• О‘quv mashg‘ulotining maqsadi
  • 2.Ferment manbalari.
  • 3-ilova “Blits sо‘rov” usuli 1. Restriksion fermentlar haqida nimlaarni bilasiz 2. Ferment manbalari qaysilar 4-ilova
  • 4. Restriksion fermentlarning turlari.
  • 5-ilova “Blits sо‘rov” usuli 1. Fermentlar qanday ajratib olinadi 2. Fermentlar faolligi qanday aniqlanadi 6-ilova
  • Bilaman Bilib oldim Bilmoqchiman
  • 4-Mavzu: Restriksion fermentlar. 1-ilova. Mavzu: Restriksion fermentlar




    Download 22,64 Kb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi22,64 Kb.
    #143137
    Bog'liq
    рестрикция усули


    4-Mavzu: Restriksion fermentlar.


    1-ilova.


    Mavzu: Restriksion fermentlar
    Reja:

    1. Restriksion fermentlar.

    2. Ferment manbalari.

    3. Fermentlarni ajratib olish va faolligini aniqlash.

    4. Restriksion fermentlarning turlari.



    О‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Restriksion fermentlar haqida ma’lumot berish.
    О‘quv faoliyatining natijasi: Restriksion fermentlar haqida bilim va kо‘nikmaga ega bо‘ladi.


    2-ilova
    1.Restriksion fermentlar.

    Bakteriya xromosomasining uzunligi 1 mm atrofida bо‘lib, u taxminan 3 mln nukleotidlardan iborat DNK molekulasidan tuzilgandir; u hujayrada bir necha ming marta zich joylashgan va 1 mkm maydonni egallaydi. Inson hujayrasi DNKsi 46 ta xromosomadan tuzilgan, ularning har birining uzunligi taxminan 4 sm, nukleotidlar soni esa 3 mlrdga yaqindir. Restriksion endonukleazalar, DNK molekulasini ma’lum bir nuqtalarda parchalaydi, natijada bir necha yuzdan, bir necha minggacha nukleotidli fragmentlar hosil bо‘ladi. Har bir restriktazalar DNKni о‘ziga xos ravishda parchalaydilar.




    2.Ferment manbalari.
    Bakteriya hujayrasiga genlarni ekspressiya qilish uchun hayvonlarning о‘ziga xos oqsil (masalan, insulin) ishlab chiqaradigan maxsus hujayrasidan ushbu oqsilni kodlaydigan mRNK ajratib olinadi. Sо‘ng qaytar transkriptaza yordamida mRNKga komplementar DNK ipi sintezlanadi. DNK nusxasiga komplementar bо‘lgan ikkinchi ip DNK-polimerazalar yordamida ajratiladi. Keyingi bosqichda qо‘sh ipli DNKnusxasi transferaza fermenti ishtirokida plazmidaga kiritiladi. Transferaza DNK uchlarida nukleotidlarning qisqa ketma-ketligini tiklaydi. Sо‘ng plazmidaning maxsus joyi, restriksion endonukleaza bilan parchalanadi. Plazmida parchalangandan keyin uning uchlari, transferaza yordamida guanin qoldig‘i bо‘lgan 4 ta nukleotidga joylashtiriladi. Shundan sо‘ng hosil bо‘lgan 2 ta DNK molekulalarining uchlari nukleotidlar ketma-ketligi о‘zaro ta’sirlashishi hisobiga birikadi; bakterial ferment – DNK-ligaza yordamida kiritilayotgan DNK va plazmida DNKsi tikiladi. Hosil bо‘lgan yangi halqasimon plazmida rekombinant DNKga ega bо‘ladi.


    3-ilova
    Blits sо‘rov” usuli
    1. Restriksion fermentlar haqida nimlaarni bilasiz?
    2. Ferment manbalari qaysilar?
    4-ilova
    3.Fermentlarni ajratib olish va faolligini aniqlash.

    Ma’lumki, hozirgi paytda insonlar orasida diabet kasalligi kо‘p uchraydi va uning bir necha kо‘rinishlari mavjuddir. Insulin yordamida davolanadigan formasi ushbu gormonni sintezlaydigan hujayralarning tanlab nobud bо‘lishi bilan bog‘liqdir. Diabetning insulin talab qilinmaydigan kо‘rinishi esa, tegishli naxrez yordamida davolanishi mumkin.


    1921 yili Torontoda Kanada Banting va Best itning oshqozon osti bezidan gormon ajratib olishgan va uning antidiabetik xususiyati borligini aytib о‘tishgan. 1922 yili hayvondan ajratib olingan insulin, kasallangan yosh bolaga yuborilgan va kutilgan natijaga erishilgan. Shundan sо‘ng insulin kо‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlangan.
    4. Restriksion fermentlarning turlari.

    Insulinning birinchi kristallari 1952 yilda olingan, keyinchalik uni tozalash metodlari takomillashtirilib, boshqa gormonal moddalar (masalan, glyukagon – insulin va somasatinni antogonisti) ham olina boshlangan. Gilbert va uning shogirdlari insulin mRNKsini kalamush oshqozon osti bezidagi β-hujayrasining о‘smalaridan ajratib olishgan. Buning uchun mRNKning DNKnusxasini rBR322 YE.coli plazmidasiga genning о‘rta qismiga penitsillinaza joylashtiriladi. Hosil bо‘lgan DNKning ketma-ketligi aniqlanganda, uning rekombinant plazmidasi proinsulin struktura haqidagi axborotga egaligi ma’lum bо‘lgan. Ichak tayoqchasi hujayralarida mRNK translyatsiyasi jarayonida penitsillaza va proinsulin ketma-ketligini tutgan gibrid oqsil sintezlangan. Oqsil tarkibidan tripsin yordamida gormon ajratib olingan. Ushbu yо‘l bilan olingan molekulalar ham oshqozon osti bezidan ajratib olingan gormon singari qand almashinuviga ta’sir qilgan.



    5-ilova
    Blits sо‘rov” usuli
    1. Fermentlar qanday ajratib olinadi?
    2. Fermentlar faolligi qanday aniqlanadi?


    6-ilova
    О‘z-о‘zini nazorat qilish uchun “B.B.B”



    Bilaman

    Bilib oldim

    Bilmoqchiman








    Download 22,64 Kb.




    Download 22,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-Mavzu: Restriksion fermentlar. 1-ilova. Mavzu: Restriksion fermentlar

    Download 22,64 Kb.