252
10. 2- rasm. Shinadagi havo bosimi Р
sh
ning (me’yordagi bosimga
nisbatan % hisobida) shinaning ish muddati τ
sh
ga ta’siri.
Rezinaning qattiqligi. Qattiqlik rezina buyumlarning asosiy
fizikaviy va ekspluatatsion xossalaridan biri bo‘lib, u davlat stan
dartlari va texnik shartlarda har bir material (metall, mineral, plast-
massa va boshqalar) uchun ko‘rsatilgan.
Qattiqlik deganda, materialning sirtiga boshqa qattiq material-
ning botish yoki tirnashiga ko‘rsatiladigan qarshiligi tushuniladi.
Qattiqlikni aniqlash orqali tayyorlangan rezina sifati to‘g‘risi-
da fikr yuritish mumkin. Chunki bu ko‘rsatkich vulkanizatsiyalov-
chi modda, to‘ldirgich va plastifikator qanday miqdorda olingani
va aralashtirilganini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir.
Qattiqlik vulkanizatsiya qilingan rezina materiallari uchun aniqla-
nadi, uning miqdoriga qarab esa rezinaning elastikligi haqida ham
ma’lum tushuncha olish mumkin.
Rezina buyumlarning qattiqligi har xil shakldagi boshqa bir
(o‘tkir) materialning ularga juda qattiq botish chuqurligi bilan
o‘lchanadi.
Rezinaning qattiqligi rezina aralashmasi tarkibiga kiruvchi
kauchuk, vulkanizatsiyalovchi modda, to‘ldirgich hamda plasti-
fikatorlarning miqdori va xossalariga bog‘liq. Rezina aralashma-
253
si tarkibiga aktiv tezlatkich moddalar (tiazol, tiuram, sulfenamid)
qo‘shish va ular miqdorini oshirish bilan rezinaning vulkanizatsiya
darajasini ko‘paytirish mumkin. Bu, o‘z navbatida, rezina qattiqli-
gini oshirishga olib keladi. Plastifikatorlar esa rezina qattiqligini
kamaytiradi.
Rezinalar qattiqlik darajasiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi
(10. 3- jadval).
10. 3- jadval