarni tarmoqlash va elektrotexnika armaturalari bilan ishlash topshirig’i beriladi.

    Amaliy, guruhlar taqdimoti, baholash

    35

    6

    Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Mavzu yuzasidan asosiy atamalarning chet tillarida tarjimasi bilan tanishtirish.(3-ilova) Mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar to’plash.

    Og’zaki, ko’rsatmalilik

    15


    Yangi mavzu bayoni

    O’qituvchining ma’ruzasi: Elektr o’tkazgich simlarini tarmoqlash tarmoqqa elektr iste’molchilarini qo’shish maqsadida amalga oshiriladi.

    Maishiy elektr asboblarining hammasi elektr tarmog’iga shtepsel rozetkasi orqali ulanadi. Tarmoqlashda ikkala simning 30mm qismidagi izolatsiyasi olib tashlanadi(73-rasm,a). Biriktiriladigan simlarning uchlaridan 50mm izolatsiyasi olib tashlanadi(73-rasm,b). Tarmoqlanadigan o’tkazgichlar bir- biriga perpendikular holatda izolatsiya bilan 6mm oraliqqa qo’yiladi(73-rasm,c) va o’ng qo’l barmoqlari bilan ikkinchi simning ustiga 4-5 marta o’raladi(73-rasm,e). O’tkazgichlar tarmoqlangan joyni elektr kovya bilan kavsharlanadi va izolatsiyalanadi.

    Elektrotexnika ishlarida viklyuchatel, patron, shtepsel vilkasi va boshqa qurilmalari ishlatiladi(74-77-rasmlar).

    Elektr viklyuchatel asboblarni elektr tarmog’iga ulash vauzishda qo’llaniladi. Konstruktsiyasiga ko’ra ular bir necha turga bo’linadi(74-rasm). Elektr patron yoritish lampasini elektr tarmog’iga ulashda ishlatiladi. Patronlar ham bir necha xil bo’ladi(76-rasm).

    O’qituvchi tomonidan sohaga oid kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumotlar beriladi.

    R a s m l a r 73, 74, 75, 76, 77.




    1. guruh topshiriqlari

      N

      Bajariladigan topshiriqlar

      Ko’rsatmalar

      1

      2

      3



      Elektr o’tkazgich simlarini tarmoqlang

      Simlarni montaj qiling

      Tarmoqlangan joyni izolatsiyalang


      Guruh bilan hamkorlikda ishlang

    2. guruh topshiriqlari

      N

      Bajariladigan topshiriqlar

      Ko’rsatmalar

      1
      2

      3

      Vintlarni bo’shatib , osma viklyuchatel qopqog’ini oching

      O’chirish va yoqish holatini aniqlang

      Qopqog’ini yoping va qotirish vintlarini mahkamlang


      Guruh bilan hamkorlikda ishlang



    3. guruh topshiriqlari

    N

    Bajariladigan topshiriqlar

    Ko’rsatmalar

    1
    2

    3


    Elektr patron qopqog’ini oching va chinni o’zakni oling

    Simlarni ulash joylarini toping

    Patron qopqog’ini burab yoping


    Guruh bilan hamkorlikda ishlang


    Xar-bir guruh barcha topsiriqlarni galma-gal bajaradilar va baholanib boradilar. Amaliy mustaqil ishlar nihoyasida yakuniy baholar qo’yiladi.



    1. ilova.

    1. Elektr montaj ish asboblari va materiallarining nomlarini va vazifalarini aytib bering.

    2. Elektr montaj asboblari qanday talablarga javob berishi kerak?

    3. Elektr simining shnurdan farqini aytib bering.




    1. ilova.

    1. Elektr viklyuchatel, elektr patron, shtepsel vilkasi qanday qismlardan tashkil topganligini aytib bering.

    2. Nima uchun maishiy elektr qurilmalari asosan plastmassadan tayyorlanadi?

    3. Otgan mashg’ulotlardagi kabi mazkur elektromontaj operatsiyalarini bajarishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarinitushuntiring.




    1. ilova.

    Mavzu yuzasidan asosiy atamalarning chet tillarida tarjimasi



    O’zbek tilida

    Rus tilida

    Ingliz tilida

    (o’qilishi)

    Tarmoq

    Сеть

    Network

    (netvork)



    Sim

    Провод

    Line

    (layn)


    Xizmat ko’rsatish

    Сервис

    Service

    (servis)


    Jihoz

    Оборудование

    Equipment

    (ekvepment)



    Elektrotexnika

    Электротехника

    Electric technique

    (elektrik texnikyu)



    Download 63 Kb.




    Download 63 Kb.