Ko’p parametrli va ko’p bosqichli uzluksiz texnologik jarayonlarda axborot texnologiyalarini bashoratli boshqaruv model’ sifatida qo’llash




Download 232,76 Kb.
bet1/4
Sana12.01.2024
Hajmi232,76 Kb.
#135861
  1   2   3   4
Bog'liq
2 maqola uchun


KO’P PARAMETRLI VA KO’P BOSQICHLI UZLUKSIZ TEXNOLOGIK JARAYONLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI BASHORATLI BOSHQARUV MODEL’ SIFATIDA QO’LLASH


Jahonda zavod va korxonalar oldida ko’p parametrli, ko’p bosqichli uzluksiz ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarishda, dolzarb muammolar qatorida standart talablarga javob beradigan mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, ekologik xavfsizlik talablarini bajarish kabi muammolar ajralib turadi.Ushbu muammolarni zamonaviy texnologiyalaridan foydalanmasdan ishlab chiqarish jarayonini avtomatik boshqarib bo’lmaydi. Natijada, so’nggi o’n yil ichida axborot texnologiyalari ishlab chiqarishni barcha bosqichlarida, sensor darajalaridan (boshqaruvning pastki darajasi) korxonaning yuqori boshqaruv darajasidagi boshqaruvgacha kirib borganligini kuzatish mumkin. Har bir boshqaruv bosqichining avtomatlashtirilgan tizimlari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, agar boshqaruvning pastki darajalarida har bir soniya yoki daqiqada ma’lumotlarni yangilash talab qilinishi mumkin bo’lsa, unda boshqaruv ierarxiyasining yuqori qismida ma’lumotlarni yangilashning maqbul tezligi kuniga bir marta bo’ladi. Yuqori darajadagi boshqaruv tizimlari butun korxona bo’ylab resurslar oqimi, shu jumladan moliyaviy oqimlar, xom ashyo, mahsulotlar va mehnat resurslari bilan shug’ullanadi. Pastki darajadagi tizimlarning maqsadi texnologik jarayonni bevosita boshqarishdir. Bunday holda, boshqariladigan parametrlar fizik (bosim, harorat, konsentratsiya va boshqalar) miqdorlar bo’lishi mumkin. Turli darajadagi boshqaruv tizimlarining yuqoridagi farqlariga qaramay, ularning integratsiyasi ta’minlanishi kerak – faqat bu holda ular korxonaning keng qamrovli axborot tizimini tashkil qiladi va eng samarali ishlaydi, xarajatlarni kamaytirish hamda mahsulot sifatini oshirish vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi. Masalan, yonilg’i oqimi datchiklarining to’g’ri jamlangan ma’lumotlari bilan menejer yoqilg’i ta’minoti uning iste’mol darajasiga mos keladimi yoki yo’qmi, yoki ma’lum bir texnologik blokda yoqilg’idan qanchalik samarali foydalanilganligi haqida xulosa chiqarishi mumkin. Yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari birlamchi xom ashyo xarajatlarini rejalashtirish, texnologik qurilmalarning zarur ishlashini aniqlash, uskunalarni ta’mirlash uchun eng qulay vaqtni tanlash va boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin. Shu bilan birga, agar quyi darajadagi boshqaruv tizimlari kirish parametrlari va ta’sirlarning o’zgarishiga to’g’ri javob berib, jarayonni ishonchli optimal boshqarishni ta’minlasa, ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishiladi. Maqolaning boshida ko’rsatilgan ishlab chiqarish muammolariga qarasak, shuni ta’kidlash mumkinki, mahsulot sifati boshqarish tizimini texnologik jarayon parametrlarini reglamentida belgilangan qiymatlar doirasida ushlab turishga qodirligiga bog’liq. Biz jarayonni boshqarish tizimining xususiyatlari ishlab chiqarishning bugungi bozorda raqobatbardoshligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan yana bir sababni qayd etamiz. Korxonaning muvaffaqiyati taklif etilayotgan mahsulotlar turi bozor ehtiyojlarini qanchalik qondirishiga bog’liq. Ko’pincha yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun uskunalarni almashtirish bilan bog’liq ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga katta sarmoyalar talab etiladi. Shu sababli, mavjud texnologik tizim yangi texnik shartlar talablariga javob bera oladimi yoki yo’qligini tushunish muhim masala, agar faqat jarayonni boshqarish tizimi yangilangan bo’lsa, chunki bu holda talab qilinadigan investitsiyalar miqdori sezilarli darajada kamroq bo’ladi. An’anaviy ravishda texnologik jarayonni boshqarish bo’yicha qarorlar qabul qilish SKADA tizimi bilan o’zaro aloqada bo’lgan shaxs (operator, dispechir)ga yuklangan (ingl. SCADA – System for Control And Data Acquisition – ma’lumotlarni yig’ish va boshqarish tizimi).
