|
Kimyo va oziq-ovqat texnologik tizimlari
|
bet | 3/3 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 46,35 Kb. | | #272319 |
Bog'liq 1-ma\'ruzaKimyo va oziq-ovqat texnologik tizimlari
Kimyo va oziq-ovqat texnologiya tizimlari (kegusida texnologik tizimlar) deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi. Shunday qilib texnologik tizimlar jarayonni, u ketayotgan qurilmani, jarayonni nazorat va boshqarish vositalarini va ular orasidagi o`zaro boliqliklarni o`z ichiga olar ekan.
Masalan: reaktorda ketayotgan boshqariladigan texnologik jarayonni- texnologik tizimlar deb qarash mumkin (1 - rasm). Texnologik jarayonning ketishi bo`yicha axborot birlamchi o`zgartirgichdan (BO`) rostlagichga (R) uzatiladi, u o`z navbatida texnologik parametrning shu vaqtdagi qiymatini belgilangan qiymatdan farqiga qarab rostlash ta’sir signali ishlab chiqaradi va ijrochi qurilma (IKM) orqali ob’ektga ta’sir ko`rsatadi.
1 – rasm
Texnologik tizimlarda ma’lum bir fizik kimyoviy jarayonni amalga oshirish uchun, bizga aralashtirgichli reaktor va shu jarayonni boshqarish tizimi bo`lishi kerak.
Ushbu texnologik tizim tashqi muhit bilan o`zaro ta’sirda bo`lgani uchun, uning holatini kirish X va chiqish U signallari orqali baholash mumkin. Kirish signali bo`lib odatda xom-ashyo, uning miqdori, tarkibi, temperaturasi va boshqalar bo`lishi mumkin. Chiqish signali bo`lib, tayyor mahsulot miqdori, uning sifati, teperaturasi va boshqalar bo`lishi mumkin.
Texnologik tizimga odatda har xil turtkilar Z ta’sir ko`rsatadi va texnologik tizimni belgilangan sharoitlardan chiqaradi. Bu turtki ta’sirlarini kompensatsiya qilish uchun, odatda boshqaruvchi ta’sirlardan foydalaniladi.
Texnologik tizim- murakkab ob’ekt hisoblanib , uni alohida elementlarga (podsistema) dekompozitsiyalash mumkin. Elementlar o`zaro informatsion bir-biri bilan va ob’ekt atrof muxiti bilan boliqdir. Bu boliqliklar ob’ekt tuzilishini tashkil etadi.
Tayanch so`z va iboralar
1. Kompyuterlar - zamonaviy shaxsiy elektron xisoblash mashinasi.
2.Kimyoviy kibernetika - texnologiya tizimlarini EXM yordamida boshkarish va tadkikot kilish.
3. Texnologiya tizimi - texnologik jarayon, shu jarayon ketayotgan kurilma va shu jarayonni boshqarish tizimi hammasi birgalikda texnologik tizim deyiladi.
4. Matematik modellashtirish - texnologik jarayonni uning matematik modeli yordamida o`rganish.
5. Tizimli taxlil kilish - jarayonni o`rganishda uni elementar jarayonlarga bo`lib o`rganish.
6. Tizimni dekompozitsiyalash - tizimni aloxida elementar jarayonlarga bo`lib o`rganish.
7. Ishlab chiqarish korxonasining ierarxik tuzilishi - kimyoviy korxona ierarxik tuzilishining birinchi kuyi boskichi, ikkinchi o`rta boskichi va uchinchi yukori boskichi va ular orasidagi boliliqlar.
8. Lokal avtomatik rostlash tizimi - texnologik jarayondagi biror parametrni avtomatik rostlash tizimsi.
9. Texnologik jaraenlarni avtomatik boshkarish tizimlari - masalan biror sexda ketayotgan texnologik jarayonni optimal boshqarish tizimi.
10. Korxonani avtomatik boshkarish tizimlari - butun korxonani ishini avtomatik boshqarish tizimi.
Nazorat savollari.
Kimyoviy kibernetikaning tadqiqot usuli nima?
Tizimli taxlil qilish nima?
Texnologik tizim nimalarni o`z ichiga oladi?
Texnologik tizimlarni aloxida elementlarga dekompozitsiyalash deganda nimani tushunasiz?
|
| |