288
nadi. Ishlatishga yaroqli bo‘lgan moyli bo‘yoqlar va emallarning
berkituvchanligi, odatda, yo‘lli oyna plastinka yoki
shaxmat taxtasi
usuli bilan aniqlanadi. Ikkala holda ham cho‘tka bilan surtilgan va
hali qotmagan emal va bo‘yoqlarning berkituvchanligi aniqlanadi.
Boyoqning berkituvchanligini yo‘lli oyna plastinka yordami-
da aniqlash. Bunda qalinligi 2–2,5 mm bo‘lgan, rangsiz oynadan
kesib olingan 100–300 mm o‘lchamli plastinkaning bir tomoniga
uzunligi 250 mm va eni 15 mm keladigan tasma shaklidagi uch yo‘l
bo‘yoq surtiladi. Plastinkaning ikkinchi chet tomoni qora, o‘rtasi
esa oq rangga bo‘yaladi. Plastinkaning ikkinchi tomoniga sinalayot-
gan material cho‘tka bilan yupqa qilib surtiladi. Oq qog‘oz usti-
ga qo‘yilgan plastinkaning sirti tasma shaklida, uch yo‘lli bo‘yoq
surtilgan ranglar ko‘rinmay qolgunicha bo‘yash davom ettiriladi.
Agar birinchi qatlam berilganidan so‘ng oq va qora yo‘llar ko‘rin-
sa, u holda qatlam 5 daqiqa davomida quritiladi va
ikkinchi qatlam
bo‘yoq beriladi va shunday yo‘l bilan bo‘yash oq va qora yo‘lli
ranglar ko‘rinmay qolgunicha davom ettiriladi. Shundan so‘ng
bo‘yalgan oyna plastinka 50–60°C haroratda 10 daqiqa davomida
quritiladi. Bo‘yashdan oldin va bo‘yalganidan keyin
plastinka tor-
tiladi va uni berkitish uchun sarf bo‘lgan sinalayotgan bo‘yoqning
miqdori aniqlanadi.