Zavodda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning samaradorligini oshirish usullaridan biri bashoratli boshqaruv modelarini qo`llash hisoblanadi. Bashoratli boshqaruv modeli-bu turli xil tizimlarni boshqarish vazifalariga, shu jumladan noaniqliklar sharoitidagi ko’p parametrli uzluksiz tizimlarga va o’zgaruvchan parametrlarga ega tizimlarning boshqaruv muammolari bo’yicha yaxshilangan boshqaruv tizimini ta’minlashga imkon beradigan umumiy qabul qilingan boshqaruv strategiyasi; klassik yondashuv bir o’lchovli chiqish va kirish o’zgaruvchilari va doimiy parametrlarga ega bo’lgan tizimlarni hisobga olish bilan cheklangan.
Bashoratli boshqaruv modeli jarayon o’zgaruvchilari o’rtasidagi barcha o’zaro ta’sirlar tizimni tavsiflovchi tenglamalar tizimining real vaqt rejimida uzluksiz yechimi asosida hisoblanadi.
Modellarni ko'rib chiqishga o'tishdan oldin, shuni ta'kidlash kerakki, modellarning nomlari va mos keladigan usullari odatda bir xil. Masalan, [1], [11], [12], [13] tadqiqot ishlarida eng keng tarqalgan bashoratlash modellaridan biri – g`layon ta`sirini hisobga olgan holda avtoregressiva modeli (ARIMAX )ga bag'ishlangan Ushbu model va unga mos keladigan usul odatda ARIMAX deb ataladi. Hozirgi vaqtda ikkala model va usullarning nomlari uchun inglizcha qisqartmalardan foydalanish odatiy holdir.
Vaqt qatorlarini bashorat qilish uchun modellar va usullarni tasniflash bo'yicha oson tushuntirilgan materiallar to'plamini "Bashoratlash modellari tasnifi" [14] nomli adabiyotda keltirilgan.[14] ga ko'ra, hozirda 100 dan ortiq bashoratlash modellari sinflari mavjud. Boshqalarida ma'lum o'zgarishlarda takrorlanadigan modellarning umumiy sinflari soni ancha kichikdir. Ba'zi modellar va mos keladigan usullar individual bashoratlash protseduralariga tegishli. Ba'zi usullar asosiy usullardan yoki bir-biridan xususiy texnikalar soni va ularni qo'llash ketma-ketligi bilan farq qiluvchi individual texnikalar majmuasini ifodalaydi.
Analitik sharhda [14] barcha bashoratlash usullari ikki guruhga bo'lingan: intuitiv va rasmiylashtirilgan.
E. Tixonovga bashoratlash usullari tasnifi ko'ra: Intuitiv bashoratlash bashorat ob'ekti juda oddiy yoki aksincha, tashqi omillar ta'sirini analitik hisobga olishning iloji bo'lmagan darajada murakkab bo'lganda qo'llaniladi. Intuitiv bashoratlash usullari bashoratlash modellarini ishlab chiqishni o'z ichiga olmaydi va jarayonning rivojlanish istiqbollari bo'yicha mutaxassislarning (ekspertlarning) individual mulohazalari aks ettiriladi. Intuitiv usullar kasbiy tajriba va sezgisidan foydalanishga asoslangan(1.4(a)-rasm). Bunday usullarning rivojlanishi matematik modellashtirishga to'liq yoki qisman mos kelmaydigan, ya'ni adekvat modelni ishlab chiqish qiyin bo'lgan jarayonlarni tahlil qilish uchun ishlatiladi. [6] da bunday usullarga ekspert baholari, tarixiy analogiyalar va modelni bashorat qilish usullari kiradi. Bundan tashqari, ekspert tizimlardan foydalanish, jumladan, noaniq mantiqdan foydalanish ham hozir keng tarqalgan[15]. [16] da intuitiv bashoratlash usullari batafsil tavsiflangan.

1.4 (a)-rasm. Kasbiy tajribaga asoslangan boshqaruv tizimi.

1.4(b)-rasm. Bashoratlovchi model asosidagagi boshqaruv tizimi.
Rasmiy usullar bashoratlash modellarini ko'rib chiqadi.[9] bashoratlash modellari statistik modellarga va tizimli modellarga bo'linadi. Bu haqda Jingfei Yang tomonidan vaqt qatorlarini bashoratlash modellarining tasnifi batafsilroq keltirilgan.
Statistik modellarda vaqt qatorlarining kelajakdagi va haqiqiy qiymatlari, shuningdek tashqi omillar o'rtasidagi funktsional bog'liqlik analitik tarzda belgilanadi. Statistik modellar quyidagi guruhlarni o'z ichiga oladi:
  1   2   3   4




Download 232,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’p parametrli va ko’p bosqichli uzluksiz texnologik jarayonlarda axborot texnologiyalarini bashoratli boshqaruv model’ sifatida qo’llash

Download 232,76 Kb.