• Rezinaning komponentlari.
  • K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/156
    Sana16.11.2023
    Hajmi6,9 Mb.
    #99491
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156
    Bog'liq
    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

    Vulkanizatsiya – kauchuk molekulalarini oltingugurt atomlari 
    bilan bog‘lash. Vulkanizatsiya natijasida (masalan, TK) uzilish 
    mustahkamligi 25 MPa atrofida bo‘lgan vulkanizatsiyalangan kau-
    chuk olinadi, bu jarayon 140–150 °C haroratda nisbatan samarali 
    bo‘ladi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk mustahkamligini oshi-
    rishga asosiy sabab kauchuk molekulalari orasida valent bog‘lanish 
    («oltingugurt ko‘priklari») hosil bo‘lishidir. 
    Kauchukka uning mustahkamligini va elastikligini oshirish 
    uchun zarur bo‘lgan miqdorda oltingugurt qo‘shiladi. Bunda po-
    limerning uzun makromolekulalari to‘rsimon strukturaga aylanib, 
    rezinaga elastiklik beruvchi karkas hosil bo‘ladi. Masalan, avto-
    mobil shinalari va pokrishkalari tayyorlanadigan rezinalarda kau-
    chuk ulushining 1–3 foizi miqdorida oltingugurt bo‘ladi. Kauchuk 
    tarkibida oltingugurt miqdorining ortib borishi uning mustahkam-
    ligini oshirish bilan bir vaqtda elastikligini kamaytiradi. Kauchukka 


    242
    50 foiz atrofida oltingugurt qo‘shish mumkin, bunda juda mustah-
    kam (cho‘zilishdagi mustahkamligi 52–54 MPa) bo‘lgan va umu-
    man elastik bo‘lmagan (qattiq), kimyoviy jihatdan inert bo‘lgan 
    material – ebonit olinadi. Ebonitdan elektrotexnik maqsadlarda 
    foydalaniladigan detallar, shu jumladan, akkumulatorlar bankasi 
    tayyorlanadi. 
    Rezinaning komponentlari. Har qanday rezina materialning 
    tarkibida kauchuk va oltingugurtdan tashqari boshqa komponent-
    lar – ingrediyentlar ham bo‘ladi. 
    Vulkanizatsiyalash jarayonini tezlashtirish uchun kauchuk va 
    vulkanizatsiyalovchi vosita aralashmasiga vulkanizatsiya tezlat-
    gichlari (tiuram, kaptaks va boshqalar), mustahkamligini oshirish 
    uchun esa to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Eng ommaviy bo‘lgan kuchay-
    tirgich sifatida qurumdan foydalaniladi. Qurum kukun holidagi 
    uglerod bo‘lib? qismlari o‘lchami 0,03–0,25 mkm bo‘ladi. Qurum 
    boshqa kuchaytirgichlar kabi rezina materiallariga rezina tarkibida-
    gi kauchukka nisbatan 20–70 foiz miqdorida qo‘shiladi. 
    To‘ldirgich sifatida qurumdan tashqari rux, magniy, kremniy 
    oksidlaridan, bir qator tuzlar (bo‘r, gips), sintetik smolalar va bosh-
    qalardan foydalaniladi. Bir qator oq rangdagi to‘ldirgichlar (oq 
    qurum, rux oksidi va boshqalar)dan rangli rezinalar olishda foyda-
    laniladi, odatdagi qurumdan u qora rangda bo‘lganligi tufayli foy-
    dalanib bo‘lmaydi, chunki u buyumlarga qora rang beradi. 
    To‘ldirgichlar СКБ, CKC va CKHlarga nisbatan juda ham sama-
    ralidir. Bu SKlarning to‘ldirgichlar bilan aralashmasi vulkanizatsi-
    yalanganida, tarkibida to‘ldirgich bo‘lmagan vulkanizatlarga nis-
    batan mustahkamligi 10–12 barobar yuqori bo‘ladi va uzilishdagi 
    mustahkamligi esa 10–30 MPa ga yetadi. 
    Yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari, rezina tarkibiga 
    ko‘p bo‘lmagan miqdorda pigmentlar (rang berish uchun), plasti-
    fikatorlar (unga ishlov berishni yengillatuvchi va uning sovuqqa 
    chidamliligini oshiruvchi), antioksidlovchilar (eskirishga qarshi), 
    g‘ovak hosil qiluvchilar (g‘ovaksimon rezinalar olishda) va bosh-
    qalar qo‘shiladi. 
    243
    Vulkanizatsiyalanmagan kauchuk, oltingugurt, to‘ldirgichlar va 
    boshqa ingrediyentlar (umumiy soni 15 tagacha bo‘lishi mumkin) 
    aralashmasi xom rezina yoki rezina aralashmasi deyiladi. Xom 
    rezinadan turli xil usullar asosida turli-tuman shakldagi buyumlar 
    ishlab chiqariladi va bu rezinalar uchun oxirgi ishlov berish oper-
    atsiyasi bo‘lib vulkanizatsiyalash xizmat qiladi. Bu buyumlar vul-
    kanizatsiyalanganidan so‘nggina ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Xom 
    rezina vulkanizatsiyalanganidan keyin, oddiygina qilib rezina deb 
    yuritiladi. 
    Chunki xom rezinalardan foydalanish chegaralangan. Ulardan 
    yelimlar tayyorlashda va rezina detallarni ta’mirlashda foydala-
    niladi. 
    Sanoatda rezinali (rezina detallarni o‘zaro biriktirish uchun) va 
    maxsus (rezinani metallarga, shishaga, plastmassalarga va boshqa 
    qattiq materiallarga biriktirish uchun) yelimlar ishlab chiqariladi. 
    Rezinali yelimlar TK yoki maxsus xom rezina БР–1 «Галоша» 
    va БР–2 benzinlarida eritib olinadi. TKning benzindagi eritmasi 
    vulkanizatsiyalanmagan yelim hisoblanadi. Bu yelimlarning quri-
    shi fizikaviy jarayon, ya’ni benzinning bug‘lanishi hisobiga amalga 
    oshadi. Shuning uchun yelim qotganida biriktirilgan detallar orasi-
    dagi qatlam toza TKdan iborat bo‘ladi, shu tufayli bu qatlamning 
    mustahkamligi past bo‘ladi, harorat ko‘tarilishi bilan mustahkam-
    ligi sezilarli darajada pasayadi va 100°C haroratda mustahkamligi 
    nolga yaqinlashadi. Bunga ko‘ra vulkanizatsiyalanmagan yelimlar-
    dan avtomobil detallarini ta’mirlashda foydalanish chegaralangan-
    ligi ko‘rinadi, shuning uchun bu yelimlardan rezina detallaridagi 
    nosozliklarni boshqa ishonchliroq usul yordamida tiklash imkoni-
    yati bo‘lmagan hollardagina (masalan, yo‘lda avtomobil kame-
    ralari teshilganidagi majburiy hollarda ularni yamash uchun) foy-
    dalaniladi. 
    Xom rezinaning benzindagi eritmasi esa vulkanizatsiyalan-
    gan yelimlar jumlasiga kiradi. Bunday yelimlar asosidagi yelim-
    li birikmalar vulkanizatsiyalanishi lozim. Bunda yelim qatlamlari 
    orasida va yelim bilan biriktirilayotgan detal o‘rtasida oltingugurt 


