International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https:
econferencezone.org August 15
th
2022
61
CHIZMACHILIK FANI O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI
OSHIRISHDA SAMARALI USULLAR
Ergasheva Dilafruz Chori qizi
Shahrisabz
Davlat Pedagogika instituti
Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi
2-kurs magistratura talabasi
Annotatsiya
Mazkur maqolada kompetensiyaning mazmun-mohiyati, kompetentlikka bo`lgan
zaruratni
yuzaga keltiruvchi sabablar, chizmachilik fani o`qituvchilarining kasbiy kompetentligini
oshirish va raqobat muhitini yaratishda kasbiy kompetensiya
shakllari va ularning
ta’lim tizimiga samarali ta’siri haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: kompetensiya, pedagog, multimediya, komponent, metod, malaka, ko‘nikma.
Mamlakatimizda muhandislik grafikasi sohasida ta’lim samaradorligini oshirishda keng
ko`lamda ishlar olib borilmoqda, ta’lim
mazmunini loyihalash, kasbiy grafik
kompetensiyalarni tuzilmalarga ajratish, o‘qitishning yangi metodlarini
yaratish va ularni
ta’lim amaliyotida qo‘llashga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash sharoitida bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilaridan kasbiy grafik bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallash va ularni amalda qo‘llash talab etiladi. O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim
tizimini
yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar
tayyorlash siyosatini
davom ettirish”
1
ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bunda o‘qituvchilarda kasbiy grafik
kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda kasbiy grafik faoliyatning
barcha darajalarini puxta egallashlari uchun zarur imkoniyatlar bilan ta’minlash
dolzarb
muammo hisoblanadi. Jamiyatimiz rivojlanishi texnologiya, innovatsiya va novatsiyalar
bilan hamohang bo`lishiga bog`liq.
Dunyoda chizmachilik o‘qituvchisining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirishda
grafik bilimlar, obyektlarning funksional va konstruktiv o‘ziga xosligini bilishga asoslangan
ko‘nikma va malakalar (kompentensiyalar)ni samarali qo‘llash, faoliyat tajribasi, grafik kasbiy
yo‘nalganlik va grafik axborot texnologiyalari bo‘yicha
kreativlik muhitini yaratish,
chizmachilik o‘qituvchisi yo‘l qo‘yadigan xatolarning oldini olishga qaratilgan korrektiv
mashqlar tizimi alohida ahamiyatga ega. Chizmachilik fani o`qituvchilarining kasbiy
kompetenligi to`g`risida T.V.Lipovskaya, M.I.Killenevaya, T.I.Tatarinseva,
mahalliy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.// O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. –T.: 2017. –B.39.