|
International Conference on Developments in Education International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https: econferencezone.org August 15
th
2022
62
olimlarimizdan Muslimov N.A, Xalimov M.K, Dilshodbekov SH.D, Valiyev A.N,
Muslimov SH.N. va boshqalarning o`z nazariyalari mavjud.
Kompetensiya (Competence) –inglizcha “to compete” so`zidan olingan bo`lib, “
raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Ta’lim sohasida bu so`zni
pedagoglarning o`zaro kasbiy faoliyatidagi raqobatlashuviga bo`lgan qobiliyati deb
tushunish mumkin. Kompetensiya - jamiyatning o`z fuqarolariga qo`ygan ijtimoiy talabi
bo`lib, ular ma’lum bir davlat yoki hududning ijtimoiy muhitidan kelib chiqib belgilanadi.
Ta’lim kompetensiyasi o`quvchi va yosh pedagoglarning kelgusidagi to`la qonli turmush
faoliyatini modellashtiradi. Kompetentlik esa kompetensiya bilan chambarchas bog`liq
tushuncha. Kompetentlikning mohiyati shuni ko`rsatadiki, u hayotiy muammolarni hal
qilish, asosiy (ko`plab ijtimoiy sohalarga tegishli) funksiyalarni bajarish, ijtimoiy roller,
vazifalarni bajarish, tajribasini o`z ichiga olgan ta’lim mazmunini aks ettiradi.
2
Bugungi kunda ta’lim jarayoni shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda talabalar
va chizmachilik fani o`qituvchilarimizda o`quv predmetlari bo`yicha faqatgina bilim
(o`rganilgan axborotlarni eslab qolish va qayta tushuntirish), ko`nikma (o`rganilgan
bilimlarni tanish vaziyatda qo`llay olish) va malaka (o`rganilgan bilim va ko`nikmalarni
notanish vaziyatda qo`llay olish va yangi bilimlar hosil qilish)ga ega bo`lishning o`zi
yetarli emas. Jumladan:
Ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarning hammasi ham hayotda
yuksala olmaydi;
O`z kasbiga oid bilim va ko`nikmalari yetarli bo`lgan kadrlar yangi ish joyiga
moslashishi ko`p vaqtni talab qiladi. Ularda amaliy tajribalar yo`q yoki yetarli
bo`lmaydi;
Maktab va litseylarda olingan bilim va ko`nikmalar tezda hal qilinishi lozim bo`lgan
hayotiy vaziyatlar bilan mos kelmaydi yoki umuman foydalanilmaydi. Ta’lim berishda
maqsaddan uzoqlashish yuzaga keladi;
Chizmachilik o`qituvchilarning bo`sh vaqtida, darsdan tashqari holatlarda o`z ustida
ishlamasliklari, mas’uliyatni his qilmasliklari ta`lim berish va ta’lim olish sifatiga
keskin salbiy ta’sir qilmoqda;
Bunga o`xshash vaziyatlar esa ta’lim jarayonida talabalar, pedagoglar olgan bilim,
ko`nikma va malakalarni bevosita kundalik hayotida foydalanishga instent hosil qiluvchi
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS larni hosil qilish va ularni ta’lim sohasiga
qo`llash zaruratini yuzaga keltiradi.Bu o`rinda xorij mamlakatlari tajribalaridan ham
foydalanish samaralidir. Rossiya davlatida muhandislik grafikasi o`qituvchilarining
kompetensiyalarning rivojlanish darajalarini monitoring qilish va baholash muammolariga
asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Bo`lajak texnologik ta’lim o`qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish.-T.: “LESSON PRESS” nashriyoti, 2021,40-bet.
2
|
| |