232
Statik elektrlanish natijasida uchqun paydo bo‘lishining oldini
olish uchun hamma o‘tkazgich va sig‘imlar yerga ulanadi. Yonilg‘i
quyish shoxobchalari va moylash postlarining to‘ldirish kolonka-
lari va agregatlari yashin qaytargichlar bilan jihozlanadi. Neft om-
borlari kerakli birlamchi o‘t o‘chirish qurollari, shitlar,
belkurak-
lar, ilmoqlar va boshqa asboblar, qumli idishlar, o‘t o‘chirgichlar,
namatlar bilan jihozlanadi.
Statik elektrlanish natijasida yong‘in va portlash kelib chiqishi-
ning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
– yonilg‘ini haydashda ishlatiladigan barcha vositalar, o‘tkaz-
gich quvurlar, sisternalar, yonilg‘i quygichlar va sig‘imlar yax-
shilab yerga ulanishi lozim;
– yonilg‘ini quyish ochiq oqim ko‘rinishida bo‘lmasligi va yo-
nilg‘i sachratilmasligi lozim;
– yonilg‘ining suv va havo bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– idishga neft mahsulotlari quyilayotganida shlangning uchi har
doim neft mahsuloti ichida bo‘lishi, bo‘sh idishga yonilg‘i quyish-
da shlang uchi yonilg‘iga botib turadigan bo‘lgunicha yonilg‘ini
juda sekin oqizish lozim;
– yonilg‘i tashiydigan avtosisternalarning yerga ulanadigan (te-
gib turadigan) zanjirlarini mustahkamlash kerak.
Yong‘in chiqqanida, yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirish
uchun kimyoviy ko‘pik, karbon kislota gazi, qum va tuproq ishla-
tilishi lozim. O‘t o‘chirishda toza suvdan foydalanish taqiqlanadi,
chunki suvning zichligi yonayotgan neft mahsulotining zichligidan
yuqori bo‘lganligi tufayli neft mahsuloti suv
yuziga qalqib chiqadi
va yonishda davom etadi, yonish kuchayadi va atrof muhitga tez
tarqaladi.
Yonayotgan neft mahsulotlarini o‘chirishda ishlatiladigan eng
qulay vositalar – bu o‘t o‘chirgichlardir. Ular ikki turda chiqarila-
di: ko‘pikli va karbonkislotali. Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar – ОП–3,
OП–5 va ОПМ ishga solinganida ular kislotaning suv eritmalari,
ishqor va ko‘pirtirgich ishtirokida ko‘pik hosil qiladi. O‘t o‘chir-
233
gich 1 min davomida ishlaydi, oqimi 6–8 m gacha yetadi. Karbon
kislotali o‘t o‘chirgichlar ОУ–2, OУ–5 va OУ–8 karbon kislota bi-
lan to‘ldirilgan bo‘lib, u o‘t o‘chirgich ishga tushirilganida birda-
niga kengayib, gaz holatiga o‘tadi va minus 79°C gacha haroratda-
gi pufaklar (ko‘piklar) hosil qiladi.
Idishlardagi neft mahsulotlarining yonishini to‘xtatish uchun o‘t
o‘chirgichlar oqimini idishlarning yonayotgan devorlari chekkasi-
ga shunday yo‘naltirish kerakki, bunda yonayotgan neft mahsuloti
sachramasligi kerak.
Transport vositasiga yonilg‘i quyish vaqtida paydo bo‘lgan
alan gani o‘chirish uchun avtomobilni yonilg‘i quyish joyidan olib
chiqish va alangani namat, asbest to‘shma, o‘t o‘chirgichlar bilan
o‘chirish lozim. Agar
dvigatel yona boshlasa, trasport vositasini
yonilg‘i quyish joyidan uzoqlashtirish, dvigatelning ta’minlash
tizimiga yonilg‘i berishni to‘xtatish, o‘t oldirish tizimini o‘chirish
va alanga manbayini o‘t o‘chirgich, namat yoki havo kirish yo‘lini
bekituvchi boshqa vositalar bilan o‘chirish kerak.