    244
    ko‘priklari hosil qilinadi. Natijada detallar bir-biri bilan mustah-
    kam birikadi. 
    Maxsus yelimlar namunasi sifatida № 61 va № 88 yelimlarini 
    keltirish mumkin. № 61 yelimi № 62 rezinali aralashma «Галоша» 
    benzinida eritib olinadi. № 88 yelimi esa № 31 xom rezinaning 
    benzinning etilasetat bilan aralashmasi asosida olinadi, bunda 
    butilfenolformaldegid smolasi aralashtiriladi. 
    Avtomobillarni ta’mirlashda yelimlardan tashqari xom rezina-
    ning maxsus navlaridan foydalaniladi. Maxsus rezinalarning eng 
    muhim navlariga quyidagilar kiradi: qatlamli, protektor uchun va 
    kamera uchun. Ularning barchasi qaynoq vulkanizatsiyalash usuli-
    da pnevmatik shinalarni ta’mirlashda ishlatiladi. 
    Vulkanizatsiyalash jarayoni qaytmas jarayondir, shuning uchun 
    rezina tarkibidagi kauchukni sof holda ajratib olish mumkin emas. 
    Ish muddatini o‘tab bo‘lgan rezinalarni regeneratga aylantirish, 
    ya’ni devulkanizatsiya jarayoniga to‘xtalamiz. Rezina regeneratla-
    rini olish uchun eski rezina buyumlar turli xil suyuqliklar muhiti-
    da 150–190°C haroratgacha qizdiriladi. Bunda rezina tarkibidagi 
    uglerod atomlarining valent bog‘lanishlari uziladi va oltingugurt 
    ko‘priklari buziladi. Natijada molekular massasi past (6000–12000) 
    bo‘lgan plastik material olinadi. Bu materialni qayta vulkanizat-
    siyalash va tarkibiga ingrediyentlar qo‘shish mumkin. Regenerat 
    tarkibiga xom rezina qo‘shish mumkin bo‘ladi, bunda kauchukni 
    tejashga imkoniyat yaratiladi. Bu regeneratlar asosida shinalarning 
    to‘g‘in lentalari va rezina to‘shamalar ishlab chiqariladi. 
    Regenerat sifatida eski rezina buyumlarini qayta ishlash mahsu-
    lotlari va rezina ishlab chiqaradigan korxonalarning chiqindilaridan 
    foydalanish mumkin. Ular rezinani arzonlashtiribgina qolmasdan, 
    uning eskirishga moyilligini kamaytiradi, shuningdek, neft mahsu-
    lotlari ta’siriga chidamliligini oshiradi. 
    Ishlatish sohasiga ko‘ra rezinalar umumiy ishlarga mo‘ljallan-

    Download 6,9 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156




    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

    Download 6,9 Mb.
    Pdf ko'rish