• Tabiiy kauchuk asosidagi rezinalar uchun cho‘zilishga mustahkamlik σ va nisbiy uzayish ε chegarasining harorat t ga bog‘liqligi.
  • Shina bosib o‘tgan masofa τ
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    harorat ta’sirida o‘zgarishi
    Rezinalar o‘z xususiyatlarini harorat ta’sirida sezilarli darajada 
    o‘zgartiradi (10. 4- rasm), jumladan, rezina materiallardan tayyor-
    langan detallar qizdirilganida, shuningdek, sovitilganida o‘z ish xu-
    susiyatini yo‘qotadi. 
    10. 4- rasm. Tabiiy kauchuk asosidagi rezinalar uchun
    cho‘zilishga mustahkamlik σ va nisbiy uzayish ε chegarasining
    harorat t ga bog‘liqligi. 


    258
    Rezinaning mustahkamlik chegarasi havo harorati pasayishi 
    natijasida ortadi, elastikligi esa kamayadi va minus 80°C haroratda 
    nolga teng bo‘ladi. 
    Havo harorati pasayishi oqibatida kelib chiqadigan asosiy noqu-
    laylik rezina elastikligining kamayishidir. Buning natijasida rezina 
    materialning mo‘rtligi ebonitning mo‘rtligiga yaqinlashadi. 
    Ko‘pchilik rezina materiallar minus 45°C haroratdayoq zarur 
    chegaradagi deformatsiyalanish xususiyatini yo‘qotadi. Sovuq 
    ta’siriga chidamli kauchuk asosida olingan mahsulotlargina minus 
    50°C va undan past haroratlarda zarur elastikligini saqlab qoladi. 
    Bundan qish mavsumida rezina detallarga alohida e’tibor berilishi 
    va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozimligi kelib chiqadi. 
    Shuning uchun qish mavsumida rezina detallarni montaj va 
    demontaj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni bajarishdan 
    oldin ularni xona haroratigacha isitib olish lozim. Uzoq muddat 
    turib qolgan yoki avtomobil ma’lum bir muddat sovuqda turib 
    qolganida pnevmatik shinalarni qizdirish muhim ahamiyatga ega. 
    Shinalarni qizdirish bevosita avtomobil harakatlantirilib amalga 
    oshiriladi, bunda dumalayotgan shinalardagi uzluksiz deformatsi-
    yalanish issiqlik energiyasiga aylanishi hisobiga shinalar qiziydi. 
    Ammo avtomobil o‘rnidan qo‘zg‘algan dastlabki paytda shinalar 
    yetarli elastiklikka ega bo‘lmaydi, buning oqibatida unchalik katta 
    bo‘lmagan dinamik yuklanishlar ta’sirida shinaga osongina shikast 
    yetishi mumkin. Shuning uchun avtomobil o‘rnidan qo‘zg‘atilgan 
    dastlabki paytlarda yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lmagan nisbatan 
    tekis uchastkalarida kichik tezlik bilan harakatlanish va birdaniga 
    tormozni bosmaslik tavsiya etiladi. 
    Avtomobillarni qish mavsumida ishlatishda benzin va moy 
    ta’siriga chidamli rezinalardan tayyorlangan detallarga yuqori eh-
    tiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim. Chunki bunday rezi-
    nalarning sovuq ta’siriga chidamliligi juda past bo‘lib, minus 20°C 
    haroratdayoq mo‘rt bo‘lib qoladi. 
    Bitta avtomobilga sovuqqa chidamli va chidamsiz bo‘lgan shi-
    nalar o‘rnatish taqiqlanadi (hatto belgisi bir xil bo‘lsa ham), chunki 
    shinalarning qizish muddati turlichadir. 
    259
    Haroratning 110–120°C gacha ko‘tarilishi natijasida rezinaning 
    nisbiy uzayishi ortadi, harorat 120°C dan ortganida esa, rezina ning 
    nisbiy uzayishi kamayadi. Rezinaning nisbiy uzayishining ortib 
    borishdan kamayishga o‘tishi 110–120°C haroratda kauchuk mak-
    romolekulalari orasidagi oltingugurt ko‘priklari qisman uzilishi bi-
    lan tushuntiriladi. Buning natijasida rezinaning elastikligi birdani-
    ga kamayishi bilan birga plastiklik xususiyati ortadi. 
    Harorat ortishi bilan rezinaning ekspluatatsion xususiyatlari 
    faqat yomon tomonga o‘zgaradi – rezinaning mustahkamligi, yemi-
    rilishga qarshi turg‘unligi va qattiqligi pasayadi, qoldiq uzayishi va, 
    umuman, deformatsiyalanishi ortadi. Rezina 20°C dan 100°C ga-
    cha qizdirilganida, uning uzilishdagi mustahkamligi ikki va hatto 
    uch barobarga pasayadi. Shuningdek, harorat 20°C dan 100°C ga 
    o‘tkazilganida, rezinaning yemirilishga qarshi turg‘unligi va qat-
    tiqligi yana-da yomonlashadi. 
    Natijada, harorat ortishi bilan avtomobil shinalarining bosib 
    o‘tadigan masofasi kamayadi (10. 5- rasm). 
    10. 5- rasm. Shina bosib o‘tgan masofa τ

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish