|
International Conference on Developments in Education International Conference on Developments in Education
Hosted from Bursa, Turkey
https: econferencezone.org August 15
th
2022
64
natijalari shuni ko`rsatadiki, animatsiyalar, grafik ma’lumotlardan foydalanib o`qitish
quyidagilarga ta’sir ko`rsatadi
4
:
Eslab qolish qobilyatini 10% ga oshiradi;
Tushunish xususiyatini 30% ga oshiradi;
Mashg`ulotlar vaqti 50% gacha qisqaradi;
Talabalarni dars mashg`ulotlari vaqtida jalb qilish muddati uzayadi.
Bugungi kunda ulg`ayib kelayotgan avlodlarimiz ongi yoshiga nisbatan ancha
ilg`or rivojlanmoqda. Maktab o`quvchilarini eski metodlar, devoriy ko`rgazmali, rasmli
materiallar bilan butun dars davomida diqqatini qaratishning iloji yo`q. Chunki
ular uchun bular qiziqarli emas, odatiy holat hisoblanadi.Doskada ishlash va
chizmalarni chizish ancha vaqt talab qiladi. Shu bois, yangi metodlarni qo’llash,
novatsiyalar, multimediyalar, grafikalar, videotexnikalar va yangi dasturlardan foydalangan
holda chizmachilik darslarini o`qitish hozirgi zamon talabidir. Muhandislik grafikasi va
chizmachilik darslarida multimediya vositalaridan foydalanishning bir qator yutuqlari
mavjud.
Rangli grafika, animatsiyalar, saundrek, gipermatnlar, videolar, slaytlardan foydalanishga
imkon beradi;
Ma’lumotlarni doimiy yangilash imkoniyatini taqdim etadi;
Nashriyotga va qayta ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar kamayadi;
Testlar, yangi metodlar, ish reja va interaktiv veb-elementlar bilan ishlash qulay;
Elektron kutubxonalardan istalgan ma’lumotga ega bo`lish mumkin;
Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun masofaviy ta’lim olishga imkoniyat yaratiladi;
Zoom platformasidagi mashg`ulotlar o`qituvchi va talabalar uchun iqtisodiy
yengillik yaratadi.
Real vaqtda tasavvur qilish qiyin bo`lgan yoki ilojsiz jarayonlarni ko`ra olish
imkoniyatini yaratadi.
|
| |