• Erituvchilar
  • Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini
  • Shpaklovkaning quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Shpaklovkaning quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi
    Shpaklovka
    Quritish rejimi
    Ishlatish sohasi
    Haro-
    rat, °C
    Ouritish
    davomiy-
    ligi, soat
    Perxlorvinil:
    XB–005
    XB–004
    2060
    2,51,0
    Umumiy va mahalliy qoplam berishda. 
    Mahalliy shpaklovkalashda ishlatiladi
    Pentaftalli
    ПФ–002
    20
    24
    Umumiy va mahalliy shpaklovkalashda 
    ishlatiladi 
    Moyli
    КФ–003
    100
    1. 0
    Yopiqlikdagi sirtlarda qoplam hosil 
    qi lishda, umumiy va mahalliy shpak-
    lovkalashda ishlatiladi 
    Nitrosellulozali 
    НЦ–007
    20
    1,0
    Unchalik katta bo‘lmagan nuqsonlarni 
    to‘g‘rilashda ishlatiladi
    Alkidstirolli
    C–006
    20
    0,25
    Unchalik katta bo‘lmagan nuqsonlarni 
    to‘g‘rilashda ishlatiladi
    Epoksidii:
    ЕП–0010 
    20
    24
    Chuqurligi 2 mm gacha (to‘ldirgich bi-
    lan 5 mm gacha) bo‘lgan nuqsonli yu-
    zalarda kimyoviy turg‘un qoplam hosil 
    qilishda ishlatiladi
    ЕП–0020 
    20
    24
    5 mm gacha egilgan yuzalarni to‘g‘ri-
    lashda ishlatiladi
    Shpaklovkalar quyuq pastadan iborat bo‘lgani sababli, qurig-
    anida yorilib, uvalanib ketmasligi uchun shpaklovka qatlami-
    ning umumiy qalinligi 2 mm dan, bir marta surtilgan qatlamning 
    qalinligi esa 0,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Gruntovkalan-
    gan sirtning avval biror yeriga, so‘ngra butun sirtiga yaxlit qilib 
    shpaklovka surtiladi. Qatlamlarning umumiy soni to‘rttadan osh-
    285
    masligi, navbatdagi qatlamni surtishdan oldin avvalgisi quritilishi 
    lozim. Quritganidan so‘ng har bir shpaklovka qatlami dag‘al (80–
    120 raqamli) jilvir qogoz bilan jilvirlanadi. So‘ngra tashqi qatlam 
    suv yoki erituvchi bilan namlanib, suvga chidamli 150–180 raqamli 
    mayin jilvir qog‘oz yoki pemza bilan jilvirlanadi. Sirt qo‘lda yoki 
    maxsus mashinalar bilan jilvirlanadi, so‘ngra latta, cho‘tka yoki 
    changyutkich bilan changdan tozalanadi. 
    11. 7. Erituvchilar
    Erituvchi sifatida butil va etil spirtlari, solvent, toluol, aseton, 
    ksilol, uayt-spirit (benzinning 165–200°C li bo‘lgan tor fraksiyasi) 
    va ularning aralashmalari ishlatiladi. Bulardan tashqari, parda ho-
    sil qiluvchi modda turiga qarab, sanoatda chiqariladigan P–4, P–5, 
    № 648, 646, 647, 651, РВД, PE–1, P–40 va boshqa suyuqliklardan 
    foydalanish mumkin. Bularning hammasi tarkibida turli miqdorda 
    etil, butil spirti, aseton, ksilol va boshqa moddalar bo‘lgan eritma-
    lardir. 
    To‘liq ta’mirlashda yangi qoplama surtishdan oldin eski bo‘-
    yoqni ketkazish zarur. Buning uchun turli erituvchi va yuvish 
    suyuqliklaridan foydalaniladi. АТФ–1 suyuqligining ta’siri kuchli 
    bo‘lib bo‘yoqlarni 20 daqiqa ichida parchalaydi. Bu suyuqlikni ish 
    o‘rnining o‘zida tayyorlash mumkin. Buning uchun aseton, spirt, 
    toluol, skipidar kabi erituvchilar kerak bo‘ladi. Qaynoq suvda 30–
    40°C gacha isitilgan suyuqliklardan foydalaniladi. 
    Zanglarni ketkazish uchun tarkibida kislotalar, organik to‘ldir-
    gichlar bo‘lgan ko‘pgina vositalar tavsiya etiladi. Sanoatda tarkibi-
    da ortofosfor kislota, etil va butil spirtlar, gidroxinon bo‘lgan 
    1120 raqamli tarkib ishlab chiqariladi. Kislota zangni eritib, sirt-
    da fosfat pardasi hosil qiladi. Bu parda metallning yemirilishiga 
    to‘sqinlik qiladi. Tarkib cho‘tka yoki bo‘yoq purkagich bilan surti-
    ladi va 2–4 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Shundan keyin ish-
    lov berilgan sirt quritiladi va kislota qoldiqlari 107 raqamli suyuqlik 
    (ammiak bilan etil spirtning suvdagi eritmasi) bilan neytrallanadi. 


