262
10. 6. Eskirish jarayonida rezina
xususiyatlarining o‘zgarishi
Kauchuk molekulasida mustahkam bo‘lmagan bog‘lanishlar
borligi tufayli havodagi kislorod xona haroratida ham polimer bi-
lan reaksiyaga kirishib, uning eskirishiga sabab bo‘ladi. Shuning
uchun vaqt o‘tishi bilan rezina o‘z xossalarini yo‘qotadi, mo‘rt
bo‘lib qoladi va buyumlarda yoriqlar paydo bo‘ladi. Eskirish jara-
yoni issiqlik ta’sirida, yorug‘likda,
kislotada, ishqor, neft mahsulot-
lari ta’sirida tezlashadi.
Kauchuk va vulkanizatlar, barcha to‘yinmagan birikmalar kabi,
turli xil kimyoviy o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Rezina buyum-
lar ishlatish va saqlash jarayonida uzluksiz ravishda oksidlanadi.
Buning natijasida rezinalarning kimyoviy,
fizikaviy va mexanik
xususiyatlari o‘zgaradi. Faqat ebonit kauchuk makromolekulala
riga muayyan miqdorda oltingugurtni biriktirishi natijasida to‘la
to‘yingan birikmaga aylanadi. Uzoq muddat oksidlanish jarayoni-
da rezinadagi barcha o‘zgarishlar majmuyiga
rezinaning eskirishi
deyiladi.
Eskirish murakkab ko‘p bosqichli o‘zgarish jarayoni bo‘lib,
bunda ma’lum bosqichlarda rezinaning elastikligi, yemirilishga
qarshi turg‘unligi va mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi.
Boshqacha
aytganda, vaqt o‘tishi bilan rezina buyumlarning ish
qobiliyati, shuning bilan birga, avtomobilni ishlatish ishonchli-
ligi kamayadi. Rezinaning eskirishidagi vujudga keladigan o‘zga-
rishlar jumlasiga rezina elastikligi yo‘qolishining tiklanmasligi ki-
radi. Natijada rezina yuqori darajadagi mo‘rtlik xususiyatiga ega
bo‘lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida asta-sekin
chuqurla shadigan yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibat-natijada buyum
to‘la ishdan chiqadi.
Rezinalar eskirishining oldini olish turli xil uslublar asosida
amalga oshiriladi. Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish maqsa-
dida rezina tarkibiga eskirishga qarshi qo‘shilmalar (ingibitorlar)
263
qo‘shish juda samarali hisoblanadi. Eskirishga qarshi qo‘shilma-
lar rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 1–2
foiz miqdorda ara-
lashtiriladi, buning natijasida rezinaning oksidlanish jarayoni bir
necha yuz va hatto ming barobar sekinlashadi. Shu maqsadda bazi
bir rezina buyumlar germetik polietilen g‘iloflarga joylab ishlab
chiqarilmoqda.
Ammo rezinalar eskirishining oldini olish
uchun faqat texnologik
vositalardan foydalanish yetarli emas, shuning uchun qo‘shimcha
bir qator ekspluatatsion chora-tadbirlar qo‘llash lozim (ba’zi bir
choralar to‘g‘risida yuqorida fikr yuritilgan edi). Haroratning orti-
shi natijasida rezinaning eskirishi tezlashadi, jumladan, harorat har
10°C ga ortganida rezinaning eskirish tezligi 2 barobarga ortadi.
Yuqori yuklanishdagi uchastkalarda rezinaning oksidlanish jadalli-
gi yana-da yuqori bo‘ladi.
Rezinaning eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun
rezina
buyumlarning imkon qadar deformatsiyalanmagan holda bo‘lishi-
ga va mumkin qadar 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda ish-
latilishiga erishish lozim.
Rezina buyumlarni quyosh nuridan himoyalash muhim eksplua-
tatsion tadbirlar jumlasiga kiradi. Chunki quyosh nuri nur ta’sirida-
gi eskirishni yuzaga keltiradi. Bu ta’sirning xususiyati rezinaning
nur tushib turgan uchastkalarida eskirish kuchli bo‘lishidan iborat.
Bunda spektrning binafsha va ultrabinafsha
qismi nisbatan aktiv
hisoblanadi. Nur ta’siridagi eskirishning oldini olish uchun avto-
mobilni yopiq joylarda yoki maxsus o‘rama g‘iloflar ostida saqlash
lozim.
Yuqorida keltirilgan sharoitlar bo‘lmaganida, hech bo‘lmagan-
da, shina va rezina detallarni quyosh nuri tushishidan saqlash ke-
rak. Bunda ular oq rangdagi g‘ilof bilan o‘ralishi yoki to‘siq bilan
to‘silishi lozim.
Rezina buyumlarni 5–20°C haroratda, yorug‘lik kam tushadi-
gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak.