• Fanni o`qitishdan maqsad va uning vazifasi
  • Talabalarning bilimi, malakasi va ko`nikmasiga qo`yiladigan talablar.
  • Oziq-ovqat injineringida avtomatlashtirish va modellashtirish




    Download 46,35 Kb.
    bet1/3
    Sana24.09.2024
    Hajmi46,35 Kb.
    #272319
      1   2   3
    Bog'liq
    1-ma\'ruza


    1-MA’RUZA “Oziq-ovqat injineringida avtomatlashtirish va modellashtirish”
    faniga kirish


    Reja:

    1. Fanni o`qitishdan maqsad va uning vazifalari.

    2. Kimyo va oziq-ovqat texnologik tizimlari

    3. Oziq-ovqat korxonasining ierarxik tuzilishi.



    Fanni o`qitishdan maqsad va uning vazifasi

    Oziq-ovqat injinirigi tizimlarini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish hamda texnologik jarayonlarni boshqarish masalalarni yechishda zamonaviy hisoblash texnikasining keng qo`llanishi xar hil sohadagi texnologlardan EHMlarni to`ri qo`llashda va ularni ishlatishga zaruratni to`ri aniqlashda yetarli bilim va uquv talab qiladi.


    Fanni o`qitishdan maqsad EHMni oziq-ovqat injiniringi masalalarini, ya’ni ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish, optimallashtirish va boshqarish masalalarini yechishda qo`llash imkoniyatlarini o`rgatish, talabalarni EHMni kimyo va oziq-ovqat texnologik jarayonlarini hisoblash eksperimenti o`tkazish yo`li bilan o`rganish va kimyo va oziq-ovqat texnologik jarayonlarini optimallashtirish va loyihalash masalalarini yechish uslublariga o`rgatishdir.
    «Oziq-ovqat injinirigida modellashtirish» fanida juda keng spektrdagi masalalar, hisoblash mashinalarini ilmiy tadqiqotlarda qo`llashdan boshlab, to texnologik jarayonlarni boshqarishda qo`llashgacha bo`lgan masalalar ko`riladi.


    Talabalarning bilimi, malakasi va ko`nikmasiga qo`yiladigan talablar.

    Ushbu faning o`zlashtirish natijasida, talaba o`z sohasida EHMni qo`llay bilishi va uning imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, qo`yilgan masalani yetarlicha bakalavrlik darajasida yechish uchun :


    -Texnologik jarayonlarni matematik modellarini tuzishning umumiy prinsiplarini va uslublarini ;
    - Texnologik jarayonlarni EXMda matematik modellashtirish masalalari va ularni yechish usullarini;
    -Texnologik jarayonlarini optimallashtirish masalasining qo`yilishini va ularni yechish usullarini bilishi kerak.
    -Texnologik jarayonlarni dinamik va statik modellarini tuzish bo`yicha,
    -Texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish masalalarini to`ri qo`yish va yechish bo`yicha,
    -Texnologik tizimlarni tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish masalalarini yechish bo`yicha uquvga ega bo`lishi kerak.
    Talaba EHMda yechilayotgan masalalarni to`ri, korrekt qo`yish va ularni yechish algoritmlarini qo`llab, asoslangan natijalar olishga ko`nikma hosil qilishi kerak.

    «Oziq-ovqat injinirigida modellashtirish» fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, avtomatik rostlash tizimlarining tasnifi va ishlash printsipini, hamda zamonaviy boshqarish tizimlarini to`ri tanlash va ishlatish masalalarini qamraydi. Bunda bakalavr jarayonni modellashtirish, optimallashtirish va boshqarish ilmining fundamental asoslarini, texnologik parametrlarni hamda uning ishlab chiqarishdagi ahamiyatini o`rganish imkoniga ega bo`ladi.



    Download 46,35 Kb.
      1   2   3




    Download 46,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat injineringida avtomatlashtirish va modellashtirish

    Download 46,35 Kb.