260
da avtomobil pokrishkasi protektorida yoriqlar paydo bo‘lishi va
protektor bo‘laklari yulinib chiqishi mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib quyidagilarni aytish mumkin:
barcha rezina detallarni, ayniqsa, ish jarayonida deformatsiyala-
nadigan detallarni ko‘pchilik hollarda qish mavsumida qizdirish,
yozda esa sovitish, shuningdek, ularning qizishini kamaytirish
bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish lozim. Avtomobil shinalarini yax-
shi holda saqlash uchun, birinchi navbatda, yuqorida keltirilgan
chora-tadbirlarga amal qilish lozim. Shuningdek, avtomobil shi-
nasidagi havo bosimining me’yorda bo‘lishini va ortiqcha yuklan-
masligini ta’minlash lozim.
Shinalarni ishlatishda bu oddiy qoidaga rioya qilmaslik ularning
juda ham qizib ketishiga olib keladi va buning natijasida zararli
oqibatlar kelib chiqadi (10. 6- va 10. 7- rasmlar).
10. 6- rasm.
Shinadagi
havo harorati t ning
harakatlanish vaqti τ
pr
ga
bog‘liqligi (har xil
bosimlarda).
Yozning issiq vaqtlarida ortiqcha yuklanmagan va havo bosi-
mi me’yorda bo‘lgan shinalar sezilarli darajada qizishi mumkin.
Bunday hollarda shinalarni sovitish uchun yo‘lda davriy to‘xtash,
ba’zan, pokrishkalarning haddan tashqari qizib ketishi oqibatida
avariya holati kelib chiqmasligini ta’minlash uchun harakat tezli-
gini kamaytirish lozim. Chunki bu ko‘rsatkichlar shinaning ish re-
jimiga bevosita kuchli ta’sir etadi (10. 8- rasm).
261
10. 7- rasm. Shina detallari harorati t