|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarBog'liq K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda isBo‘yoq pardasining egilishga
11. 3- rasm. Elastilikni
aniqlovchi har xil
tipli asboblar.
bo‘lgan mustahkamligi. Bo‘yoq
pardasining egilishga bo‘lgan
mustahkamligi bo‘yoqni qanday
ish sharoitlarida ishlatish mum-
kinligini aniqlashga imkon beradi.
Lok-bo‘yoq pardaning egilishga
bo‘lgan mustahkamligi elas tiklik
shkalasi deb nomlangan asbob da
aniqlanadi (11. 3- rasm). Bunda
pardali asos ma’lum diametrli
sterjenga o‘ralganda uzilmasligi
(sinish, yorilish, darz ketish) va
ko‘chmasligi kerak. Asbob plast-
massa taglikka o‘rnatilgan va
vintlar yordamida mahkamlangan.
Mustahkamligi aniqlanishi lo -
zim bo‘lgan bo‘yoq qalinligi 0,2–
0,3 mm bo‘lgan tunuka plastin -
kaga surkaladi va quritiladi.
Quritilganidan keyin (nitroloklar
uchun qurish vaqti 24 soat, moy-
li bo‘yoqlar uchun 72 soat) undan
eni 20 mm, uzunligi 100 mm li
291
tasma qirqib olinadi. Keyin tasmalardan birining bo‘yalgan tomo-
ni yuqoriga qilimib, diametri 20 mm bo‘lgan sterjen atrofida 180°
ga egiladi. Egish xona haroratida (20 ± 5°C) va qisqa vaqt (2–3 s)
ichida amalga oshiriladi. Agar parda sirtida egilishdan so‘ng lupa
yordamida ko‘rinadigan singan yoki darz ketgan joylar bo‘lmasa
egishni diametri 15 mm, 10 mm li va hokazo sterjenlarda, ya’ni
bo‘yoq parda sirtida yoriqlar (darz ketish va qatlam-qatlam bo‘lib
ko‘chish) paydo bo‘lgunicha davom ettiriladi.
Bo‘yoq pardasining egilish mustahkamligi shu lok-bo‘yoq par-
dani egishda shikastlanmay qolgan sterjenning eng kichik diametri
bilan ifodalanadi. Masalan, «Elastiklik 15» deyilganida, parda dia-
metri 15 mm dan ortiq bo‘lgan sterjenlar atrofida egilganda o‘zgar-
maydi deb tushuniladi, ammo diametri 10 mm li sterjenda u buzila-
di va yoriqlar bilan qoplanadi.
Agar parda diametri 20 mm bo‘lgan sterjen atrofida egilganida
urilish yoki ko‘chib ketish hollari ro‘y bersa, u holda parda elastik
emas, ya’ni mo‘rt deb baholanadi.
Pardaning zarbiy kuch ta’siriga chidamliligini aniqlash bo‘yal-
gan sirtga yuqoridan sharcha tashlab aniqlanadi. Odatda, har bir
buyum uchun texnikaviy shart yoki standartlarda parda mustah-
kamligi ko‘rsatiladi.
11. 9. Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda
|
| |