• Marshrutli bayon etish
  • Marshrutni tanlash
  • 2. Texnologik jarayon turi quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tanlanadi




    Download 0.8 Mb.
    bet1/8
    Sana01.09.2022
    Hajmi0.8 Mb.
    #25530
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    TEXNOLOGIK JARAYON TURINI TANLASH
    zagotovka hajmini va massasini hisoblash

    2. Texnologik jarayon turi quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tanlanadi:
    1. Yaratish uslubi bo‘yicha – unifikatsialashgan yoki agona texnologik jarayon. Agar unifikatsiyalashgan bo‘lsa – tipaviy yoki guruhli texnologik jarayon. Ishlan chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimi standartlariga muvofiq texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi tartibda olib boriladi:
    -klassifikatorga muvofiq detal kodini aniqlash;
    -unifikatsiyalashgan texnologik jarayonni ishlab chiqish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun konstruktiv va texnologik jamlash belgilari bo‘yicha detallarni guruhlash;
    - guruhli yoki tipaviy texnologik jarayonni tuzishni imkoni bo‘lmasa ishlab chiqarishga joriy etilgan progressiv yechimlar bazasida yagona texnologik jarayon tuziladi.
    2. Vazifasiga (ahamiyatiga) ko‘ra – loyihaviy, ishchi yoki perspektiv (istiqbolli) texnologik jarayon. Loyihaviy texjarayon konkret korxonaga “bog‘lanmasdan” tuziladi. Ishchi texjarayonni ishlab chiqarishga joriy etish mumkin. Istiqboldagi texnologik jarayonni tuzish uchun avval ma’lum ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va uni ishlab chiqarishga joriy etish lozim bo‘ladi.
    3.Loyihalash bosqichida liter tanlanadi. Liter bu – texnologik hujjatga va detal chizmasiga kiritiladigan shartli belgi. Quyidagi belgilashlar qabul qilingan: P- birlamchi (predvaritelniy) loyiha; O-tajribaviy (opitniy) nusxa; A-o‘rnatiladigan seriya; B- o‘zlashtirilgan seriyali va ommaviy ishlab chiqarish; I-yagona ishlab chiqarish.
    4.Rasmiylashtirishni batafsillashtirish darajasiga ko‘ra – marshrutli, marshrutli-operatsion, operatsion. Marshrutli bayon etish – o‘tishlar va texnologik rejimlarni ko‘rsatmasdan barcha texnologik operatsiyalarni bajarilish ketma-ketligining qisqacha bayoni. Operatsiyaviy bayon etish - – o‘tishlar va texnologik rejimlarni ko‘rsatgan holda barcha texnologik operatsiyalarni bajarilish ketma-ketligining to‘liq bayoni. Marshrutli-operatsion – marshrut kartasidagi texnologik operatsiyalarni qisqacha bayoni, lekin uning ayrim operatsiyalarini to‘liq bayoni.
    3.Zagotovkani tanlash alohida ma’ruzada tushuntirilgan. Zagotovka turini tanlashga detalning konstruksiyasi va ishlab chiqarishning turi ta’sir qiladi.
    4. Texnologik bazalar butligini (komplektini) tanlash – alohida ma’ruzada tushuntirilgan.
    5. Detalga ishlov berish marshrutini tanlash. Texnologik operatsiylar mazmunini va ketma-ketligini aniqlovchi texnologik marshrutni tuzish vazifasi eng muhim ish hisoblanadi. Birinchi navbatda operatsiylarning differesiyatsiyasi va konsentratsiyasini bilish zarur. Differensiyatsiya bu – jarayonni bir necha oddiy operatsiylarga bo‘lishdan iborat bo‘lib, unda jarayon ko‘pincha faqat bitta o‘tishdan iborat bo‘ladi. Differensiyatsiyaning afzalligi – operatsiylarning oddiyligi, demak arzon va oddiy jihozlarni, oddiy standart asboblarni, moslamalarni tanlash imkoniyati va malakasi past ishchilardan va sozlovchilardan foydalanish imkoniyatidir. Uning kamchiligi – bazalarni bir necha marta almashinuvi sababli aniqlikning pasayishi va ishlab chiqarish tsiklining cho‘zilishidir.
    Konsentratsiya – operatsiyalarni murakkablashtirish hisobiga imkoni boricha kam sonli operatsiyalarni qo‘llagan holda texnologik jarayonni tuzilishi hisoblanadi. Bunda aniqlik pasayadi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi qisqaradi, lekin jihozlar va sozlash ishlari murakkablashadi,dastgohni sozlash vaqti cho‘xiladi, yuqori malakali sozlovchilar talab qilinadi. Operatsiyalarni konsentratsiyalashga misol qilib, kompyuterli dasturiy boshqaruvga ega dastgohlarni va ishlov beruvchi markazlarni joriy etilishini keltirish mumkin. Tanlovning mezoni bu – jarayonning samaradorligi, yuqoriroq unumdorlik va yuqori sifatni ta’minlash bilan birga tannarxni kamaytirishdir. Marshrutni tanlash – ishlov berish aniqligini ta’minlovchi bazalarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq, bu masalalar avvalgi ma’ruzalarda ko‘rib chiqilgan. Dastgohlarning aniqlik xarakteristikalarini saqlab qolish uchun jarayonning boshida brakka yo‘l qo‘yilish ehtimoli ko‘proq mumkin bo‘gan mas’ul operatsiylarni, jarayon oxirida mas’uliyati pastroq operatsiyalarni bajarilishini nazarda tutgan holda marshrut qora va toza ishlov berish operatsiylariga ajratiladi. Operatsiyalarni bajarilishining bunday ketma-ketligi qimmatbaho va mas’ul detallarni tayyorlashda xarajatlarni kamaytirish imkonin beradi, masalan, korpusli va quyma buyumlarni tayyorlashda. Termik ishlov berish operatsiylarni bajarishdaa marshrut alohida qismlarga ajratib chiqiladi. Zarur hollarda marshrutga chilangarlik operatsiyalari kiritiladi, masalan, zirapchalarni tozalash, qirralarni dumaloqlash, rixtovka qilish hamda boshqa operatsiylar - nazorat, yuvish, korroziyaga qarshi qoplamalarni sepish kabi ham kiritilishi mumkin. Operatsiyalarni bajarish va o‘tishlar ketma-ketligiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha holatlar: bazalar yordamida ishlov beriladigan yuzalar aniqligiga qaraganda bazaviy yuzalarning aniqligi ko‘proq talab qilinadi.
    O‘tishlar va operatsiyalar ketma-ketligiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha vaziyatlar: bazaviy yuzalarning aniqligi ko‘p hollarda ushbu bazalar yordamida ishlov beriladigan yuzalarning aniqligiga qaraganda yuqori bo‘lishi talab qilinadi. Bular ishlov berish marshrutini tanlashda har bir konkret detal uchun sozlanadigan (korrektirlanadigan) asosiy qoidalar. Unifikatsiyalashgan texnologik jarayonlar uchun marshrutni tanlash soddalashgan bo‘ladi.
    6. Yuzalarga ishlov berish ketma-ketligini aniqlash. Operatsiyadagi o‘tishlar ketma-ketligini tuzish.
    Har bir texnologik operatsiya alohida hujjatda – opertison kartada bayon etilishi mumkin. O‘quv loyihalashda mexanik ishlov berish operatsiyalar operatsiyon kartalarda rasmiylashtirilishi zarur. Operatsion karta seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar uchun tuziladi va marshrut kartaga qo‘shimcha hisoblanadi. Operatsion karta operatsiyani tavsiflaydi va unda texnologik jihozlash, texnologik rejimlar va mehnat xarajatlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Har bir ishlov berish uslubi uchun va hatto alohida jihozlar turlari uchun operatsion kartalarning o‘z shakllari mavjud. Uslubiy ko‘rsatmalarda qirqish bilan mexanik ishlov berish uchun operatsion karta keltirilgan. Texnologik operatsiyani tuzish - detalni operatsion elementar yuzalarga bo‘lishdan boshlanadi. Bunda har bir yuzaga ma’lum bir asbob bilan ishlov berish imkoniyati aniqlanadi. Uslubiy qo‘llanmalarda har xil dastgohlarda yuzalarga ishlov berish sxemalari keltirilgan. Agar operatsion eskiz mavjud bo‘lmasa o‘tishlarninh to‘liq bayoni yozilishi lozim. Operatsion eskiz mavjud bo‘lsa qisqartirilgan yozuv kiritilishi lozim. Operatsion eskiz detalga ishlov berish bo‘yicha grafik tasvir bo‘lib xizmat qiladi. Eskizda detal berilgan operatsiyadan keyin tasvirlanadi. Eskiz bu – berilgan operatsiyadan keyingi detalning chizmasi bo‘lib, unda qo‘yimlar (joizliklar), g‘adir-budirliklar hamda o‘rnatish va tayanch yuzalarning shartli belgilanishi ko‘rsatiladi. Eskiz operatsion kartada yoki operatsion kartaga ilova qilinadigan alohida chizmada ko‘rsatiladi. O‘quv loyihalashda operatsion eskizni bajarish majburiy hisoblanadi. O‘tishlar mazmuni aniqlanganidan so‘ng, yani har bir operatsion yuzani qaysi asboblar bilan olinishi mumkinligi aniqlangandan keyin, yuzaning talab etilayotgan sifati va aniqligini ta’minlash, qo‘shimlar va o‘tishlar sonini hisobga olgan holda asboblar sonini kamaytirish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Operatsiya o‘z ichiga bitta va undan ko‘proq o‘rnatishlar, bitta va undan ko‘p o‘tishlarni olishi mumkin. Avval o‘rnatishlarning soni va ketma-ketligi ko‘rib chiqiladi va aniqlanadi, keyin – o‘tishlar soni.
    O‘tishlar ketma-ketligini tuzish bo‘yicha uslubiy ish quyidagilardan iborat:
    1.Ko‘p marta ishlov berishni talab qiluvchi yuzalarni va detalning eng mas’uliyatli yuzalarini aniqlash. Ushbu yuzalar 2 guruhga bo‘linadi: a) boshqa yuzalar bilan birgalikda ishlov berilishi yaxshiroq bo‘lgan yuzalar, masalan, o‘qdosh aylanuvchi yuzalar va ularga tutashuvchi chetlar; b)alohida operatsiyada ishlov berishni talab qiluvchi yuzalar, masalan, tishli gardishning tishlari va boshqalar. 2.Darhol va yakuniy ishlov berishga yo‘l qo‘yiladigan yuzalar. 3. 1,2-bandlarda ko‘rsatilgan yuzalar va ular uchun tanlab olingan ishlov berish sxemalari ketma-ket ko‘rib chiqiladi. Ushbu o‘tishlarning bir jinsliligini, eng qo‘pol yuzadan boshlab, ketma-ket aniq yuzalarga o‘tishlar baholanadi. Talab etilayotgan aniqlikka erishishni mo‘ljallab, shu yerda tanlanadigan dastgoh va moslamani hisobga olib, birdaniga bir necha yuzalarga ishlov berishni bitta o‘tishga birlashtiriladi. 4. O‘tishlarni bajarish ketma-ketligi ko‘rsatiladi.

    7.Qo‘shimlarni hisoblash.


    Qo‘shim bu kelgusi operatsiyalarda kesib tashlanishi lozim bo‘lgan va ataylab qoldirilgan material qatlamidir.
    Zagotovkaning yuzalari qanchalik toza va aniq quyilgan yoki shtampovkalangan bo‘lmasin, eksplutatsiya sharoitlarida qo‘shimcha mexanik ishlov berishsiz ulardan foydalanib bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda yuzaning notekisligi, yetarli bo‘lmagan to‘g‘ri chiqliligi, silindrikligi, o‘qdoshligi qo‘shimcha ishlov berilmasdan ulardan foydalanish imkonini bermaydi. Ushbu yuzaning ishlov berish jarayonida talab etilayotgan shakli, o‘lchami va g‘adir-budirligini olish uchun olib tashlanishi lozim bo‘lgan qatlami qo‘shim deyiladi. Qo‘shim ishlov beriladigan yuzaga ko‘ndalang yo‘nalishda va mm.da o‘lchanadi.


    Download 0.8 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Texnologik jarayon turi quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tanlanadi

    Download 0.8 Mb.