    286
    Agar zangni ketkazish uchun tayyor tarkib bo‘lmasa, unj tayyor-
    lash mumkin. Buning uchun shisha bankaga 40–50 g kartoshka 
    kraxmali va shuncha suv solinib, massa yaxshilab aralashtiriladi. 
    Olingan aralashmani aralashtirib turgan holda asta-sekin 100 ml 
    konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Pasta quyulib, tiniq holat-
    ga o‘tadi. Ishlov beriladigan sirtga tarkib cho‘tka bilan surtiladi va 
    2–3 daqiqadan so‘ng olib tashlanadi. Tozalangan metall sirt kuch-
    siz ishqor bilan, masalan, ichimlik sodaning 3 foizli eritmasi bilan 
    neytrallanadi va quriguncha artiladi. 
    Zangni ketkazuvchi barcha vositalar tarkibida zaharli moddalar 
    bo‘ladi. Shuning uchun ulardan ehtiyotkorlik bilan, yaxshisi, ochiq 
    havoda shamol esayotgan tomonda turib, rezina qo‘lqop kiyib foy-
    dalanish zarur. 
    Sirtlarni bo‘yashga tayyorlashda bajariladigan eng so‘nggi ope-
    ratsiya yog‘sizlantirishdir. Bu maqsadda uayt-spirit yoki benzin-eri-
    tuvchidan foydalanish mumkin. Yuvish vositalari tarkibidagi mod-
    dalar yog‘ qatlamlarini yaxshi ketkazadi. 11 suvga 1g kaustik soda 
    (o‘yuvchi natriy), 5–10 g kalsiylangan soda, 15–25 g trinatriyfosfat, 
    1 g suyuq shisha qo‘shib tayyorlangan yog‘sizlantirgichni tavsiya 
    etish mumkin. Sintetik yuvish vositalari MC (MC–6, MC–5)dan 
    foydalanish ham yaxshi natija beradi. Yaxshi yog‘sizlantiradigan 
    sirtda suv tomchilari to‘planmaydi, balki oqib tushib ketadi. 
    Oldindan tayyorlangan sirtga lok-bo‘yoq materiallari bo‘yoq 
    purkagich yoki cho‘tka bilan 2–3 qatlam qilib surtiladi. Agar pur-
    kagichdan foydalanilsa, bo‘yoq oqimi sirtga perpendikular tarzda 
    yo‘nalishi kerak. Material avval vertikal polosalar tarzida, so‘ngra 
    gorizontal polosalar tarzda surtiladi. Faqat shundagina bir tekis 
    qoplam hosil qilish mumkin. Bo‘yashni chang va suv tushmasligi 
    uchun xona ichida yoki bostirma tagida 10°C dan past bo‘lmagan 
    haroratda bajarish lozim. 
    Lok-bo‘yoq qoplama quriganidan so‘ng nam o‘tkazmaydigan 
    qattiq parda hosil qiladi. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari baja-
    rilsa, asosiy lok-bo‘yoq materiallari (shpaklovka, gruntovka, emal) 
    287
    to‘g‘ri tanlansa va ularni surtish qoidalariga amal qilinsa, ta’mir-
    langanidan keyin zavodnikidan qolishmaydigan qoplama hosil 
    bo‘ladi. Ammo barcha operatsiyalarga to‘la amal qilinganda ham 
    lok va bo‘yoqlar faqat bir necha yilgina xizmat qilishi mumkin. 
    Shu sababli materiallarni himoya qilish uchun hozir tarkibida kor-
    roziyalanishni sekinlatkichlar (ingibitorlar) bo‘lgan zangni ketka-
    zuvchi vositalar, ingibitor qo‘shilgan sovuqlayin fosfatlash erit-
    malari ishlatilmoqda. Ular bo‘yashdan oldin avtomobillar, qishloq 
    xo‘jaligi mashinalari va turli uskunalarning sirtlariga ishlov berish 
    uchun tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sun’iy alif asosida ingibi-
    torli bo‘yoqlar ishlab chiqarilgan. Bu vositalardan foydalanilsa, 
    zangni ketkazish va bo‘yashdan oldin sirtni yog‘sizlantirishga hojat 
    qolmaydi. Ingibitor qo‘shilgan 1- va 2- raqamli bo‘yoqlar, masalan, 
    neft mahsulotlarini saqlash hamda haydash uchun mo‘ljallangan 
    po‘lat quvur va rezervuarlarni korroziyalanishdan saqlaydi. Fos-
    fat bo‘yoq qoplamlarning narxi odatdagisidan 2–3 barobar arzon, 
    ammo undan 3 barobar uzoq xizmat qiladi. 
    11. 8. Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shpaklovkaning quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish