|
Rudada kechuvchi oksidlanish shart-sharoitlari sulfid minerallarining tanlab erishiga olib keladi, bunda metallar va oltingugurt suvda eruvchi holatga o‘tadi
|
bet | 1/5 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 56,91 Kb. | | #103505 |
Bog'liq dili6
Tion mikroorganizmlarning hayot faoliyati
Reja:
1. Tion mikroorganizmlarning hayot faoliyati
2. Noorganik substratlarni (Fe, S va sulfid minerallarini) oksidlashda tionli temir oksidlovchi bakteriyalarning ishtiroki
Ruda konlari, ayniqsa sulfidli ruda konlari tarkibida o‘ziga xos (spesifik) mikroorganizmlarning faol yashashi uchun qulay ekologik tuynuk vazifasini o‘taydi, chunki ushbu konlar tarkibidagi har-xil kimyoviy xususiyatga ega elementlar geokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Rudada kechuvchi oksidlanish shart-sharoitlari sulfid minerallarining tanlab erishiga olib keladi, bunda metallar va oltingugurt suvda eruvchi holatga o‘tadi. Ilgari, sulfid minerallarining oksidlanishi kimyoviy jarayon sifatida tushunilib kelingan va asosiy oksidlovchi agentlar sifatida havo kislorodi va oksidlangan sulfidlar mahsulotlari – sulfat kislota va metallar sulfatlari deb qaralgan. Ma’lumki, sulfidlarning yaxshi oksidlovchisi, oksidlangan temir sulfati bo‘lib, u metal sulfidlari bilan qo‘yidagicha reaksiyaga kirishadi.
MemSn + mFe2(SO4)3 = mMeSO4 + 2mFeSO4 + nS. (1)
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan temir (II) sulfati kislotali eritmalarda, sekinlik bilan oksidlangan temir (III) sulfatiga aylanadi.
Bunda temir oksidlovchi tion bakteriyalari Asidithiobacillus ferrooxidans ishtirokida temirning oksidlanish tezligi 180 ming barobar oshadi. Ruda konlarida ushbu mikroorganizmlardan tashqari, boshqa mikroorganizmlar ham uchraydi va ular rN ko‘rsatkichining keng intervalida yashashadi (0,5 dan 10 gacha) va sulfid rudali konlarning deyarli barcha ekologik tuynuklarini egallaydi.
Tion mikroorganizmlari xemolitoavtotroflar hisoblanadi. Ularning energetik jarayonlarida elektronlar manbasi sifatida anorganik moddalar xizmat qiladi, karbonat angidridi organik moddaga aylanishi uchun, tizimdagi avtotrof singish jarayoni – bakteriyalarning asosiy ozuqa manbai turi sanaladi.
Temir oksidlovchi bakteriyalari uchun eng yengil oksidlanuvchi substrat oksidlanmagan temir bo‘lib, u kislotali muhitda bakteriyalar ishtirokida yuqori valentli temirgacha oksidlanadi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rudada kechuvchi oksidlanish shart-sharoitlari sulfid minerallarining tanlab erishiga olib keladi, bunda metallar va oltingugurt suvda eruvchi holatga o‘tadi
|