• Asosiy lok-bo‘yoq materiallari
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    asosidagi qoplamlarni markalash
    Mamlakatimizda lok­bo‘yoq materiallari 825–73­ sonli Davlat 
    standartiga ko‘ra, ular asosidagi qoplamlar esa 9. 032–74- sonli 
    Davlat standartiga ko‘ra markalanadi. 
    9825–73­ sonli Davlat standartiga ko‘ra loklar, gruntovkalar, 
    shpaklovkalar va bo‘yoqlarni markalashda chapdan o‘ngga tomon 
    o‘qiladigan 5 ta belgilar guruhidan foydalaniladi:
    1- guruhga quyidagilardan biri kiradi: lok, gruntovka, shpaklov-
    ka, emal. 
    2- guruhga 2 ta harf bilan ifodalanadigan asosiy plyonka hosil 
    qiluvchilar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
    Asosiy plyonka hosil qiluvchilar quyidagicha belgilanadi:
    Epoksi­efirlar ........................................................................................ ЕФ
    Bitumlar .................................................................................................ВТ
    Gliftallar ............................................................................................... ГФ
    Pentaftallar ........................................................................................... РФ
    Poliefirlat ............................................................................................... PE
    Fenolli ................................................................................................... ФЛ
    Perxlorvinilli ......................................................................................... XB
    Poliakrilli ..............................................................................................AK
    Nitrosellulozali ..................................................................................... HC
    Kanifolli ............................................................................................... КФ
    Shellakli ...............................................................................................ШЛ
    Eritilgan moyli ..................................................................................... MA
    Polivinilasetatli ......................................................................................ВЛ
    Poliakril smolalarining sopolimerlari ................................................... AC
    Melaminli ............................................................................................ МЛ
    Mochevinali ........................................................................................ МШ
    Epoksidli ............................................................................................... ЕП
    Alkid-stirolli .........................................................................................MC
    Kremniyorganik .................................................................................... КО
    Yantarli ................................................................................................. ЯН


    272
    2- guruh belgisidan so‘ng chiziqdan keyin keladigan 3-guruh 
    belgisi qoplamaning ishlatilish sharoitini belgilaydi. 
    Vazifasiga ko‘ra lok-bo‘yoq materiallarining ishlatilishi:
    Gruntovka va loklar ..................................................................................0
    Shpaklovkalar .........................................................................................00
    Atmosfera ta’siriga chidamli ....................................................................1
    Atmosfera ta’siriga chidamliligi
    chegaralangan (yopiq joyda, xonada
    foydalanish tavsiya etiladi) .......................................................................2
    Konservatsion ...........................................................................................3
    Suv ta’siriga chidamli ...............................................................................4
    Teri, rezina materiallarni tashqi
    tomondan qoplash uchun ..........................................................................5
    Moy va benzin ta’siriga chidamli .............................................................6
    Kimyoviy ta’sirga chidamli ......................................................................7
    Issiqlik ta’siriga chidamli (60°С dan 500°С gacha) .................................8
    Elektroizolatsion .......................................................................................9
    4- belgidagi 1, 2 yoki 3 ta raqam bilan ifodalanadigan belgi 
    ushbu lok-bo‘yoq materialiga berilgan tartib raqamini ko‘rsata-
    di va 3- belgi bilan 4- belgi orasida chiziqcha bo‘ladi yoki uzilish 
    bo‘lmaydi. 
    5- guruh belgisida bo‘yoqning rangi ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
    Masalan, gliftal smola asosidagi gruntovka – ГФ–020, nitrolok 
    asosidagi shpaklovka – HC–008. Tashqi qoplam hosil qilish uchun 
    zangori himoyalovchi nitroemal – HC–11–15 himoyalovchi-zan-
    gori. Atmosfera ta’siriga chidamli jigarrang moyli bo‘yoq MA–11 
    jigarrang ko‘rinishida belgilanadi. 
    Lok-bo‘yoq materiallari asosida olinadigan qoplamlar chapdan 
    o‘ngga qarab joylashtiriladigan quyidagi elementlar asosida belgi-
    lanadi:
    – qoplamning asosiy materiali markalanishi (9825–73- sonli 
    Davlat standarti bo‘yicha);
    – tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoplam klassi (rim raqami bilan 
    I dan VII gacha belgilanadi);
    273
    – qoplamning ekspluatatsiya sharoiti. 
    Ekspluatatsiya sharoiti bo‘yicha qoplamlar quyidagi guruhlar-
    ga bo‘linadi: P – xona ichida chidamli (avtomobillarning ichini 
    bo‘yashda ishlatiladi); A – atmosfera ta’siriga chidamli (avtomobil-
    larning tashqi sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); T – issiqlik ta’siriga 
    chidamli (termik sexlarning jihozlari bo‘yaladi); E – elektroizolat-
    siyalovchi (elektr uskunalari bo‘yaladi); X – kimyoviy ta’sirlarga 
    chidamli (akkumulatorlarni ta’mirlash uchastkalarining uskunalari 
    bo‘yaladi); XK – kislotalar ta’siriga chidamli; ХШ – ishqorlar 
    ta’siriga chidamli; В – suv ta’siriga chidamli (yuvish uskunalarini 
    bo‘yashda); Б – benzin ta’siriga chidamli (yonilg‘i baklari, yonilg‘i 
    quyish uskunalari bo‘yaladi); M – moy va konsistent surkov mate-
    riallari ta’siriga chidamli. 
    Masalan, moy ta’siriga chidamli melaminoalkidli qizil rangli 
    qoplam quyidagicha markalanadi: Emal МЛ–12–90, qizil, II, M. 
    11. 4. Asosiy lok-bo‘yoq materiallari

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish