Mikroorganizmlardan biotexnologik jarayonlarda foydalanish




Download 14.44 Kb.
Sana24.09.2023
Hajmi14.44 Kb.
#84041
Bog'liq
3- amaliy BIOT ASOSLARIDAN MIKROORGANIZMLARDAN BIOTEXNOLOGIK JARAYONLARDA FOYDALANISH
3-чи маъруза (2), Sana1, L1 speaking, 1710499100 (1)

MIKROORGANIZMLARDAN BIOTEXNOLOGIK JARAYONLARDA FOYDALANISH
Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi ko'p ma'noda XX asrning ikkinchi yarmi bilan bog'liq. O'tgan asrning 40-yillarida mikroorganizmlardan penitsillin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojiga ijobiy burilish yasadi. Penitsillin ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi muvaffaqiyat bilan ishlatilishida keyingi avlod antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va qo'llash usullari ustida ishlarni tashkil qilish zarurligini oldindan belgilab qo'ydi. Bugungi kunda yuzdan ortiq antibiotiklar ishlab chiqarish texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan.
Mikroorganizmlar o’zlarining keng tarmoqli fermentlar tizimi tufayli o’sish, rivojlanish va ko’payish jarayonlaridan, hayotiy zarur, insoniyat uchun xizmat qilaoladigan minglab fiziologik faol moddalar ishlab-chiqarish imkoniyatlariga ega. Bundan tashqari mikroorganizmlar har xil tabiiy va kimyoviy birikmalarini o’ta muhim moddalarga aylantirish (modifikasiya qilish) imkoniyatlariga ham egalar.
Antibiotiklar ishlab chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar, gormonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyalari ham yaratila boshlandi. Bugungi kunda tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez bo'lmaydigan aminokislotalar), fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari yo'lga qo'yilgan.
Keyingi vaqtda mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi immobillashgan (maxsus sorbentlarga bog'langan) fermentlar va mikroorganizmlar tayyorlash texnologiyalarining yaratilishi bilan uzviy bogʻliq bo'ldi. Immobilizatsiya qilingan fermentlarning har xil jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas, bir necha marotaba uzluksiz (xatto bir necha oylab) ishlatiladigan bo'lib qoldi.
Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularning hosildor turlarini (shtammlarini) yaratish bilan bogʻliq. Bunday vazifani mikrobiologlar bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muhandisligi usullaridan xabardor boʻlgan boshqa mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni faollashtirishning yana bir yo'li ikki yoki undan ortiq boʻlgan, biri ikkinchisining faolligini oshirib beraoladigan (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar assotsiatsiyasidan foydalanishdir. Bu yo'l hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar, vitaminlar va metan gazni olishda hamda oqova suvlarni tozalash jarayonlarida keng qo'llanilib kelinmoqda.
Xulosa qilish joizki biotexnologiyaning asosini mikrob faoliyati tashkil qiladi. Shunday ekan faol mikroorganizmlar yaratish, ularni faglardan va tashqi salbiy muhit taʼsiridan asrash masalalari ham eng muhim vazifalaridan biridir.
Shu kabi qator o'ta muhim muammolarni yechishda nafaqat mikrobiologlar, biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muhandislar va texnologlar ishtirok etishlari zarur bo'ladi. Bu esa, biotexnologiya fanini yaxshi o'zlashtirib olish uchun yuqorida eslab o'tilgan fanlardan xabardor bo'lmoqlikni taqoza etadi.
Download 14.44 Kb.




Download 14.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mikroorganizmlardan biotexnologik jarayonlarda foydalanish

Download 14.44 Kb.