290
Bo‘yoqning viskozimetrdan oqib tushish vaqti 60 sekunddan
ortib ketsa ham, uni ishlatish maqsadga muvofiq emas. Chunki
bo‘yoq qovushoqligining bu ko‘rsatkichdan ortib ketishi uning
berkituvchanlik xususiyatini yomonlishtirishi bilan birga sifatli
qoplamlar olishga to‘sqinlik qiladi. Hosil qilingan qoplamalar qu-
rish paytidayoq yorilib ketishi mumkin.
Bo‘yoqlarning ishchi qovushoqligi turli markadagi bo‘yoqlar
uchun turlichadir. Masalan, МЛ–197 uchun 20–22 s, МЛ–1110
uchun 24–28 s, МЛ–152 uchun 23–25 s, МШ–123 uchun 25–30 s,
MC–17 uchun 20–25 s.