Yong‘in chiqqanida neft mahsulotlarini qabul qilib olish va uni
berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar to‘xtatilishi shart.
Boshqa turdagi neft mahsulotlarini ishlatishda ko‘riladigan cho-
ra-tadbirlar benzinning ishlatilishidagi kabidir.
Ba’zi neft mahsulotlari havo kislorodi ta’sirida o‘z-o‘zidan alan-
galanishi va metall idishlarga katalitik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuning uchun ularni ishlatishda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Masalan, etilenglikol va glitserin marganesli kaliy bilan xavfli ara
lashma hosil qiladi.
9. 3. Atrof muhitni muhofaza qilish
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydala-
nish muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalardan biridir.
Dvigatel chiqarib tashlaydigan ko‘pgina zaharli moddalar odam
organizminigina zaharlab qolmasdan, balki tabiatga salbiy ta’sir
234
ko‘rsatadi, o‘simliklarning rivojlanishini sekinlashtiradi, yerning
hosildorligini kamaytiradi. Chunonchi,
sulfid angidrid xlorofill
donalarini yemiradi, qo‘rg‘oshin va uning birikmalari o‘simliklar-
da to‘planib, ularni inson va hayvonot dunyosi uchun xavfli qilib
qo‘yadi. Uglevodorodlar pardasi suv betini qoplab, oksidlanish ja-
rayonlarini qiyinlashtiradi, tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsa-
tadi. Azot oksidlari o‘simliklar uchun zaharli bo‘lib, ozon hosil
bo‘lishiga sharoit yaratadi, u esa, o‘z navbatida, o‘simlik dunyosi
uchun zararli bo‘lgan birikmalar hosil qiladi.
Moddalarning zaharlilik darajasi ularning havoda sanitariya
me’yorlari bo‘yicha ruxsat etilgan chekli miqdoriga bog‘liq. Bu
me’yorlar turli mamlakatlarda mahalliy sharoitning o‘ziga xos xu-
susiyatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, neft mahsulotlari zaharli moddalar
bo‘lib, ular atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaning
ifloslanishida avtomobillar va boshqa yer usti transportlari dvi-
gatellarida yonilg‘ining yonishi natijasida ajralib chiqadigan zararli
moddalarning roli juda kattadir, bunda is gazi, uglevodorodlar va
azot (II)-oksidi kabi zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu moddalar-
ning massa birliklaridagi miqdori yonilg‘i sarfining avtomobil
lardan chiqariladigan zararli moddalar
miqdorini hisobga oluvchi
koeffitsiyentga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu koeffitsi-
yentning qiymati eng muhim chiqindilar uchun quyidagicha:
Benzin Dizel yonilg‘isi
uchun uchun
Uglerod oksidi ............................................................ 0,6 0,1
Uglevodorodlar .......................................................... 0,1 0,03
Azot oksidlari ............................................................ 0,04 0,04
Bu koeffitsiyentning qiymati har bir ATK uchun turlicha bo‘lishi
mumkin, chunki unung qiymati bir qator omillarga bog‘liq: avto-
mobil saroyining tarkibi va strukturasi, dvigatellar turi, ishlatilayot-
gan yonilg‘ining sifati, ish sharoiti (harakatning tashkil etilishi;
235
iqlim sharoiti; haydovchilar malakasi; texnik xizmat ko‘rsatish,
diagnostika, sozlash, joriy ta’mirlash ishlari sifati va boshqalar).
Chiqarib yuboriladigan zaharli moddalarning umumiy miqdori
dvigatellar ishida katta o‘rinni egallovchi o‘tish jarayonlari muhim
ahamiyatga ega. Avtomobil dvigatellariga xos ba’zi rejimlarda ish-
laganida ajralib chiqadigan asosiy zaharli moddalarning ishlatilgan
gazlardagi miqdori 9. 1- jadvalda keltirilgan.